Toshkent moliya instituti soliqlar va sug’urta fakulteti st-82 guruh tolibi komilov diyorbekning soliq nazariyasi fanidan tayyorlagan mustaqil ishi


Download 1.23 Mb.
bet2/3
Sana09.03.2023
Hajmi1.23 Mb.
#1255740
1   2   3
Bog'liq
Komilov Diyorbek Soliq

Hozirga qadar davlatning funktsiyalarini bajarish uchun lozim bo’lgan moliyaviy mablag’larni shakllantirishning soliqlardan boshqa usuli jahon amaliyotida qo’llanilgan emas. Demak, hukmron kuch sifatida davlat mavjud ekan, moliyalashtirish usuli sifatida soliqlar ham amal qiladi. Ma’lumki, jamiyat iqtisodiy hayoti juda murakkab iqtisodiy hodisalardan iborat. Ana shu murakkablik bevosita soliqlarga ham tegishliki, bu holat soliqlarning iqtisodiy mohiyatini teran anglashni taqozo etadi.

Soliqlar qadimgi davrlardan e’tiboran olingan, ammo u vaqtlarda soliqlar ozod va erkin bo’lmagan kishining belgisi bo’lib xizmat qilgan. Adam Smit (shotland faylasufi va iqtisodchisi, 1723-1790) o’zining «Xalqlar boyligining sabablari va tabiatlari» nomli kitobida (1776) ilk bor soliq tamoyillarini asoslab berdi, soliqlarning ahamiyatini yoritib, ularni davlatga to’lash qullik emas, balki erkinlik alomati ekanligini asoslab berdi.

«Soliqlar, - deb yozadi D. Rikardo, - hokimiyat ixtiyoriga kelib tushadigan er resursi va mamlakat mehnatining bir qismini tashkil etadi va oxir oqibatda ular kapital hisobidan yoki mamlakat daromadi hisobidan to’lanadi». Soliqlar bo’yicha yana bir ta’rif S.G. Pepelyaev tomonidan berilgan: «Soliq - ommaviy hokimiyat sub’ektlarining to’lov qobiliyatini ta’minlash maqsadida jismoniy va yuridik shaxslar mulklarini begonalashtirishning majburiylik, yakka tarzda holisona, qaytarmaslik, davlatning majburlashi bilan ta’minlanganlik asoslarida va jazo yoki kontributsiya xarakteriga ega bo’lmagan qonunda belgilangan yagona shaklidir».

Professor B.G.Boldo’rev boshchiligida yozilgan «Kapitalizm moliyasi» o’quv qo’llanmasida soliqlarga quyidagicha ta’rif berilgan: «Soliqlar — davlat tomonidan undirib olinadigan, jismo­niy va huquqiy shaxslarning majburiy to’lovlari» haqiqatan ham yuqorida keltirilgan ta’riflar eng sodda va keng omma uchun qulay va tushunarli bo’lishi mumkin. Lekin bu ta’riflar o’zida soliqlarning tashkiliy-huquqiy tomonlarini to’laligicha aks ettira olmaydi. Bundan tashqari, ushbu to’lovlar nima maqsadda undirib olinishi hamda qachon undirib olinishi to’g’risida etarli ma’lumotlar bera olmaydi.


Soliqlar davlat byudjeti daromadlarini tashkil etuvchi asosiy manba va iqtisodiyotni boshqaruvchi muhim qurol hisoblanadi. Biroq bu ta’rif soliqlarning mohiyatini to’laligicha yorita olmaydi hamda soliqlarning tashkiliy-huquqiy tomonlarini o’zida aks ettira olmaydi. Bundan tashqari iqtisodiy munosabat sifatida, bu munosabatlar ob’ekti bo’lib nima hisoblanadi? degan savollarga javob bera olmaydi.

Download 1.23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling