Naqd pulsiz hisob kitoblar hisobi


Download 1.69 Mb.
bet1/9
Sana16.06.2023
Hajmi1.69 Mb.
#1491750
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Banklarda buxgalteriya

Naqd pulsiz hisob kitoblar hisobi

Banklarda buxgalteriya hisobi

Nima uchun biz bugungi kunda naqd pulsiz hisob kitoblarga muhtojmiz?

  • 1. Qulaylik
  • 2. Xavfsizlik
  • 3. Kontaktsiz to'lovlar
  • 4. Xarajatlarni oson kuzatish imkoniyati
  • 5. Moliyaviy Inklyuziyani rag'batlantirish
  • Hozirda iqtisodiyotdagi umumiy pul aylanishining 80-90 foizi naqd pulsiz hisob- kitoblar tashkil etmokda, ayrim rivojlangan mamlakatlarda esa bu koʼrsatkich 97-99 foizni tashkil etmoqda. Bundan kelib chiqib aytishimiz mumkinki, naqd pulsiz hisob- kitoblar iqtisodiyotning jadal rivojlanishini asosi hisoblanadi. Demak, ularni toʼgʼri va qonuniy tashkil etish bizning asosiy vazifamizdir.

O‘zbekiston Respublikasi hududida naqd pulsiz hisob-kitoblarni o‘tkazish tartibini belgilovchi me’yoriy hujjatlar

  • O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi
  • “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi
  • “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi
  • "Xo‘jalik yurituvchi sub'ektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi to‘g‘risida"gi
  • "Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida"gi Qonunlar

Naqd pulsiz hisob-kitoblarni amalga oshirishda quyidagi hisob-kitob hujjatlaridan foydalaniladi:

  • memorial order;
  • to‘lov topshiriqnomasi;
  • to‘lov talabnomasi;
  • inkasso topshiriqnomasi;
  • akkreditivga ariza;
  • tijorat bankining hisob-kitob cheki
  • bank plastik kartalari

Muhim!

  • Bank hisobvarag‘i shartnomasida boshqa muddatlar belgilab qo‘yilgan bo‘lmasa, bank to‘lov hujjati bankka kelib tushgan kunda mablag‘larni mijozning hisobvarag‘iga kirim qilishi yoki chiqarishi shart
  • Banklar mijozning topshirig‘iga binoan elektron to‘lovni, to‘lov hujjati tushgan kunda, agar u bankning amaliyot kuni mobaynida tushgan bo‘lsa, amalga oshirishi shart, qonunda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno. Agar to‘lov hujjati amaliyot kuni tugaganidan keyin tushsa, banklar elektron to‘lovni keyingi ish kunidan kechiktirmay amalga oshirishi kerak, qonunda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno
  • “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004 y., 43-son, 451-modda) muvofiq, banklar ba’zi operatsiyalarni to‘xtatib turishga yoki ularni amalga oshirishni rad etishga haqli.

Download 1.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling