Toshkent Moliya Instituti Sirtqi Fakultet Mavzu: Inflyatsiya ning ijtimoiy iqtisodiy oqibatlari. Bajardi: Narzullaev G`ayrat Inflyatsiya ning ijtimoiy iqtisodiy oqibatlari. Reja
Inflyatsiyani yuzaga keltiruvchi sabablar
Download 19.26 Kb.
|
mustaqilMakroMIkro
2.Inflyatsiyani yuzaga keltiruvchi sabablar
Inflyatsiya – pul muomalasi qonunining buzilishi, iqtisodiyotda tovar massasi hamda pul massasi oʻrtasidagi nomutanosiblik jarayonida vujudga keladi. Inflyatsiyani vujudga kelishiga qator omillar taʼsir qilib, ularni ichki va tashqi omillarga ajratish mumkin. Ichki omillar tarkibiga ortiqcha pul massasi vujudga kelishi, milliy valyutaga nisbatan ishonchning pasayishi, mamlakatning nomutanosib toʻlov balansi kabilarni kiritish mumkin. Tashqi omillarga mamlakat tashqi siyosatining beqarorligi, iqtisodiy inqirozlar, moliya va fond bozorlarida indekslarning oʻzgarishi kabilarni keltirish mumkin. Taʼkidlash joizki, oltin va kumush tangalar pul vazifasini bajargan davrda iqtisodiyotda inflyatsiya muammosi mavjud boʻlmagan. Metall pullar oʻrnini qogʻoz va tanga pullar egallagandan soʻng iqtisodiyotda inflyatsiya bilan bogʻliq ziddiyatli holatlar vujudga kela boshladi. Chunki, qogʻoz va tanga pullar oʻzida haqiqiy qiymatni aks ettirmaydi. Dastlabki davrda ushbu pullar oltin va kumush metallar hamda tovarlar bilan taʼminlangan edi. Inflyatsiyaning vujudga kelishiga muomala va ishlab chiqarish sohasi, shuningdek, mamlakatdagi iqtisodiy – siyosiy omillar ham sabab boʻladi. Inflyatsiyaning vujudga kelishida pul muomalasi omillariga byudjet taqchilligini qoplash maqsadida muomalaga qoʻshimcha tarzda chiqarilgan pullar, iqtisodiyotda asossiz ravishda berilgan kreditlar hajmining ortib borishi, mamlakat pul – kredit siyosatiga aholi ishonchining pasayishi va boshqalar sabab boʻladi. Ishlab chiqarish va iqtisodiy siyosiy omillarga mamlakatda import hajmining eksport hajmidan ortib ketishi, tovarlar va koʻrsatilayotgan xizmatlar hajmi va sifatining pastligi, byudjet – soliq siyosati, mamlakatning tashqi va ichki iqtisodiy munosabatlar doirasida amalga oshirayotgan siyosati va boshqalar sabab boʻladi. Inflyatsiyaning vujudga kelishining asosiy sabablaridan biri iqtisodiyotdagi yalpi talab va yalpi taklif oʻrtasidagi muvozanatning buzilishidir. Inflyatsiya sharoitida kapital ishlab chiqarish doirasidan muomala doirasiga oqib oʻta boshlaydi, chunki ishlab chiqarish jarayoni iqtisodiy jihatdan samarasiz sohaga aylanib boradi. Muomala jarayoni koʻp vaqtni talab etmaganligi bois, dastlabki bosqichlarda uning ishtirokchilariga maʼlum miqdorda iqtisodiy foyda keltiradi, lekin inflyatsiya jarayonlarini tezlashtirishga xizmat qiladi. Inflyatsiya mexanizmi oʻz – oʻzidan rivojlanib, barcha soha va tarmoqlarni qamrab oladi, uning taʼsirida jamgʻarmalar hajmi qisqaradi, kredit, investitsiya va tovarlar taklifi kamayadi. Inflyatsiyani keltirib chiqaruvchi birinchi sabab – mamlakatda bozor mexanizmlarining toʻliq joriy etilmasligi, davlatning byudjet daromadlari va xarajatlari ustidan monopol tartibini joriy etishi hisoblanadi. Bunda davlat byudjetining daromadlaridan ortiqcha boʻlgan xarajatlar, yaʼni byudjet taqchilligi muomalaga qoʻshimcha pullar chiqarish yoʻli bilan qoplanadi. Byudjet taqchilligini qoplash uchun muomalaga chiqarilgan pullar tovar moddiy qiymatliklari bilan taʼminlanmaganligi oqibatida mamlakatda inflyatsiya darajasining ortishiga olib keladi. Ikkinchi sababi – asossiz ravishda ish haqi va boshqa toʻlovlarning oshirilishi, ushbu toʻlovlar davlat byudjeti xarajatlari tarkibida qoʻzda tutilmagan boʻlsa, muomalaga qoʻshimcha emissiya hisobiga amalga oshiriladi. Buning natijasida iqtisodiyotda tovarlar va xizmatlarning bahosi oshadi va inflyatsiya darajasi ortib boradi. Uchinchi sababi – mamlakatda ishlab chiqarilayotgan tovarlarning eksport qilish darajasining pastligi va import darajasining yuqoriligi bilan ifodalanadi. Mamlakatga kirib kelayotgan import tovarlar hisobiga xorijiy valyutalarning chetga oqib ketishi yuz beradi, natijada mamlakatda ishlab chiqarilayotgan tovarlar nafaqat tashqi ehtiyojlarni, balki ichki ehtiyojlarni qondirishga ham xizmat qilmay qoʻyadi. Buning oqibatida milliy valyutaning sotib olish qobiliyati taboro salbiylashib, inflyatsiya darajasi ortib boradi. Yuqorida taʼkidlangan inflyatsiyani keltirib chiqaruvchi omillar faqat bizning davrimizgagina xos boʻlgan holat boʻlmasdan, ushbu holatlar turlicha koʻrinishda uzoq tarixda ham mavjud boʻlgan. Download 19.26 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling