Toshkent Moliya Instituti Sirtqi Fakultet Mavzu: Inflyatsiya ning ijtimoiy iqtisodiy oqibatlari. Bajardi: Narzullaev G`ayrat Inflyatsiya ning ijtimoiy iqtisodiy oqibatlari. Reja


Download 19.26 Kb.
bet1/3
Sana24.03.2023
Hajmi19.26 Kb.
#1290321
  1   2   3
Bog'liq
mustaqilMakroMIkro


Toshkent Moliya Instituti
Sirtqi Fakultet


Mavzu: Inflyatsiya ning ijtimoiy iqtisodiy oqibatlari.


Bajardi:Narzullaev G`ayrat


Inflyatsiya ning ijtimoiy iqtisodiy oqibatlari.
Reja:

  1. Inflyatsiya tushunchasining mazmuni va turlari

  2. Inflyatsiyani yuzaga keltiruvchi sabablar

  3. Inflyatsiyaning ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlari va inflyatsiyaga qarshi kurashish.



1.Inflyatsiya tushunchasining mazmuni va turlari

Muomalada qogʻoz pullar va tanga pullarning mavjudligi inflyatsiyani vujudga keltiruvchi iqtisodiy kategoriyalardan biri hisoblanadi. “Inflyatsiya” termini – lotincha soʻzdan olingan boʻlib – “shishirilgan”, “boʻrttirilgan”, “koʻpchigan” kabi maʼnolarni anglatadi. Inflyatsiyaning iqtisodiy mohiyati muomaladagi naqd pullarning sotib olish qobiliyatini pasayishi, tovarlar va xizmatlarning bahosini oʻsib borishini anglatadi.


Inflyatsiya soʻzi birinchi marta amerikalik iqtisodchi A.Delmar tomonidan 1864-yilda iqtisodiy oborotga kiritildi. Bunga AQSH Federal hukumati 1861 – 1865 yillarda mamlakat fuqarolar urushi davrida davlatning xarajatlarini qoplash maqsadida muomalaga juda katta miqdorda qogʻoz pullarni emissiya qilishi sabab boʻldi. Gʻarbiy Yevropa mamlakatlari iqtisodiy adabiyotlarida inflyatsiya termini birinchi jahon urushidan keyin, sobiq ittifoq adabiyotlarida esa 1920-yillarning oʻrtalaridan keng miqyosda paydo boʻldi. Biroq, shuni taʼkidlash joizki, inflyatsiya natijasida pullarning qadrsizlanishi, ularning toʻlov qobiliyatining pasayishi kabi muammolar tarixan qogʻoz pullar muomalaga chiqarilishi va tangalarning zarb qilishi davridan boshlangan. Dastlabki davrlarda inflyatsiyaning vujudga kelishining asosiy sabablaridan biri, hukumat tomonidan iqtisodiyotga haddan ortiqcha sifati va ogʻirligi talab darajasidan past boʻlgan haqiqiy qiymatga ega boʻlmagan tanga pullar muomalaga chiqarilishi hisoblanadi. Masalan, Qadimgi Gretsiyada miloddan avvalgi VI asrda metall tangalarning tarkibida qimmatbaho metallarning hajmini yarmidan koʻprogʻini oddiy metallarga, yaʼni haqiqiy qiymatga ega boʻlmagan metallarga almashtirildi.
Xuddi shu holat Rim Imperatorlari tomonidan ham amalga oshirildi. Oʻrta asrlarga kelib, koʻpchilik davlatlarning hukumdorlari kumush tangalarni mis tangalarga, keyinchalik oddiy alyumin metallarga almashtirdi. Bu jarayon hukumatga qimmatbaho metallarni tejash evaziga mamlakat xazinasiga juda katta boylik sifatida qabul qilindi. Biroq, pullarning toʻlov qobiliyatini pasayishi va qadrsizlanishiga olib keldi.
Muomalada qogʻoz pullarning paydo boʻlishi natijasida tanga – pul bilan bogʻliq inflyatsiya muammosi qogʻoz – pulga oʻz oʻrnini boʻshatib beradi. Davlatning burjuaziya boshqarish tuzumining vujudga kelishi davrida oʻrta asrlarda pul muomalasida paydo boʻlgan muammolarni barqaror pul tizimini tashkil etish orqali bartaraf etishga urinishlar boʻldi.
XVIII – XIX asrlarda va XX asrning boshlarida birinchi jahon urushiga qadar inflyatsiya muammosi ayrim mamlakatlarda mavjud boʻlib, davriy xarakterga ega edi. Masalan, inflyasiya muammosi Fransiyada 1789 –1791 yillarda Buyuk fransuz revolyutsiyasi davrida, Angliyada Napolen bilan urush davri – XIX asrning boshlarida mavjud edi. Oltin monometallizm tizimi joriy etilgan mamlakatlarda uzoq yillar davomida barqaror pul tizimi amal qildi.
Birinchi jahon urushi davrida oltin monometallizm tizimining barbod boʻlishi va qogʻoz pullarning oltin tangalarga qatʼiy belgilangan kurs asosida ayirboshlanishi bekor qilinishi natijasida davlat oʻzining inflyatsiyaga qarshi kurashish mexanizmidan mahrum boʻldi. Shu davrdan boshlab, inflyatsiya iqtisodiyotda doimiy xarakterga ega boʻlgan va keng qamrovli muammo sifatida barcha mamlakatlarda namoyon boʻla boshladi.
Inflyatsiyaning mohiyati iqtisodiy adabiyotlarda turli iqtisodchi olimlar tomonidan turlicha talqin etiladi. Xususan, K.R.Makkonnell, S.Bryu va K.Eklund inflyatsiyani iqtisodiyotda baholarning oʻrtacha koʻtarilishi sifatida, P.Xeyni esa pulning sotib olish qobiliyatining pasayishi yoki qiymatining yoʻqolishi ekanligini taʼkidlaydilar
Markazlashgan iqtisodiyot sharoitida inflyatsiyani vujudga kelishi 1930-yillarda muomalaga haddan ziyod qogʻoz va tanga pullarni chiqarilishi natijasida iqtisodiyotning “pul kanallari” toʻlishi yuz beradi, bu oʻz navbatida inflyatsiyaga olib kelishi taʼkidlandi, 1940-yillarda esa inflyatsiyaning sababi iqtisodiyotda qogʻoz pullar toʻlov vositasini bajarishi har qanday holatda inflyatsiyani keltirib chiqarishini eʼtirof etishdi, 1950 yillarda inflyatsiyani kelib chiqishining asosiy sababi sifatida uning yetarli darajada oltin va boshqa moddiy qimmatliklar bilan taʼminlanmaganligi ekanligini qayd etdilar.
1960-yillarda iqtisodchi olimlar inflyatsiya murakkab, koʻp omilli ijtimoiy – iqtisodiy jarayon ekanligini, uni tashqi va ichki omillar taʼsir qilishi natijasida vujudga kyeladigan iqtisodiy kategoriya sifatida baholadilar. Inflyatsiyaning iqtisodiy mohiyatiga qator xorijiy va mahalliy olimlar oʻzlarining fikrlarini bildirgan. Xususan, Rossiya iqtisodchi olimlari V.A.Щegorso va V.A.Taranlar “Inflyatsiya – bu tovarlar va xizmatlar sifati va isteʼmol qiymati oʻzgarmagan holda ularning bahosini oʻsib borishidir, bu jarayonda pulning qadri pasayib boradi”, deya taʼkidlaydilar.
Mamlakatimiz iqtisodchi olimlaridan, professor Sh.Abdullayeva inflyatsiyaning iqtisodiy mohiyatiga: “Inflyatsiya soʻzining iqtisodiy mohiyati – muomalada mavjud boʻlgan tovarlar va ularning bahosiga nisbatan koʻp pul chiqarish degan maʼnoni anglatadi” deya taʼrif beradi.
Guvohi boʻlganimizdek, inflyatsiyaning mohiyatiga turlicha fikrlar bildirilgan. Fikrimizcha, “Inflyatsiya – bu tovarlar va xizmatlar bahosining ortib ketishi natijasida muomaladagi qogʻoz va tanga pullarning sotib olish qobiliyatining pasayishidir”. Tovarlar va xizmatlar bahosining ortib ketishini har doim ham inflyatsiya sifatida qaralishi maqsadga muvofiq emas, agar muomaladagi pul massasi tegishli tovarlar va xizmatlar massasi bilan taʼminlanmasligi natijasida ularning bahosi ortsagina bunday holat inflyatsiya sifatida qaralishi mumkin. Muomalada ortiqcha pul massasi paydo boʻlmagan holatda yalpi talabning yalpi taklifga nisbatan ortib ketishi natijasida bozor konyukturasining oʻzgarishi, yaʼni bozorda tovarlar va xizmatlar bahosining ortib ketishi iqtisodiyotda inflyatsiya mavjudligini anglatmaydi. Bunday holatda baholarning ortishi noinfiliatsion omillar taʼsiri natijasid paydo boʻladi. Xususan, iqtisodiy va tabiiy resurslarning taqchilligi natijasida ularning bahosini ortishi, mavjud tovarlar va xizmatlar sifatining pastligi natijasida kam hajmdagi sifatli tovarlar va xizmatlar bahosining ortib ketishi kabilar shular jumlasidandir.
Umuman olganda, taʼkidlash joizki, iqtisodiyotda inflyatsiyaning vujudga kelishi muomalada pul mablagʻlari hajmining haddan ortiq koʻpayishi natijasida pul muomalasi bilan bogʻliq iqtisodiy inqirozdan dalolat beradi. Bu tovarlar va xizmatlar umumiy bahosining sezilarli surʼatlarda oʻsib borishida (1), tovarlar va xizmatlar taqchilligida (2), rezidentlarning milliy valyutadan “qochishi”, yaʼni ularning xorijiy valyutalarni jamgʻarishga boʻlgan iqtisodiy manfaatdorligini ortib borishida (3), milliy valyutaning xorijiy valyutalarga nisbatan kursining pasayishida (4), mablagʻlarni koʻchmas mulklarga joylashtirilishida (5), tovar va xizmatlarning baholarini boshqa barqaror pul birliklariga bogʻlab aniqlash kabilarda namoyon boʻladi.
Iqtisodiyotda inflyatsiya darajasini aniqlashning turli yoʻllari mavjud boʻlib, ulardan asosiylari isteʼmol baholari indeksi (1) va inflyatsiya darajasini (2) aniqlovchi tengliklar hisoblanadi.
(1)
Bu yerda:
IBI – isteʼmol baholari indeksi;
JDIKB – joriy davrdagi isteʼmol savatchasi baholari;
OʻDIKB – oʻtgan davrdagi isteʼmol savatchasi baholari.
(2)
bu yerda:
– joriy davr isteʼmol baholari;
– bazaviy davr isteʼmol baholari.

Isteʼmol savatchasi – odamlarning birinchi darajali ehtiyojlarini qondirish uchun zarur boʻlgan tovar va xizmatlar yigʻindisi. Isteʼmol savatchasi yordamida odamlarning yashash uchun zarur boʻlgan eng kam miqdordagi xarajatlar miqdori hisob – kitob qilinadi. Isteʼmol savatchasiga Rossiyada 407 ta, AQSHda 300 ta, Fransiyada 250 ta, Angliyada 350 ta, Germaniyada 475 ta tovar va xizmatlar turi kiradi.


Inflyatsiya juda koʻp qirrali boʻlib, u asosan quyidagi shakllarda namoyon boʻlishi mumkin:

  • sudraluvchan inflyatsiya;

  • shiddatli inflyatsiya;

  • giperinflyatsiya;

  • kutilgan va kutilmagan inflyatsiya;

  • ochiq inflyatsiya;

  • yopiq inflyatsiya;

  • talab xarajatlar inflyatsiyasi;

  • taklif (xarajatlar) inflyatsiyasi.

Sudraluvchan inflyatsiya sharoitida baholar yiliga 6 – 8 foiz miqdorida oʻsishi kuzatiladi. Sudraluvchan inflyatsiya juda koʻp mamlakatlar iqtisodiyotiga xos boʻlib, milliy iqtisodiyotga sezilarli darajada taʼsir koʻrsatmaydi. Gʻarbiy Yevropa mamlakatlari iqtisodchilari ushbu inflyatsiya sharoitida iqtisodiyotning rivojlanishini ijobiy holat sifatida baholaydilar.
Shiddatli inflyatsiya davrida baholarning darajasi yil davomida 20 foizdan 200 foizgacha oʻsadi. Inflyatsiya darajasi sezilarli ravishda shiddat bilan ortib boradi, uning darajasi ortib borgan sari milliy iqtisodiyotga salbiy taʼsir sezilib boradi. Aholining milliy valyutaga nisbatan ishonchi pasayib, oʻz mablagʻlarini koʻchmas mulklarga, qimmatbaho taqinchoq va xorijiy mamlakatlarning barqaror valyutalariga almashtirishga ehtiyoji ortib boradi.
Giperinflyatsiya sharoitida baholar juda tez va yirik miqdorda oshib boradi, asosan giperinflyatsiya sharoitida tovarlar va xizmatlarning bahosi astronomik darajada ortib, yiliga 1000 foiz, oyiga 100 foiz darajasida oʻsishi kuzatiladi. Mamlakatda iqtisodiyotni boshqarish va pul muomalasi buzilishi natijasida, pul – kredit siyosati toʻliq izdan chiqib ketadi. Giperinflyatsiya birinchi jahon urushidan keyin Germaniya iqtisodiyotiga juda katta salbiy taʼsir qilgan. Bu haqda E.M.Remark shunday yozadi. “Inflyatsiya nima ekanligini shunda bilganman. Mening oylik ish haqim ikki yuz milliard markani tashkil etar edi. Ish haqi bir kunda ikki marta berilar edi, ish haqi berilgandan soʻng ishdan yarim soatga ruxsat berilardi. Biz bu vaqtdan foydalanib kursni ikki martaga oshib ketishidan va olgan ish haqimiz oʻz qiymatini yoʻqotishidan qoʻrqib qandaydir tovar yoki isteʼmol mollarini sotib olish uchun doʻkonlarga yugurar edik.
Kutilgan inflyatsiya mamlakatdagi makroiqtisodiy koʻrsatkichlar asosida prognoz qilinib, uning yuz berishi oldindan maʼlum boʻladi. Buning ijobiy jihati shundaki, davlat byudjeti xarajatlari va aholining kelgusidagi xarajatlari shunga monand ravishda oshib borishi oldindan maʼlum boʻladi. Buning uchun davlat, yuridik va jismoniy shaxslar kelgusiga moʻljallangan rejalarini oldindan tuzib, shunga qarab oʻz faoliyatini tashkil etadilar.
Kutilmagan inflyatsiya iqtisodiyotda yuz beradigan koʻzda tutilmagan iqtisodiy inqirozlar, ziddiyatlar, urushlar, qurgʻoqchilik va boshqa holatlarda yuz berishi mumkin.
Ochiq inflyatsiya mamlakatda tovarlar va xizmatlar bahosini ortib borishi bilan izohlanadi. Inflyatsiyaning ushbu shakli hukumat tomonidan eʼtirof etiladi va uni bartaraf etish yuzasidan ochiqchasiga tegishli chora –tadbirlar amalga oshiriladi.
Yopiq inflyatsiya sharoitida tovar va xizmatlar bahosi sunʼiy ravishda pasaytirib koʻrsatiladi, mamlakatda qattiq pul – kredit siyosati joriy etiladi. Yopiq inflyatsiya sharotida aholi mamlakatdagi real inflyatsiya darajasi haqida aniq maʼlumotlarga ega boʻlmaydi.
Talab inflyatsiyasi sharoitida yalpi talab hajmi real ishlab chiqarish hajmiga nisbatan tez suʼratlar bilan oʻsib boradi, buning natijasida tovar va xizmatlar bahosi ortib ketadi.
Taklif (xarajatlar) inflyatsiyasi ishlab chiqarish vositalari va resurslaridan samarali foydalanilmaslik oqibatida ishlab chiqarish xarajatlari ortib ketadi, tovar va xizmatlar bahosi koʻtariladi. Natijada aholining real daromadlariga nisbatan tovarlar va xizmatlarning bahosi nomutanosib ravishda tez koʻtarilib ketadi. Dastlabki bosqichda muomaladagi ortiqcha pul massasi mamlakatda ishlab chiqarish va realizatsiya jarayonlarini tezlashtirish hamda ishsizlik darajasini pasaytirish hisobiga baholarning muvozanatligini taʼminlaydi. Natijada, ishlab chiqarish rivojlanib, ishsizlik darajasi pasayishi natijasida mamlakatda tovarlar hajmi ortishi talabni qondirish bilan birga, undan ortib ketadi.
Bu oʻz navbatida, ishlab chiqarishning samarasizligi va ishsizlik darajasini oshishiga sabab boʻladi.



Download 19.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling