Shuni ta’kidlash kerakki, prof. O.Olimjonovning fikriga ko’ra, soliqlar quyidagicha ta’riflansa, soliqlarning mohiyati kengroq yoritiladi va maqsadga muvofiq bo’ladi: «Soliqlar - davlat va jamiyatning pul mablag’lariga bo’lgan ehtiyojini qondirish maqsadida qonun tomonidan belgilab qo’yilgan hajmda va o’rnatilgan muddatda jismoniy va huquqiy shaxslardan davlat ixtiyoriga majburiy ravishda undirib olinadigan to’lovlardir» Bizningcha soliqlarga berilgan mana shu ta’rif eng maqbul ta’rif bo’lib, soliqlarning mohiyati, ularning iqtisodiyotdagi o’rni va rolini, soliqlarning xarakat jarayonini nazariy jihatdan chuqurroq yoritib, soliqlar haqida aniqroq tasavvur hosil qilishga yordam beradi. Soliqlarga olimlar tomonidan berilgan bir qancha ta’riflarni ko’rib chiqdik. Shu o’rinda bu ta’riflar ma’lum ma’noda bir-birini takrorlab, to’ldirib va boyitib kelmoqda. Yuqoridagi ta’riflar soliqlarni to’liq va aniq yoritish, ularning barcha jihatlarini batafsil qamrab olmaydi. Shuning uchun soliq toifasini har tomonlama, kengroq va batafsilroq, uning mohiyati va ahamiyatini, iqtisodiyotni rivojlantirishdagi roli va o’rnini, soliqlarni nazariy jihatlarini aniqroq yorita oladigan ta’rifni keltirish muammosi mavjuddir. .
Soliqlarning ob’ektiv zarurligini bozor iqtisodiyotiga o’tish sharoitida ikki holatda:
Birinchidan, davlatning qator vazifalarini mablag’ bilan ta’minlash zarurligi
Ikkinchidan, bozor iqtisodiyoti qonun-qoidalari bilan ifodalash mumkin
E’TIBORINGIZ UCHUN RAXMAT!
Do'stlaringiz bilan baham: |