Toshkent moliya instituti “sug‘urta va pensiya ishi” kafedrasi tomonidan “sug’urta ishi” fani bo’yicha tayyorlangan taqdimot


Download 7.75 Kb.
Sana21.11.2023
Hajmi7.75 Kb.
#1792999
Bog'liq
2 мавзу

Sug’urtaning nazariy asoslari va iqtisodiy mohiyati

Bajardi: 20.109-guruh talabasi

Zaynobiddinov Zoxidjon

Reja:

Reja:

  • Sug‘urtaning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati.
  • Sug‘urtaning turkumlanishi
  • Sug‘urtaning funksiyalari.

1. Sug‘urtaning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati.

Sug‘urta – mol-mulk, sog‘liq yoki hayot, biznes, va qiymatga ega bo‘lgan boshqa yo‘nalishdagi xatarlarning moliyaviy himoyasidir. Sug‘urta majburiy yoki ixtiyoriy bo‘ladi.

Sug‘urta faoliyatida o‘z mohiyati nuqtai nazaridan, aynan «xizmat» tushunchasi fundamental hisoblanadi. Sug‘urtachi tomonidan taklif etilayotgan «xizmat» o‘zida dastlab moddiylikni aks ettirmaydi, ya’ni u o‘z mijoziga faqat «va’dani sotadi». Shu nuqtai nazardan xalqaro savdoda unga «ko‘rinmaydigan faoliyat» deb ham tasnif beriladi. Sug‘urtalanuvchiga shartnoma tuzilganligini tasdiqlovchi dalil-hujjat sifatida «polis» beriladi xolos. Sug‘urta shartnomasida sug‘urtalanuvchiga sug‘urta voqeasiga ko‘ra, ko‘rishi ehtimol bo‘lgan zararining ekvivalent qiymatidagi pul to‘lovi (ayrim hollarda mol-mulk ko‘rinishida) ta’minlanishi nazarda tutiladi. Shartnomaning bajarilishi unda qayd etilgan ma’lum davr oralig‘ida amalga oshiriladi.


Sug’urtalovchilar uchun ustav kapitalning minimal miqdori. 2020 yil 1 iyuldan


Ixtiyoriy sug’urta turi bo’yicha 15 000
Majburiy sug’urta turi bo’yicha 25 000
Qayta sug’urta turi bo’yicha 35 000

2. Sug‘urtaning turkumlanishi Tarmoklar bo‘yicha sug‘urtalash 4 yunalishda olib boriladi:


mulkiy sug‘urta
yuridik shaxslar mol-mulkini sug‘urtalash;
jismoniy shaxslar mol- mulkini sug‘urtalash.
shaxsiy sug‘urta
xayotni sug‘urtalash, tibbiy sug‘urtalashdan iborat
baxtsiz xodisalardan fuqarolarni ximoyalash
javobgarlik sug‘urta
fuqarolik javobgarligi sug‘urtasi (transport egalari, sanoat va kurilish - montaj korxonalari, tovar ishlab chikaruvchilar va boshkalar);
kasbiy javobgarligini suturtalash (vrach, yurist, xisobchilar va x.k.)
tadbirkorlik sohasida xavf — xatar suturtasi
tadbirkorlik tavakkalchiligini sug‘urtalash
moliya tavakkalchiligini sug‘urtalash

O’zbekiston Respublikasi sug’urta bozorida 40 ta sug’urtalovchi tashkilot mavjud:


10 tasi umumiy sug’urta tarmog’ida
8 tasi hayotni sug’urta qilish tamog’ida
18 tasi majburiy sug’urta qilish tamog’ida
4 tasi qayta sug’urta qilish tamog’ida

3. Sug‘urtaning funksiyalari. Sug‘urta quyidagi funksiyalarni bajaradi: 1.Sug‘urta fondini tashkil etish bilan bog‘liq funksiya. 2.Sug‘urta fondidan foydalanish bilan bog‘liq funksiya. 3.Nazorat funksiyasi. Yuqorida qayd etilgan funksiyalar sug‘urta faoliyatida doimiy hisoblanadi va har qanday sharoitda o‘zgarmasdir. Sug‘urta faoliyatini amalga oshirish uchun, albatta, sug‘urta tashkilotida etarli miqdorda pul mablag‘lari fondi bo‘lishi lozim. Agar, sug‘urtalovchi pul fondini, ya’ni sug‘urta fondini tashkil etmasa, uning moliyaviy ahvoli murakkablashishi mumkin. Tashkil etilgan sug‘urta fondining mablag‘lari qat’iy maqsadli xarakterga ega bo‘lib, u faqat sug‘urta hodisalari ro‘y berganda qoplama berish uchun ishlatiladi. Sug‘urta fondining mablag‘larini boshqa maqsadlarda ishlatish mumkin emas. Sug‘urta fondi mablag‘lari davlat tomonidan olib qo‘yilishi va soliqqa tortilishi mumkin emas.  

Sug’urta atamalari Sug‘urta brokeri. Sug‘urtalovchi va sug‘urtalanuvchi o‘rtasida vositachini vazifasini bajaruvchi yuridik shaxs. O‘zining statusi bo‘yicha broker sug‘urtalanuvchining manfaatlari himoya qiladi, uning vakili bo‘ladi va uning obyektlarini moliyaviy jihatdan barqaror bo‘lgan kompaniyalarda sug‘urtalanishni ta’minlaydi. Shu bilan bir qatorda, ko‘rsatilgan xizmatlar uchun broker, sug‘urtalanuvchidan emas, balki sug‘urtalovchidan tegishli komissiya summasini oladi. Syurveyr. Sug‘urtalovchi yoki sug‘urtalanuvchi iltimosiga binoan sug‘urta obyektini tekshiruvchi, ko‘ruvchi va u haqda xulosa beruvchi ekspert. Hayotni sug‘urta qilish (jismoniy shaxslarning hayoti, sog‘lig‘i, mehnat qobiliyati va pul ta’minoti bilan bog‘liq manfaatlarini sug‘urta qilish, bunda shartnoma bo‘yicha sug‘urtaning eng kam muddati bir yilni tashkil etadi hamda sug‘urta pullarining sug‘urta shartnomasida ko‘rsatib o‘tilgan oshirilgan foizni o‘z ichiga oluvchi bir martalik yoki davriy to‘lovlarini (annuitetlarni) qamrab oladi); Umumiy sug‘urta (shaxsiy, mulkiy sug‘urta, javobgarlikni sug‘urta qilish hamda hayotni sug‘urta qilish sohasiga taalluqli bo‘lmagan boshqa sug‘urta turlari). Sug‘urta tavakkalchiliklari yoki ular guruhlarining va ular bilan bog‘liq majburiyatlarning umumiy xususiyatlariga muvofiq sug‘urta sohalari sug‘urta turlariga (klasslariga) bo‘linadi. Sug‘urta turlari (klasslari) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 27 noyabrdagi 413-sonli «Sug‘urta xizmatlari bozorini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorining 1- ilovasida sug‘urta faoliyatining klassifikatori berilgan bo‘lib, unga muvofiq hayotni sug‘urta qilish sohasi 4 ta klassga va umumiy sug‘urta sohasi 17 ta klassga ajratilgan.


Download 7.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling