Toshkent moliya instuti andijon fakulteti


Download 1 Mb.
bet3/4
Sana18.06.2023
Hajmi1 Mb.
#1557288
1   2   3   4
Bog'liq
Xusanova Robiyaxon

4) moslashtirish vazifasi
6) nazorat qilish vazifasi.
Firma mahsuloti differensial boʻlgani, tovar hajmi maʼlum miqdorda umumiy bozor talabiga taʼsirga ega ekanligi uchun uning talab chizigʻi AR(Average Revenue, oʻrtacha daromad) pastga yotiq yoʻnalgan. Bu yerda AR faqatgina yagona firma tovariga boʻlgan talab, bozor talab chizigʻi bir firma narx siyosati tufayli bunday oʻzgarmaydi.
Firma foydasini maksimallashtirish chekli(marjinal) xarajatlar chekli(marjinal) daromadlarga teng boʻlganda amalga oshishi sababli (MC=MR), Qs hajmda mahsulot ishlab chiqarish foydani maksimallashtiradi.
Muvozanat narx Ps firmaning talab chizigʻi orqali aniqlanadi. Muvozanat narx oʻrtacha xarajatdan katta boʻlgani uchun firma iqtisodiy foyda oladi va bu foyda rasmda shtrixlangan toʻrtburchak orqali tasvirlangan.
Monopolistik raqobatga ega bozorda firma foyda koʻrgan taqdirda oʻz ishlab chiqarish hajmini MC=MR gacha yetkazishni istaydi, shu sababli ishlab chiqariluvchi tovar hajmini oshiradi.
Maʼlumki vaqt oʻtgani sari foyda keltiruvchi boʻlgan tarmoqqa intiluvchi firmalar koʻpayadi. Aynan shu sababli qishloq xoʻjaligida faoliyat yurituvchi fermer xoʻjaligi birinchi yil shartli 600 mln. soʻm foyda olgan boʻlsa, bundan xabar topgan tarmoqdan tashqaridagi firmalarning(ular odatda barcha kerakli ishlab chiqarish resurslariga ega boʻlishadi) haddan ziyod taklif etilgan tovarlari oqibatida tarmoqdagi firmalar endi kamroq foyda koʻrishadi yoki foyda koʻrishmaydi yoki zarar koʻrishadi.
Shu sababli bozorga kirgan qoʻshimcha oʻrinbosar tovarga ega ishlab chiqaruvchilar yoki bozor talabidan ulush olish uchun qoʻshilgan firmalar avval bozorda faoliyat yuritgan firmalarning talab chizigʻidagi mijozlarni oʻzlashtirishadi.
Monopolistik sharoitida faoliyat yurituvchi firmalar samarasiz faoliyat yuritishadi, chunki odatda narx siyosatini nazorat qilishga sarflanadigan xarajatlar aynan shu nazorat qilishdan keladigan daromaddan koʻproq hisoblanadi.

Download 1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling