Toshkent Moliya Instituti “soliqlar va soliqqa tortish” fani
Download 1.13 Mb.
|
1- mavzu. “Soliqlar va soliqqa tortish” faniga kirish
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.Soliq elementlarining mohiyati va ahamiyati
- Soliq elementlari
Toshkent Moliya Instituti“SOLIQLAR VA SOLIQQA TORTISH” FANI1-MAVZU: “SOLIQLAR VA SOLIQQA TORTISH” FANIGA KIRISH.Ma’ruzachi: prof. Sh.Qiyosov Reja:Reja:3. Soliq imtiyozlari, ularning mohiyati va turlari 2. Soliq elementlarining tarkibi 1. Soliq elementlarining mohiyati va ahamiyati. 4. Soliqni undirish (soliqqa tortish) usullari. 5. Soliq mexanizmi. 1.Soliq elementlarining mohiyati va ahamiyatiSoliq elementlari - soliqqa tortish tizimini muhim tarkibiy qismi bo‘lib, uning o‘zi ham kichik tizimni tashkil etadi, ya’ni soliq elementlari ham bir necha iqtisodiy kategoriyalarni yaxlit holdagi harakatini bildiradi. Soliq elementlari haqida gap borganda ko‘pincha adabiyotlarda soliqqa tortish tizimi haqida so‘z yuritiladi. Shu o‘rinda soliqqa tortish tizimi haqida to‘xtalib o‘tadigan bo‘lsak, soliqqa tortish tizimi soliq tizimiga nisbatan tor tushuncha bo‘lib, aslida soliq tizimiga kiradi. Soliq tizimi soliqqa oid barcha munosabatlarni qamrab olsa, soliqqa tortish tizimi esa, ushbu munosabatlarni soliqlarni undirish bo‘yicha iqtisodiy-huquqiy munosabatlarni o‘z ichiga oladi.
Soliq obyekti Soliq sub`ekti Soliq agenti Soliq to’lash muddatlari Soliqqa tortish birligi Soliq stavkasi Soliq imtiyozlari Soliq bazasi Soliq yuki. 2. Soliq elementlari tarkibi Soliq elemenlari tarkibi Soliq elementlariSoliq sub’ekti - bu soliqqa oid munosabatlarning tashkil etuvchi tomonlarning o‘zaro majmuasi bo‘lib, unda bir tomondan soliq to‘lovchilar (yuridik va jismoniy shaxslar) boshqa tomondan soliqni undirish vakolati yuklangan soliq xizmati organlari - Davlat soliq qo‘mitasi, soliq boshqarmalari, tuman va shahar davlat soliq inspektsiyalari qatnashadi
Soliq ob’ekti - soliq to‘lovchining soliq hisoblanadigan va soliqqa tortish uchun asos bo‘lib xizmat qiladigan daromadi, oboroti va mol-mulki tushuniladi. Soliq ob’ekti sifatida foyda yoki daromad, muayyan tovarlarni qiymati, yer maydoni, jismoniy va yuridik shaxslarning mulklari, tabiiy resurslardan foydalanish miqdori va boshqalar kiradi. Download 1.13 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling