Talablarni bajarish uchun mablag‘larni oluvchining hisobvarag‘ida yetarli miqdorda mablag‘lar bo‘lmagan taqdirda, mablag‘larni hisobdan chiqarish, Xo‘jalik yurituvchi sub'ektlarning bank hisobvaraqlaridan pul mablag‘larini hisobdan chiqarish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga (ro‘yxat raqami 2342, 2012 yil 15 mart) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2012 y., 11-son, 127-modda) muvofiq, navbat bo‘yicha amalga oshiriladi - Talablarni bajarish uchun mablag‘larni oluvchining hisobvarag‘ida yetarli miqdorda mablag‘lar bo‘lmagan taqdirda, mablag‘larni hisobdan chiqarish, Xo‘jalik yurituvchi sub'ektlarning bank hisobvaraqlaridan pul mablag‘larini hisobdan chiqarish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga (ro‘yxat raqami 2342, 2012 yil 15 mart) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2012 y., 11-son, 127-modda) muvofiq, navbat bo‘yicha amalga oshiriladi
- Mablag‘larni to‘lovchi va oluvchi tomonidan tuzilgan shartnoma bo‘yicha majburiyatlarning bajarilmaganligi yoki kerakli darajada bajarilmaganligi uchun to‘lanishi zarur bo‘lgan penyani hisoblash va undirish bo‘yicha banklar javobgar bo‘lmaydi
- Banklar o‘rtasidagi o‘zaro hisob-kitoblar Markaziy bankning Hisob-kitoblar markazida ochilgan vakillik hisobvaraqlaridan Markaziy bankning banklararo to‘lov tizimi orqali milliy valyutada amalga oshiriladi
- Banklarda hisob-kitoblar bo‘yicha elektron hujjat aylanmasi “Markaziy bankning banklararo to‘lov tizimi orqali elektron to‘lovlarni amalga oshirish tartibi to‘g‘risida»gi Nizomga (14.02.2006 yildagi ro‘yxat №1545)muvofiq amalga oshiriladi
Memorial order Memorial order quyidagi hollarda foydalaniladi: - mijozlar bilan bog‘liq bank operatsiyalari yuzasidan;
- bank xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha hisob-kitoblarda;
- banklarning o‘z ichki operatsiyalarida;
- mijozning qarzdorlik mablag‘larini qoplashda, agar shartnomada belgilab qo‘yilgan bo‘lsa;
- buxgalteriya hisobidagi xato yozuvlarni tuzatishda;
- jismoniy shaxslarning tadbirkorlik faoliyati bilan bog‘liq bo‘lmagan yozma topshiriqlari bo‘yicha mablag‘larni naqd pulsiz shaklda o‘tkazishni amalga oshirishda. Bunda to‘lovdan so‘ng, yozma topshiriq va memorial order bankning kunlik hujjatlar yig‘ma jildiga tikib qo‘yiladi.
- Memorial orderlar bilan amalga oshirilgan operatsiyalarning to‘g‘riligi uchun bank rahbari, bosh buxgalteri va mijozning bank hisobvarag‘iga xizmat ko‘rsatuvchi buxgalter javobgar hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |