Toshkent Moliya Instituti Sirtqi Fakultet Mavzu: Inflyatsiya ning ijtimoiy iqtisodiy oqibatlari. Bajardi: Narzullaev G`ayrat Inflyatsiya ning ijtimoiy iqtisodiy oqibatlari. Reja
Inflyatsiyaning ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlari va inflyatsiyaga qarshi kurashish
Download 19.26 Kb.
|
mustaqilMakroMIkro
3. Inflyatsiyaning ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlari va inflyatsiyaga qarshi kurashish.
Iqtisodiyotda inflyatsiyaning vujudga kelishi mamlakatning barcha jabhalarida ijtimoiy – iqtisodiy jihatdan salbiy holatlarni keltirib chiqaradi. Iqtisodchi olimlar va mutaxassislarning fikricha, mamlakatda sudraluvchan inflyatsiya iqtisodiyot rivojiga kuchli salbiy taʼsir koʻrsatmaydi. Odatda iqtisodiyotda inflyatsiya darajasi yillik 12 – 14 foizdan ortgandan soʻng uning salbiy taʼsiri seziladi. Inflyatsiyaning salbiy ijtimoiy – iqtisodiy oqibatlari sifatida quyidagilarni taʼkidlash maqsadga muvofiq. 1.Aholi va korxonalarning nominal daromadlari hajmi ortib borsada real daromadlari pasayadi. Natijada aholining turmush darajasi pasayadi, ularning yillik olayotgan daromadlarining real qiymati pasayib boradi. Korxonalarda xomashyo va ishlab chiqarish xarajatlari ortib boradi, buning natijasida ularning moliyaviy holati yomonlashadi. 2.Mamlakatning boylik va daromadlari bir guruh kishilar oʻrtasida qayta taqsimlanadi. Kreditorlar bu borada yutadilar, debitorlar esa yutqazadilar. Dj.Millning fikriga koʻra “Barcha tovarlarning bahosi surunkali oʻsib borishi, boshqacha soʻz bilan aytganda pulning sotib olish qiymatining tushib ketishi, kimgadir iqtisodiy jihatdan keltiradigan foydasi qoʻshimcha ishlab chiqarish hisobidan emas, balki kimningdir hisobidan amalga oshadi”. 3.Pulning moddiy boylikka almashtirish jarayoni tezlashadi. Aholi oʻz ixtiyoridagi pullarga tovar, koʻchmas mulk, qimmatbaho buyumlarni, shuningdek, barqaror xorijiy valyutalarni sotib olishga boʻlgan iqtisodiy qiziqish ortib boradi. 4.Uzoq muddatli investitsiyalarga yoʻnaltiriladigan mablagʻlar kamayib boradi va oxir oqibat toʻxtaydi. Chunki, investitsiyalar hisobidan kelgusida olinadigan daromadlar oʻz qadrini yoʻqotgan pullarda olinadi. 5.Aholining barcha shakldagi pul jamgʻarmalarining (omonat, naqd pul, obligatsiya, qimmatli qogʻozlar va boshqalar) qiymati tushib ketadi. Shuningdek, korxonalarning jamgʻarmalari, asosan amortizatsion fondlarining qiymati inflyatsiya taʼsirida tushib ketadi va asosiy vositalarni yangilash hamda rekonstruksiya qilishga imkoniyat qolmaydi. 6.Omonatlar boʻyicha foizlar miqdorining tushib ketishi. Foizlar nominal koʻrinishda oʻsishi mumkin, lekin real qiymati pasayib boradi. Natijada aholining banklardagi omonatlarining hajmi pasayib, mablagʻlarning bankdan tashqari oborotining hajmi ortib boradi. 7.Mikroiqtisodiy darajada ishlab chiqarishga boʻlgan manfaatdorlik yoʻqoladi, buning natijasida korxonada yangi ilmiy texnikani joriy etish darajasi tushib ketadi. Ishchilarning mehnatini ragʻbatlantirish pasayadi. 8.Milliy daromadni taqsimlash va qayta taqsimlash jarayonlari markazlashadi. Milliy valyutaning qadrini pasayishi natijasida muomalada xorijiy valyutalarning ishtiroki ortib boradi. Mamlakat iqtisodiyotini boshqarishda qiyinchiliklar vujudga keladi. 9.Iqtisodiy maʼlumotlarning haqqoniyligi, ishonchliligi, barqarorligiga shubha tugʻiladi. Natijada aholining davlat tomonidan olib borayotgan makroiqtisodiy siyosati va pul – kredit tizimiga ishonchi pasayadi. Milliy iqtisodiyotda inflyatsiyaga qarshi siyosatni tashkil etish muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki, inflyatsiya mamlakatning ijtimoiy – iqtisodiy siyosatini izdan chiqaradi. Ishlab chiqarishga va aholining turmush darajasiga salbiy taʼsir koʻrsatadi. Inflyatsiyaga qarshi siyosatni amalga oshirishda, iqtisodchilarning fikricha, uning ikkita yoʻli mavjudligi eʼtirof etiladi: – umumiy talabni tartibga solish; – umumiy taklifni tartibga solish. Umumiy talabni tartibga solish orqali inflyatsiyaga qarshi kurash keynschilik yoʻnalishi sifatida eʼtirof etiladi. Ular inflyatsiyaga qarshi kurashda umumiy talabni tartibga solish taklifning oshishiga samarali taʼsir koʻrsatishini taʼkidlaydi. Taklifning oshishiga samarali taʼsir koʻrsatadigan asosiy omillar davlat xarajatlarini oshirish va imtiyozli kreditlarning miqdorini koʻpaytirishdir. Ular oʻz navbatida mamlakatda investitsion talabni keltirib chiqaradi, investitsion talab taklifning oʻsishiga olib keladi, taklifning oʻsishi esa baholarning pasayishiga, baholarning pasayishi inflyatsiyani oldini olish va giperinflyatsiyani bartaraf etish imkoniyatini beradi. Inflyatsiyaga qarshi kurashning monetaristik yoʻnalishi vakillarining diqqat markazida asosiy masala yalpi taklifni tartibgasolishga qaratiladi. Monitaristlarning fikricha, inflyatsiyaga qarshi kurashning keynschilar tomonidan ilgari surilgan usuli mamlakatni inflyatsiyadan qisqa muddat ichida chiqishga imkoniyat beradi, lekin mamlakatda yalpi talab va yalpi taklif oʻrtasidagi nomutanosiblik holati saqlanib qoladi. Buning natijasida, maʼlum vaqtdan keyin, mamlakatda inflyatsiya jarayoni vujudga keladi. Monetaristik siyosatning asoschilaridan hisoblangan Milton Fridmanning fikricha, inflyatsiya – bu bevosita pul bilan bogʻliq boʻlgan holat boʻlib, uning kelib chiqishini asosiy sababi davlatning iqtisodiyotni boshqarishga nooqilona aralashuvi natijasida vujudga keladi. Shuning uchun davlat byudjeti taqchilligini qoʻshimcha emissiya evaziga emas, balki mamlakatda yalpi taklif hajmini oshirish yoʻli bilan bartaraf etish lozimligini taʼkidlaydi. Monitaristlar kreditning foiz stavkasini oshirish, byudjet taqchilligini qisqartirish va soliq stavkalarini pasaytirishni ilgari suradilar. Ularning fikricha, buning natijasida, isteʼmolga boʻlgan ehtiyoj qisqaradi, investitsiya hajmi ortadi, samarasiz xoʻjalik subyektlari bankrot boʻladi, mamlakatda kuchli raqobat muhiti shakllanadi. Bular oʻz navbatida mamlakatda inflyatsiya darajasining tushishiga olib keladi. Koʻpchilik mamlakatlar inflyatsiyaga qarshi kurashda keynschilik va monetaristik yoʻnalishning u yoki bu jihatlarini hamoxong ravishda amaliyotga joriy etadi. Inflyatsiyaga qarshi kurashish Markaziy banklar faoliyatining strategik maqsadi hisoblanadi va ular inflyatsiyaga qarshi kurashishda katta vakolatlarga ega. Biroq, M. Fridmenning inflyatsiya koʻp omilli jarayon emas, degan xulosasi koʻplab mamlakatlar amaliyotida, shu jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi amaliyotida oʻz isbotini topmadi. Xususan, Oʻzbekiston Respublikasida tabiiy monopoliyalar mahsulotlari va xizmatlari baholarining oʻsishi inflyatsiya darajasining oshishida muhim oʻrin tutadi. Markaziy bank esa, tabiiy monopoliyalarning baho siyosatiga aralasha olmaydi. Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev eʼtirof etganlaridek, “oxirgi 10 yilda mineral oʻgʻitlarning narxi necha barobar oʻsgan? Tabiiy savol tugʻiladi: oʻgʻitning tannarxi necha marta kamaygan? Afsuski, bunday haqli savollarga javob yoʻq”. Oʻzbekistonlik iqtisodchi olim O.Sh. Namozov inflyatsiyaning koʻp omilli jarayon ekanligini eʼtirof etgan holda, inflyatsiyaning maqsadli koʻrsatkichi maʼlum darajada barqaror boʻlishi, tovarlar va xizmatlar bahosiga nisbatan mustaqil boʻlishi, fundamental inflyatsion jarayonlarga bogʻliq boʻlmasligi va ishonchli tarzda prognozlanadigan boʻlishi lozim, deb hisoblaydi. M.Fridmen iqtisodchi olimlardan birinchi boʻlib, pul massasining yillik oʻsish surʼati qatʼiy koʻrsatkich sifatida belgilab qoʻyilishi va mazkur koʻrsatkichning bajarilishi Markaziy bank tomonidan nazorat qilinishi kerakligini ilmiy jihatdan asoslab berdi. U pul massasining yillik oʻsish koʻrsatkichini 4% darajasida belgilashni taklif qilgani holda, pul massasining oʻsishi pirovard mahsulot bahosining uzoq muddatli davriy oraliqdagi barqaror oʻsishiga asoslanishi lozim, degan xulosaga keldi. Fridmenning ushbu xulosasi Oʻzbekiston uchun muhim amaliy ahamiyat kasb etadi. Buning sababi shundaki, garchi Oʻzbekistonda M2 pul agregatining oʻsish surʼati Markaziy bank tomonidan nazorat qilinayotgan boʻlsa-da, pul massasining oʻsish surʼati yuqoriligicha qolmoqda. E.Xansenning fikriga koʻra, pul taklifini cheklash yoʻli bilan inflyatsion koʻtarilishni toʻxtatib boʻlmaydi. Demak, pul siyosati inflyatsiyaga qarshi kurashning yagona vositasi sifatida bir tomonlama va xavfli qurol hisoblanadi. Fikrimizcha, E.Xansenning pul taklifini cheklash yoʻli bilan inflyatsiyaga qarshi kurashish muammosini hal qilib boʻlmasligi toʻgʻrisidagi xulosasi respublikamiz amaliyoti uchun muhim amaliy ahamiyat kasb etadi. Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyoti rivojlanishining zamonaviy bosqichida pul-kredit siyosati, byudjet siyosati va fiskal siyosat oʻrtasidagi mutanosiblik taʼminlanmagan. Xususan, Markaziy bank tomonidan inflyatsiya darajasini pasaytirishga qaratilgan siyosat olib borilayotgan hozirgi sharoitda qoʻshilgan qiymat soligʻi va aksiya soligʻining stavkalari yuqoriligicha qolmoqda. Holbuki, egri soliqlar mahsulotlar va xizmatlarning bahosida hisobga olinadi va shu sababli, ularning stavkalarini yuqori ekanligi tovarlar va xizmatlar baholarining oshishiga olib keladi. Shuningdek, Hukumatning qimmatli qogʻozlarini mavjud emasligi Markaziy bankka ochiq bozor operatsiyalari orqali mamlakatning bank tizimida yuzaga keladigan ortiqcha likvidlilikni olib qoʻyish imkonini bermaydi. Buning ustiga, Davlat byudjeti xarajatlarini oshirish yoʻli bilan tijorat banklari kreditlarining foiz stavkalarini pasaytirish imkoniyatidan ham foydalanila olayotgani yoʻq. Download 19.26 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling