Toshkent moliya instituti sh. H. Tashmatov, X. S. Asatullayev, Z. G. Allaberganov


Download 3.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet66/166
Sana10.11.2023
Hajmi3.71 Mb.
#1762882
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   166
Bog'liq
Иқтисодий таъдимотлар тарихи 2019

Rikardo modeli. Rikardoning asarlari iqtisodiyot fanining 
predmeti va metodini aniqlashda, iqtisodiy tadqiqot metodologiyasini 
amaliy ishlab chiqishda muhim rol o‗ynadi. Uning fikricha jamiyatning 
sinfiy tuzilishi uning iqtisodiy faoliyatida hal qiluvchi o‗rinni egallaydi. 
Siyosiy iqtisodning asosiy vazifasi «yer mahsuloti» (ya‘ni milliy 
daromad va milliy boylik)ning uch asosiy sinf o‗rtasidagi taqsimoti 
qonunlarini aniqlashdan iborat. Bu taqsimot ishlab chiqarish sharoiti va 
manfaatlaridan kelib chiqishi kerak edi va bu Rikardoning yutug‗i edi, 
ammo uning xatosi taqsimot usulini moddiy ne‘matlarni ishlab chiqarish 
usuli bilan bog‗liq qilib qo‗yganligida edi. U mantiqiy abstraksiya 
metodidan foydalandi, ijtimoiy fanlarda aniq fanlarning usuli, ayniqsa, 
ilmiy deduksiyani keng qo‗lladi. U o‗z konsepsiyasi asosiga qiymat 
qonunini, ya‘ni tovarlarning qiymatini sarflangan mehnat bilan 
aniqlashni qo‗ydi. Faqat bir omil - «Mehnat» qiymatining asosida 
yotadi, deb yozadi olim. Boshqa iqtisodiy kategoriyalar shu qonunga 
qanchalik mos kelish-kelmasligini o‗rgandi. Rikardo kapitalizmni 
jamiyatni tashkil etishning yakkayu-yagona tabiiy va abadiy shakli, deb 
o‗ylagan. 


143 
Rikardoning qiymatning mehnat nazariyasi 
D.Rikardo eng avvalo, qiymat nazariyasiga alohida e‘tibor 
qaratdi. Bu kategoriyani talqin qilishdagi noaniqlikni tugatish
D.Rikardo bo‗yicha siyosiy iqtisod uchun muhim ahamiyatga ega. Bu 
muammoni ko‗rib chiqishda u A.Smit xulosalariga asoslandi va ularni 
tanqidiy rivojlantirishga harakat qildi. D.Rikardo A.Smitning mazkur 
kategoriyaga bo‗lgan ikki xil qarashini inkor etadi va qiymat tovar ishlab 
chiqarishga sarflangan mehnat bilan aniqlanishi kerakligini yozadi. U 
qiymat birlamchi, shu bois daromadlar bilan aniqlanishi mumkin emas, 
deb hisoblaydi. Bu bilan D.Rikardo o‗zini qiymatning mehnat nazariyasi 
tarafdori ekanligini namoyish etadi. 
Qiymatni bunday sarfli tamoyil asosida tadqiq qilish klassik 
iqtisodiy maktabining boshqa vakillariga ham xos. Lekin D.Rikardoda 
e‘tiborga molik jihat shundaki, u ayrim hollarda tovar qiymati nafaqat 
unga sarflangan jonli mehnat bilan, balki kapital va xomashyo ishlab 
chiqarish uchun ketgan oldingi mehnat sarflari bilan ham aniqlanishini 
qayd qilib o‗tadi. Erkin takror ishlab chiqarilmaydigan tovarlar qiymati 
esa nafaqat mehnat sarflariga, balki noyoblikka ham bog‗liq bo‗ladi. 
Umuman olganda, D.Rikardo tomonidan ishlab chiqilgan 
qiymatning mehnat nazariyasi sarfli tamoyillarga asoslangan. Uning bu 
nazariyasini birinchi bo‗lib tanqid qilgan o‗zining do‗sti T.Maltus 
hisoblanadi. U birinchidan, savol qo‗yadi: agar qiymatning mehnat 
nazariyasini to‗g‗ri, deb faraz qilsak, unda mehnatga haq to‗lash qanday 
bo‗ladi: qiymat bo‗yichami yoki qiymatdan past baho bo‗yichami? Agar 
baho qiymatdan past bo‗lsa, unda ekvivalentli ayirboshlash tamoyili 
buziladi (foydaliligi har xil, lekin bir xil qiymatga ega bo‗lgan tovarlar 
ayirboshlanadi) bu klassik iqtisodiy nazariyaning va D.Rikardoning 
asosiy tamoyili. Ikkinchidan, T.Maltus qiymatning mehnat nazariyasi 
real amaliyot bilan mos tushmasligini ko‗rsatib beradi: agar qiymatning 
yagona manbayi haqiqatdan ham mehnat bo‗lsa, unda mehnat ko‗p 
sarflanadigan tarmoqlardagi tadbirkorlar, kapital ko‗p sarflanadigan 
tarmoqlardagi tadbirkorlarga nisbatan ko‗proq foyda olishlari kerak. 
Amaliyotda esa barcha tarmoqlarda foyda me‘yori deyarli bir xil. 


144 
Demak, D.Rikardo nazariyasi xato, tovar qiymati faqat mehnat bilan 
emas, balki boshqa ishlab chiqarish omillari sarflari bilan ham 
aniqlanadi, deb xulosa qiladi T.Maltus. D.Rikardo o‗limidan sal avval, 
o‗zining qiymat faqat mehnat sarflari bilan o‗lchanadi, deb 
tushuntirishga qilgan harakati noto‗g‗ri ekanligini tan olgan. 
Renta nazariyasi. D.Rikardoning renta to‗g‗risidagi konsepsiyasi 
bugungi kunda ham o‗z faolligi bilan ajralib turadi. Yerdan 
foydalanganlik uchun hamisha renta to„lanadi, bunda uning manbayi
D.Rikardoning tasdiqlashicha yerga sarflangan mehnat hisoblanadi. 
Yer resurslari cheklanganligi sababli xo‗jalik amaliyotida 
unumdorligi va joylashishi bo‗yicha har xil bo‗lgan yer uchastkalaridan 
foydalaniladi. Buning natijasida qishloq xo‗jaligi mahsulotlarining 
qiymati, D.Rikardo bo‗yicha eng yomon uchastkada ishlatiladigan 
mehnat sarflari bilan aniqlanadi. 

Download 3.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   166




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling