Toshkent moliya instituti "soliqlar va soliqqa tortish" kafedrasi saidkarimov shuxrat shakirovich
Download 0.83 Mb. Pdf ko'rish
|
jismoniy shaxslardan undiriladigan soliqlarni hisoblash uslubiyatini takomillashtirish
- Bu sahifa navigatsiya:
- 11-jadval
Jismoniy shaxslarning jami
daromadi tarkibi Mehnatga haq to’lash tarzidagi daromadlar Mulkiy daromadlar Moddiy naf tarzidagi daromadlar Boshqa daromadlar
22
Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’i
18
Soliq stavkasi eng
kam ish
haqining besh
baravarigacha miqdorda daromad summasining 8 foizi eng kam
ish haqining besh baravaridan (+1 so’m)
o’n baravarigacha miqdorda besh baravar miqdordan soliq + eng kam ish haqi miqdorining besh baravaridan oshadigan summadan 16 foiz eng kam ish haqining o’n baravari (+1 so’m) va undan yuqori miqdorda o’n baravar miqdordan soliq + eng kam ish haqi miqdorining o’n
baravaridan oshadigan summadan 22 foiz
Bunda soliq solinadigan daromadlar guruhlari bo’yicha soliq solish shkalasi yil boshiga - 2013 yil 1 yanvarga belgilangan eng kam ish haqi (79 590 so’m) miqdoridan kelib chiqib aniqlanadi va yil davomida eng kam ish haqi miqdori o’zgarganda qayta ko’rib chiqilmaydi. Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’i summasini hisoblab chiqarish maqsadida eng kam ish haqi miqdori yil boshidan ortib boruvchi yakun bilan (yil boshidan boshlab tegishli davrning har bir oyi uchun eng kam ish haqi summasi) hisobga olinadi. Belgilangan stavkalardan kelib chiqib hisoblangan jismoniy shaxslarning daromadlariga soliq summasi, fuqarolarning shaxsiy jamg’arib boriladigan pensiya hisobvarag’iga o’tkaziladigan, jismoniy shaxslarning daromad solig’i solinadigan daromadlaridan 1 foizi miqdorida hisoblanadigan oylik majburiy badallar summasiga kamaytiriladi. O’zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 31-bobida soliq bo’yicha imtiyozlar ko’zda tutilgan bo’lib, ularni quyidagicha guruhlash mumkin: jismoniy shaxslarning soliq solinmaydigan daromadlari; jismoniy shaxslarni soliq solishdan to’liq ozod qilish;
18 O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 25 dekabrdagi PQ-1887-son qaroridan olindi. 23
jismoniy shaxslar soliq solishdan qisman (daromad olingan har bir oy uchun eng kam ish haqining to’rt baravari miqdoridagi daromadlar bo’yicha) ozod qilish. Buni quyidagi chizmada ham ko’rish mumkin:
3-chizma. Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’i bo’yicha imtiyozlarning guruhlanishi 19
Soliq kodeksining 179-moddasiga muvofiq jismoniy shaxslarning quyidagi daromadlariga soliq solinmaydi: moddiy yordam summalari: tabiiy ofat, boshqa favqulodda holatlar munosabati bilan beriladigan moddiy yordam summalari – to’laligicha; vafot etgan xodimning oila a’zolariga yoki oila a’zosi vafot etganligi munosabati bilan xodimga beriladigan moddiy yordam summalari – eng kam ish haqining yigirma baravarigacha miqdorda; boshqa hollarda – eng kam ish haqining o’n ikki baravarigacha miqdorda; yo’llanmalar qiymatini yuridik shaxslar tomonidan to’liq yoki qisman qoplash summalari, turistik yo’llanmalar bundan mustasno: O’zbekiston Respublikasi fuqarolarining O’zbekiston Respublikasidan tashqariga ishlash uchun yuborilishi munosabati bilan byudjet tashkilotlaridan chet el valyutasida olingan ish haqi summalari va boshqa summalar, qonun hujjatlarida belgilangan summalar doirasida;
19 O’zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining tegishli moddalari asosida ishlab chiqildi. Download 0.83 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling