Toshkent moliya instituti sirtqi bo’lim ikkinchi oliy ta”lim


Download 38.77 Kb.
bet4/4
Sana18.06.2023
Hajmi38.77 Kb.
#1559107
1   2   3   4
Bog'liq
MIKRO VA MAKROIQTISODIYOT 18 variant

P↑→ X↓ (M↑)→Xn↓ →AD↓
Yuqorida ko‘rib o‘tilgan omillar yalpi talabning baho omillari deb ataladi. Bundan tashqari yalpi talabning bahoga bog‘liq bo‘lmagan omillari ham mavjud. Bu omillardagi o‘zgarishlar yalpi talabning miqdorida o‘z aksini topadi va uning egri chizig‘ini chapga yoki o‘ngga siljitadi. Yalpi talabning bahoga bog‘liq bo‘lmagan omillariga quyidagilarni kiritamiz:
1. Iste’mol xarajatlaridagi o‘zgarishlar:
a) iste’molchilarning real moddiy aktivlari miqdorining o‘zgarishi;
b) iste’molchilar kutishi;
v) iste’molchilarning qarzlari miqdorining o‘zgarishi;g) iste’molchilar
daromadlaridan olinadigan soliqlar miqdorining o‘zgarishi.
2. Investitsiya xarajatlaridagi o‘zgarishlar:
a) foiz stavkasidagi o‘zgarishlar; b) investitsiyalardan kutilayotgan foyda
normasining o‘zgarishi; v) korxonalardan olinadigan soliqlar miqdorining o‘zgarishi; g)
yangi texnologiyalarning ishlab chiqarishga jalb qilinishi; d)zahiradagi quvvatlar o‘zgarishi.
3. Davlat xarajatlarining o‘zgarishi. Masalan, harbiy xarajatlar va yangi kasalxona va boshqa muassasalar qurishga qaror qilinganda.
4. Sof eksport hajmidagi o‘zgarishlar.
a) boshqa mamlakatlar milliy daromadlarining o‘zgarishi.
b) valuta kurslaridagi o‘zgarishlar.
Pulning miqdoriy nazariyasi tenglamasi yuqoridagilardan tashqari yalpi talabning
narxlarga bog‘liq bo‘lmagan yana ikki omilini beradi. Bular: pul taklifi (M) va pulning aylanish tezligi (V) dir.
Yalpi talabning bahoga bog‘liq bo‘lmagan omillari ta’sirida AD egri chizig‘i o‘ngga yoki chapga siljiydi Natijada ma’lum baho darajasiga mos keluvchi talab qilinayotgan yalpi ichki mahsulot hajmi o‘zgaradi.
Download 38.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling