Tijorat banklarining kredit operatsiyalari Tijorat banklarining depozit operatsiyalari


Download 46.74 Kb.
bet1/8
Sana04.01.2023
Hajmi46.74 Kb.
#1077987
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
yakuniy 2022




  1. Tijorat banklarining kredit operatsiyalari

  2. Tijorat banklarining depozit operatsiyalari

  3. Tijorat banklarining qimmatli qog‘ozlar bilan bog‘liq operatsiyalari

  4. Nobank kredit tashkilotlarining resurs bazasini shakllanishi

  5. Mikrokredit tashkilotlan

  6. Lombardlar faoliyati

47. Bank inqirozining mohiyati
48.Bank inqirozini yuzaga keltiruvchi omillar

  1. Bank inqirozini oldini olish yuzasidan tartibga soluvchi organ tomonidan amalga oshiriladigan chora-tadbirlar

  2. Pulning xalqaro miqyosdagi xarakati

51. Valyuta munosabatlarini yuzaga kelishining sabablari

  1. Valyutalarning turlari

  2. Qattiq valyuta

  3. Yumshoq valyuta

55. Valyuta kursi

  1. Xalqaro valyuta tizimi

  2. Xalqaro moliya institutlari, ulaming maqsadi va vazifalari

  3. Xalqaro valyuta fondining tashkil topish sabablari

  4. Jahon bankining tashkil topish sabablari va maqsadlari

  5. Xalqaro taraqqiyot va tiklanish banki ’

Javoblar
41.Tijorat banklarining kredit operatsiyalari
Tijorat banklar tomonidan kredit berish yanada kengiyib bormoqda. Ular davr taraqqiyoti bilan shahdam qadam tashlash maqsadida hamda raqobat kurashiga bardosh bera olishda o‘z hizmat turlarini ko‘paytirishlari va rivojlantirishlari shart. Bu o‘z navbatida tijorat banklari xususiy kapitalining milliy va halqaro standartlar darajasiga yaqinlashtirish bo‘yicha ilmiy hamda amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan tadqiqotlar olib borilishini taqazo etmoqda. . Shuningdek, kredit operatsiyalarini amalga oshirishda muammoli kreditlarning yuzaga kelishi, ularning buxgalteriya hisobini xalqaro standartlari talablari asosida tartibga solishni zaruriyat qilib qo‘ymoqda. Markaziy bank esa kreditlash bo‘yicha umumiy ko‘rsatmalar beradi. Shu o‘rinda kredit liniyalari haqida to‘xtalib o‘tsak. Xorijiy bank amaliyotida kreditlashning ikki usuli ma’lum. Birinchi usulning ahamiyati har bir ssuda induvidual tartibda ko‘rib chiqilishidadir. Kredit ma’lum maqsaddagi mablag‘ ehtiyojini qondirishga beriladi. Ushbu usul aniq muddatga kredit ajratishda qo‘llaniladi.
Ikkinchi usulda kredit bank tomonidan qarz oluvchiga oldindan belgilab qo‘yilgan kredit limiti bo‘yicha beriladi, bunda qarz oluvchi unga qo‘yilgan to‘lov hujjatini o‘z vaqtida to‘lash majburiyatini oladi.Kreditlashning ushbu shakli kredit liniyasi deb ataladi. Ochilgan kredit liniyasi kredit hisobiga barcha hisob-kitob pul hujjatlarini bank va mijoz o‘ptasidagi shartnomaga asosan to‘lash 1 yilga ochiladi, ammo kredit liniyasi undan qisqa muddatga ham ochilishi mumkin. Kredit liniyasi muddati davomida mijoz bank bilan qo‘shimcha kelishuvni istagan vaqtida kredit olishi mumkin. Kredit operatsiyalarni hisobga olish uchun kredit hisobvaraqlaridan va balansdan tashqari hisobvaraqlaridan foydalaniladi.Bunda bir martalik va kredit liniyasidan foydalanilgan holda kredit operatsiyalari hisobga olinadi.Kredit olish uchun bankda xar bir kredit bo‘yicha alohida kredit hisobvarag‘i ochiladi. Mijoz kredit olish uchun bankga belgilangan tartibda hujjatlar paketini rasmiylashtirilib topshiradi. Kredit komissiyasining qaroriga ko‘ra kredit berish lozim deb topilsa bank va kredit oluvchi o‘rtasida kredit shartnomasi tuziladi. Kredit shartnomasida kreditning nima maqsadda olinishi, muddati, summasi, qaytarilish tartibi ko‘rsatiladi. Tijorat banklarida kreditlarni hisobga olish uchun O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2004 yil 13 avgust 773–17–son bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2004 yil 17 iyuldagi № 578 qarori bilan tasdiqlangan va 17–30–son o‘zgartirish va qo‘shimchalar bilan birga«O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklarida buxgalteriya hisobi hisobvaraqlari rejasi»da keltirilgan hisobvaraqlardan foydalaniladi.
42. Tijorat banklarida depozit siyosatini shakllantirishning amalga oshirilgan
tadqiqotlar natijasiga asoslangan holda ishlab chiqilgan va ilmiy asoslangan
mexanizmini bank faoliyatiga joriy etish quyidagi bosqichlardan iborat bo’lishini
taklif etamiz :Birinchi bosqich. Bank faoliyatini rivojlantirish strategiyasi doirasida deposit operatsiyalarining asosiy shakllari va ko’rsatilishi mo’ljallanayotgan xizmatlar
ko‘lami aniq belgilab berilishi lozim. Bunda e’tiborga molik bo‘lgan xususiyatlar,
fikrimizcha, quyidagilardan tashkil topishi mumkin:
- bank faoliyatini rivojlantirish strategiyasi etarli darajada uzoq muddatga
mo’ljallangan ichki bank me’yoriy hujjati bo‘lib, unda ushbu vaqt oralig‘ida bank
faoliyatini olib borishdan ko‘zlangan maqsad hamda vazifalar miqdor va sifat
ko‘rsatkichlari orqali ifodalanadi. Belgilangan maqsad va vazifalarni amalga oshirish
bank deb nomlanuvchi tizimning barcha elementlari (kredit, depozit, hisob-kitob va
boshqalar) o‘zaro uyg‘unlikda faoliyat olib borishlari talab etiladi. Elementlarning
istalgan birida yuz berishi mumkin bo‘lgan kamchilik bank faoliyatini muvaffaqiyatiga salbiy ta’sir o‘tkazadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 12 maydagi PF-5992-son “2020–2025 yillarga mo‘ljallangan O‘zbekiston Respublikasining bank tizimini isloh qilish strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmonida banklarning depozit operatsiyalarini transformatsiya qilishga doir vazifalar tadqiqot ishining dolzarbligini asoslashga xizmat qiladi.
43.Tijorat banklarining qimmatli qog‘ozlar bilan bog‘liq operatsiyalari
Qimmatli qog‘oz – o‘zi bilan bog‘liq mulkiy huquqlarni aks ettiradigan hujjatdir, u daromad manbai bo‘lib xizmat qiladi, bozorda muomalada yuritilishi va oldi-sotdi vositasi bo‘lishi mumkin. Jahon amaliyotida qimmatli qog‘ozlarning har xil turlari ishlatilmoqda.Qimmatli qog‘ozlar bozori kredit munosabatlari bilan birgalikda, o‘z qiymatiga ega bo‘lgan, sotish, sotib olish va to‘lovini amalga oshirish mumkin bo‘lgan maxsus hujjatlar (qimmatli qog‘ozlar)ga egalik qilish bilan ham bevosita bog‘liq. Qimmatli qog‘ozlar o‘zida mulkchilik huquqini mujassamlashtirgan bozorda erkin aylanadigan, sotib olish-sotish va boshqa bitimlarning ob’ekti bo‘ladigan, doimiy va bir martalik daromad olish manbai bo‘lib xizmat qiladigan, pul kapitalining bir ko‘rinishidagi hujjatdir. Qimmatli qog‘ozlar turli sub’ektlar tomonidan chiqarilishi mumkin. Umumiy holda bu emitentlar 5 guruhga bo‘linadi:
1. hukumat;
2. davlat korxonalari;
3. xususiy sektor;
4. Markaziy bank;
5. chet el sub’ektlari.
Hamma qimmatli qog‘ozlarni davlat, xususiy yoki xalqaro qimmatli qog‘ozlarga ajratish mumkin. Xususiy sektor tomonidan chiqarilayotgan qimmatli qog‘ozlar tarkibiga turli ishlab chiqarish korxonalari, tijorat banklari, investitsion banklar, investitsion fondlar va boshqalarning qimmatli qog‘ozlari alohida o‘rin tutadi. Xalqaro qimmatli qog‘ozlar ularning hisoblanadigan valyuta va emitentlari bo‘yicha bo‘linadi.Qimmatli qog‘ozlar muomalada bo‘lish xududiga ko‘ra regional (mahalliy), milliy va xalqaro qimmatli qog‘ozlarga bo‘linadi.
o‘zbekiston Respublikasi mustaqillikga erishgandan so‘ng 1993 yil 2 sentyabrida Oliy Kengash tomonidan «qimmatli qog‘ozlar va fond birjasi to‘g‘risida»gi qonun qabul qilindi. Ushbu qonun qimmatli qog‘ozlar bozorini tashkil qilish bo‘yicha birinchi va asosiy hujjat bo‘ldi. Keyinchallik bu qonunga 5 marotaba qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritildi (1994 yil 23 sentyabrida, 1995 yil 22 dekabrida, 1999 yil 26 aprelida, 30 avgustida, 27 dekabrida).
Bu qonunga asosan, o‘zbekiston Respublikasi xududida quyidagi turdagi qimmatli qog‘ozlar chiqarilishi va muomalada bo‘lishi mumkin:
1. Aksiyalar;
2. Obligatsiyalar;
3. Xazina majburiyatlari;
4. Depozit sertifikatlari;
5. Veksellar;
6. Qimmatli qog‘ozlar hosilalari, ya’ni opsion va fyucherslar kiradi.
SHu bilan birgalikda, o‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksining 96 moddasiga binoan qimmatli qog‘ozlar jumlasiga quyidagilar kiradi:
1. CHek.
2. Depozit va jamg‘arma sertifikatlari.
3. Bankning taqdim qiluvchiga pul beriladigan jamg‘arma daftarchasi.
4. Konosament.
5. Obligatsiyalar.
6. Veksellar.
Qimmatli qog‘ozlarning bu turlariga qisqacha ta’rif beramiz:
AKSIYA – bu qimmatli qog‘oz bo‘lib:
- xarakat muddati cheklanmagan;
- huquqiy yoki jismoniy shaxs tomonidan Aksionerlik jamiyatiga muayyan hissa qo‘shgan ulushini va mazkur jamiyat mulkidagi ishtirokini guvohlovchi;
- aksiya bo‘yicha divident ko‘rinishida foyda olish huquqini beruvchi aksiyadorning shu jamiyat boshqarish ishiga qatnasha olishini tasdiqlovchi yuridik hujjatdir.OBLIGATSIYA. «Obligo» – lotin tilida «qarz olish» mazmunini bildiradi. Emitentga obligatsiya egasi tomonidan ma’lum bir pul mablag‘ini kiritganligi va unda ko‘rsatilgan muddatda nominal qiymatini hamda qo‘shimcha foiz to‘lab berish majburiyatini guvohlovchi qimmatli qog‘ozdir. Obligatsiya uning egasiga emitentning ishini boshqarishda qatnashish huquqini bermaydi.
44.Nobank kredit tashkilotlarining aktiv va passiv operatsiyalari. Nobank kredit tashkilotlari deganda tor doirada ixtisoslashgan va alohida bank operatsiyalarini amalga oshirish huquqi bo‘lgan kredit tashkiloti tushuniladi. Biroq, nobank kredit tashkilotlari har qanday bank operatsiyasini amalga oshira olmaydi. Masalan: ular tijorat banklari amalga oshiradigan quyidagi muhim operatsiyalarini amalga oshirish huquqiga ega emas: Yuridik va jismoniy shaxslarga hisob –raqam ochish va yuritish Yuridik va jismoniy shaxslarning pul mablag‘larini depozit hisob-raqamlariga jalb etish Mazkur pul mablag‘larini o‘z nomiga joylashtirish Har qanday mamlakatning kredit tizimining asosiy bo‘g‘ini bo‘lib tijorat banklari hisoblanadi. Ammo tijorat banklari harqanday operatsiyani yuksak darajada bajara olmaydi. Shu sababli alohida bank operatsiyalarini bajarishga ixtisoslashgan kredit tashkilotlari paydo bo‘ldi .
Xalqaro amalyotda nobank kredit tashkilotlariga quyidaglar kiradi:
• Kredit uyushmalari. Ular faqat o‘z-o‘zlariga depozit qabul qiladi va o‘z- o‘zlariga
kredit beradi.
• Mikrokredit tashkilotlari. Mikrokredit tashkilotlar aholining iqtisodiy-ijtimoiy jihatdan aktiv ammo kam ta’minlangan qatlamlariga kredit beradi. Ular depozit va omonatlar qabul qilish huquqiga emas.
• Lombardlar oltin va tilla taqinchoqlarni garovga olish yo‘li bilan kredit beradi.
Lizing kompaniyalari
• Faktoring kompaniyalari.
Lizing kompaniyalari bahosi yuqori va muddatli foydalaniladigan tovarlarni to‘la qiymatda sotib olib ularni lizingga beradi.
• Moliyaviy lizing
• Operativ lizing
Faktoring kompaniyalari tovarlar bilan bog‘liq hujjatlarni sotib olish, ularni rasmiylashtirish va buxgalteriya hisobida yuritish bilan shug‘ullanadi. Kliring muassasalari. Kliring palatalari banklar o‘rtasida to‘lov instirumentlari bo‘yicha o‘zaro hisob-kitioblarni amalga oshiradi.
Nobank kredit tashkilotlari faoliyatidagi quyidagi xos xususiyatlariga ega:
1. Nobank kredit tashkilotlari faqat alohida olingan bank operatsiyalarini
amalga oshirdi.
2. Nobank kredit tashkilotlari faoliyati tor doirada ixtisoslashgan bo‘ladi.
Bu ularni raqobatbardoshligini ta’minlash imkoniyatini beradi. Chunki
nobank kredit tashkilotlari bitta sohada sifatli va arzon bitta mahsulot yarata
oladi.
3. Nobank kredit tashkilotlari faoliyati past riskli hisoblanadi.
4. Nobank kredit tashkilotlari faoliyati Markaziy Bank tomonidan Tijorat
banklari faoliyati kabi qattiq nazorat qilinmaydi.nobank kredit tashkilotlarining resurs bazasi quyidagi manbalardan tashkil topadi: a)Ustav kapitali
b)Boshqa tashkilotlarga berilgan moliyaviy yordam
c)O‘zining a’zolaridan jalb qilingan pul mablag‘lari
d)Tijorat banklarining kreditlari
e)Sof foyda
f)Foyda hisobidan shakllantirilgan zaxiralar
g)O‘tgan yillarning taqsimlanmagan goydasi
Nobank kredit tashkilotlarining aktiv operatsiyalari ularning faoliyati yo‘nalishlariga mos ravishda shakllanadi. Masalan: Kredit uyushmalari o‘zlariga a’zo bo;lgaan subektlarni kreditlash maqsadida tashkil etiladi. Shu sababli kredit uyushmalari bitta aktiv operatsiyaga ega. U ham bo‘lsa kredit operatsiyasidir.

Download 46.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling