Toshkent moliya instuti andijon fakulteti


Bundan tashqari monopolistik hokimiyatga ega firma ishlab chiqarishini chekli xarajat chekli daromadga teng boʻlganda toʻxtatadi


Download 1 Mb.
bet4/4
Sana18.06.2023
Hajmi1 Mb.
#1557288
1   2   3   4
Bog'liq
Xusanova Robiyaxon

Bundan tashqari monopolistik hokimiyatga ega firma ishlab chiqarishini chekli xarajat chekli daromadga teng boʻlganda toʻxtatadi.
Vaholanki, bunda oʻrtacha umumiy xarajatlar hali minimal nuqtaga yetmagan boʻladi. Mukammal raqobatdan farqli ravishda monopolistik raqobat sharoitida ishlab chiqaruvchi foyda olsada, jamiyat farovonligi bu holatda kamayadi. Bundan tashqari differensial tovarlar isteʼmolchi ehtiyojini yaxshiroq qondirgani uchun jamiyat uchun manfaatli mukammal raqobatdan koʻra monopolistik raqobat afzal koʻriladi.
. Ikki holatda ham firma yoki koʻproq tovar sotadi, yoki narxni oʻzi uchun foydali darajagacha oshiradi, yoki ikkala holat ham amalga oshib baribir firma foydasi oshadi. Bu firmaga oʻz savdo belgisini yaratishga imkoniyat beradi. Reklama isteʼmolchilarga ratsional omillarga tayanib emas, balki faqatgina uni nomi sababli koʻproq xarajat qilishga undaydi.
Reklama himoyachilari esa savdo belgisi isteʼmolchilarga ishonchlilik belgisi hisoblanishi va kerakli tovarni topishga boʻlgan axborot xarajatlarini kamaytirishini aytishadi. Lekin, bu holat murakkabroq. Monopolistik raqobatga ega bozorda aniq axborotga ega boʻlish va uni qayta ishlashning oʻz xarajatlari mavjuddir.
. Monopol bozorda faqatgina 1 firma mavjudligi sababli axborot xarajatlari past. Mukammal raqobatda juda koʻp firmalar boʻlsa-da, tovarlar bir xilligi sababli bu holatda ham axborot xarajatlari nisbatan past. Ammo monopolistik bozorda firmalar koʻpligi va tovarlar bir-biridan farq qilishi sababli ratsional isteʼmolchi juda koʻp sonli brendlarni oʻrganishi kerak.

Koʻpgina hollarda eng yaxshi brendni topishga ketgan xarajatlar ana shu eng yaxshi brenddan olingan foydaga qaraganda koʻproq boʻladi.


Oqibatda isteʼmolchi zarar koʻradi.
Isteʼmolchilar reklama orqali nafaqat reklama qilinayotgan brendni baholash uchun, balki boshqa isteʼmolchilar eʼtibor bermagan boshqa shunday brendlar borligini aniqlashga urinishadi.
Download 1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling