Soliq imtiyozlari, ularning mohiyati va turlari Soliq imtiyozlari - soliq to‘lovchilarga soliqlar bo‘yicha turli xil yengilliklar bo‘lib, ular vaqtinchalik va doimiy, to‘liq yoki qisman va boshqa ko‘rinishlarda berilishi mumkin - Jahon soliq tizimining asosiy va ajralmas qismlaridan biri bu soliq imtiyozlaridir. Har qanday davlatning davlat byudjetini daromadlar bilan ta’minlashda asosiy vositalardan biri bu soliqlar va soliqsiz to‘lovlardir. Ammo joriy etilgan soliqlar sof fiskal shaklda o‘rnatilishi mumkin emas. Chunki faqat byudjet manfaati nuqtai nazaridan o‘rnatilgan soliqlarni amal qilishi uzoq vaqtni o‘z ichiga olmaydi. Shuning uchun muayyan darajada soliq imtiyozlaridan foydalanish taqozo etiladi.
Soliq imtiyozlaridan foydalanishning bir qator ob’ektiv ijtimoiy-iqtisodiy sabablari mavjud. Soliq imtiyozlaridan foydalanishning bir qator ob’ektiv ijtimoiy-iqtisodiy sabablari mavjud.
1
2
33
Soliq imtiyozlari, ularning mohiyati va turlari - Soliq imtiyozlarini qo‘llash mexanizmidagi eng murakkab jarayon bu soliq imtiyozlarini belgilash mezonlarini adolatli tarzda belgilash hisoblanadi. Ammo, qayd etish joizki, soliq imtiyozlarini belgilash jahon amaliyotida har bir mamlakatning iqtisodiy siyosatining mazmun-mohiyatidan kelib chiqib belgilanadi va shu jihatidan u turli davlatlarda turlicha bo‘ladi.
Barcha qonun hujjatlarida soliq turlari bo‘yicha imtiyozlar asosan quyidagi shakllarda: - soliqdan batamom ozod etish;
- soliqdan vaqtincha yoki qisman ozod etish;
- soliq bazasini kamaytirish tarzida berilgan.
- Soliq to’lovchilarning investitsion mavqeiga qarab.
- Soliq to’lovchilarning ijtimoiy mavqeiga qarab.
- Sohani rivojlantirishni ustuvorligiga qarab.
- Importbop mahsulotlarni ishlab chiqarish darajasiga qarab.
- Xalqaro iqtisodiy aloqalarni darajasidan kelib chiqib.
Do'stlaringiz bilan baham: |