Toshkent moliya instituti "soliqlar va soliqqa tortish" kafedrasi saidkarimov shuxrat shakirovich
Download 0.83 Mb. Pdf ko'rish
|
jismoniy shaxslardan undiriladigan soliqlarni hisoblash uslubiyatini takomillashtirish
53
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI....................... 58 4
Mavzuning dolzarbligi. O’zbekiston Respublikasi bozor munosabatlarini rivojlantirish jarayonining muhim bosqichidan o’tmoqda. Iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida tadbirkorlik faoliyati va davlatning bilvosita boshqarishga asoslangan holda, raqobatchilik mexanizmiga tayanib chuqur tuzilmaviy islohotlar amalga oshirilmoqda. Hozirgi kunda, soliq siyosatining asosini soliqqa tortish tizimidagi islohotlarni amalga oshirish va soliq siyosatini yanada erkinlashtirish bo’lib, buning asosiy yo’nalishi soliqlarning rag’batlantiruvchi funktsiyasini mavqeini oshirish hamda fiskal funktsiyasini kamaytirishga qaratilgan chora tadbirlar tashkil qilmoqda. Hozirgi kundagi soliq siyosatining ustuvor yo’nalishlaridan biri bo’lgan jismoniy shaxslar zimmasidagi soliq yukini kamaytirish va aholining real daromadlari darajasini oshirish masalasi dolzarbligicha qolmoqda, shunga qaramay ushbu yo’nalishda qator e’tiborga loyiq ishlar amalga oshirilmoqda. Bu borada respublikamiz Prezidenti I.A.Karimovning quyida bildirgan fikrlarini keltirib o’tish joiz: “2012 yilda soliq yukini kamaytirish siyosati davom ettirildi. .... yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun belgilangan soliq stavkasi esa sezilarli tarzda, ya’ni o’rtacha ikki barobar kamaytirilgani buni yaqqol tasdiqlaydi. ... Hech kimga sir emaski, hayot darajasi, birinchi navbatda, aholining daromadlari miqdori bilan belgilanadi. O’tgan 2012 yilda bu ko’rsatkich 17.5 foizga o’sdi, eng kam ish haqi 26.5 foizga oshdi. Umuman olganda, 2000 yil bilan taqqoslaganda, real daromad aholi jon boshiga 8.6 barobar ko’paydi. Hisob- kitoblarga ko’ra, o’rtacha ish haqi iste’mol savatchasi bahosidan 4 barobardan ziyod oshdi 1 ”. Ma’lumki, tadqiqot ishlarini aksariyati yuridik shaxslar to’laydigan soliqlarga bag’ishlangan bo’lib, jismoniy shaxslar to’laydigan soliqlarni alohida chuqur o’rganishga bag’ishlangan ishlar (jismoniy shaxslardan olinadigan
1 “Bosh maqsadimiz – keng ko’lamli islohotlar va modernizatsiya yo’lini qat’iyat bilan davom ettirish”. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning 2012 yilda mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari hamda 2013 yilga mo’ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo’nalishlariga bag’ishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma’ruzasi. //Ma’rifat gazetasi, 19 yanvar 2013 yil, №6
5
daromad solig’iga oid ishlarni hisobga olmaganda) bugunga qadar deyarli amalga oshirilmagan. Xususan, jismoniy shaxslar to’laydigan soliqlar byudjet daromadlari tizimida katta ulush egallamaydi, ammo, soliq tizimida munosib ahamiyatga egadir. Jismoniy shaxslar to’laydigan soliqlarni nazariy jihatdan tadqiq etish, birinchi, ushbu soliqlarni soliq-byudjet tizimidagi rolini oshirishga xizmat qilsa, ikkinchidan, aholining soliqlar xususidagi fikrlarini ijobiy tarzda bo’lishini ta’minlaydi. Shundan kelib chiqib aytish mumkinki, jismoniy shaxslardan undiriladigan soliqlar va ulardan beriladigan imtiyozlarni alohida chuqur tadqiq etadigan ilmiy tadqiqotlarga ehtiyoj mavjud. Yuqoridagilarga tayangan holda, jismoniy shaxslar to’laydigan soliqlar tizimini nazariy jihatdan mushohada etish va ushbu soliqlar mexanizmini chuqur tahlil etish bugungi kunning dolzarb masalalaridan biridir. Bu esa tadqiq etilayotgan mavzuning dolzarbligini belgilaydi.
Download 0.83 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling