Amaliy maqsadiga ko’ra iqtisodiy-matematik modellar iqtisodiy jarayonlarning umumiy xususiyatlari va qonuniyatlarini tadqiq qilishda ishlatiladigan nazariy-analitik modellarga va tayinli iqtisodiy masalalarni echishda qo’llaniladigan amaliy modellar (iqtisodiy tahlil, bashoratlash, boshqarish modellari)ga bo’linadi. - Amaliy maqsadiga ko’ra iqtisodiy-matematik modellar iqtisodiy jarayonlarning umumiy xususiyatlari va qonuniyatlarini tadqiq qilishda ishlatiladigan nazariy-analitik modellarga va tayinli iqtisodiy masalalarni echishda qo’llaniladigan amaliy modellar (iqtisodiy tahlil, bashoratlash, boshqarish modellari)ga bo’linadi.
- Tuzilmaviy modellar ob’ektlarning ichki tuzilishi, tarkibiy qismlari, ichki parametrlarini, ular orasidagi o’zaro bog’liqliklarni ifodalaydi. Iqtisodiyot miqyosidagi tadqiqotlarda ko’proq tuzilmaviy modellar qo’llaniladi, chunki quyi tizimlarning o’zaro bog’liqliklari rejalashtirish va boshqarish uchun katta ahamiyatga ega. O’ziga xos tuzilmaviy modellar sifatida tarmoqlararo aloqalar modellarini olish mumkin. Funktsional modellar iqtisodiy boshqarishda keng qo’llaniladi, bunda ob’ektning holati («chiqish»)ga «kirish»ni o’zgartirish yo’li bilan ta’sir ko’rsatiladi. Iste’molchilarning tovar-pul munosabatlari sharoitidagi xatti-harakatlari modeli bunga misol bo’la oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |