Bitiruv malakaviy ishining nazariy va amaliy ahamiyati. Bitiruv
malakaviy ishida asoslangan ilmiy xulosa va amaliy takliflardan jismoniy
shaxslardan undiriladigan soliqlarni hisoblash uslubiyatini takomillashtirishda,
soliq munosabatlarini tartibga solishda, soliqlar bo’yicha me’yoriy hujjatlarni
ishlab chiqishda hamda jismoniy shaxslarni soliqqa tortishga doir ilmiy-tadqiqot
ishlarini yanada chuqurlashtirishda foydalanish mumkin.
Bitiruv malakaviy ishining tarkibi kirish, uchta bob, xulosa hamda
foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iboratdir. Bitiruv malakaviy ishining
kirish qismida mavzuning dolzarbligi, tadqiqot ob’ekti va predmeti, maqsadi va
vazifalari, nazariy va amaliy ahamiyati asoslab berilgan.
Ishning birinchi bobida jismoniy shaxslardan undiriladigan soliqlarni
hisoblash uslubiyatining nazariy asoslari yoritib berilgan.
Bitiruv malakaviy ishining ikkinchi bobida jismoniy shaxslardan
undiriladigan soliqlarni hisoblash uslubiyati Olmazor tuman DSI ma’lumotlari
asosida tahlil qilingan.
Ishning uchinchi bobida jismoniy shaxslardan undiriladigan soliqlarni
hisoblash uslubiyatini takomillashtirish yo’llari yoritilgan.
Xulosa qismida mavzuni tadqiq qilish natijasida chiqarilgan xulosalar
bayon qilinib, taklif va tavsiyalar berib o’tilgan.
7
Do'stlaringiz bilan baham: |