Vaqtli qatorlarning mavsumiy komponentini hisobga olgan holdagi malumotlar uchun klassik multiplikatli modeli
Yi = Ti* Si *Ci*Ii (4.2.)
Bu erda : Ti –trend ko’rsatkichi (mohiyati), Si- i- chi davrda
mavsumiy komponentning qiymati, Ci- tsiklli komponentning qiymati, Ii – chi davr uchun tasodifiy komponent qiymati.
Vaqtli bosqichida tahlil qilishning birinchi grafigi tuziladi va ularning vaqtga bo’lgan bog’liqligi aniqlanadi. Dastlab, malumotlarning uzoq vaqtli o’sishi eki pasayishi (yani, trend) mavjudligi yoki yo’qligi, yohud gorizantal chiziq atrofida vaqt qatorlarining tebranishi aniqlanadi. Agar trend mavjud bo’lmasa, malumotlarni silliqlash uchun sirg’anchiqli o’rtacha usulini yoki eksponentli silliqlash usullarini qo’llash mumikin. Bunday sharoitda bu usullar suniy uzoq vaqtli trendlarni vujudga keltiradi. Agar tabiiy (real) trend mavjud bo’lsa, har yilgi malumotlar asosida prognozlashning turli usullarini qo’llash imkoniyati tug’iladi.
24
5.1.Sirg’aluvchi o’rtachalar.
Sirg’aluvchi o’rtacha usuli subektivlikka ega bo’lib, u L davrining uzunligiga bog’liqdir. U o’rtachalar mohiyatini aniqlash uchun tanlangan. Tsiklli tebranishlarni oldini olish uchun davr uzunligi butun son bo’lishi kerak.
Tanlangan davr uchun Sirg’aluvchi o’rtacha (moving averages) - o’rtachalar davomiyligini keltirib chiqaradi. Sirg’aluvchi o’rtacha MA (L) belgisi bilan belgilanadi.
Faraz qilaylik, bizda mavjud bo’lgan malumotlar asosida
5 yillik sirg’aluvchi o’rtachani aniqlaymiz. Yillarning umuimy soni 11 ta, L esa 5 ga teng. Besh yillik sirg’aluvchi o’rtachalar-o’rtachalar davomiyligini keltirib chiqaradi. Bunda ular vaqtli qatorlarning 5 yillik davomiyligi asosida aniqlanadi.
25
Besh yillik sirg’aluvchi o’rtachalardan birinchisi quyidagicha aniqlanadi:
MA (5)=Y1+Y2+Y3+Y4+Y5
Birinchi o’rtacha 5
Bunda 5 had qo’shilib, 5ga bo’linadi, 2-chi o’rtachani aniqlashda 1-chi o’rtachaning 1-chi hadi tushurib qoldiriladi va uning o’rniga navbatdagi 5-chi had qo’shilib, olingan natija yana 5ga bo’linadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |