Toshkent Moliya Intituti Bank ishi fakulteti


Download 19.55 Kb.
Sana19.10.2020
Hajmi19.55 Kb.
#134511
Bog'liq
Monetar siyosat 8 variant


Toshkent Moliya Intituti

Bank ishi fakulteti

BI-71-guruh talabasi

Davranova Gulhayo

Variant-8.




  1. Tijorat banklari tomonidan naqd pul mablag’larining bank muassalariga kirim chiqim va aylanmasi bo’yicha qanday hisobotlar tuziladi

  2. Rejali iqtisodiyot davrida pul muomalasi qanday tashkil etilgan.

  3. Kassa aylanishlari prognozi o’z ichiga nimalarni oladi.

Javoblar:





  1. Tijorat banklari tomonidan naqd pul mablag’larining bank muassalariga kirim chiqim va aylanmasi bo’yicha qanday hisobotlar tuziladi?



Javob: Naqd pullik hisob-kitob operatsiyalari bankning kassa operatsiyalari bo‘lib, ularga kassa bo'limi xodimlari tomonidan xizmat ko'rsatiladi. Ular asosan, bank kassasiga mijozlardan, inkassatorlardan, bank xodimlari va jismoniy shaxslardan qabul qilingan hamda ularga ish haqi va unga tenglashtirilgan boshqa barcha to'Iovlami hisob-kitob cheklari bo'yicha naqd pul shaklida bankning operatsion kassasidan beriladi. Bu operatsiyalar Markaziybank tomonida ishlab chiqilgan me'yoriy hujjatlar bilan tartibga solib turiladi.

Kassa hujjatlari bank uchun, shuningdek, hisob-kitoblarda ishtirok etuvchi tomonlarga kerak bo‘lgan nusxalar sonida texnik vositalardan foydalanilgan va tijorat bankining hisob-kitob cheklari esa qo‘lda yozilgan holda to'ldiriladi. Kassa hujjatlarini bo‘yash, chizish va tuzatishga yo‘l qo‘yilmaydi.

Naqd qo'yilmalarga e'lon kassirda qoladi va amaliyot kuni oxirida boshqa hujjatlar va qimmatiiklar bilan birga bosh kassirga beriladi.

Kassa jurnallari dasturiy yo’l bilan alohida kassa kirimi va chiqimi bo’yicha ikki nusxada tuziladi. Balans hisobvarag’i va butun jurnal bo’yicha yakunlar chiqariladi. Yakunlar kassa ma’lumotlari bilan taqqoslangandan so’ng birinchi nusxalar Yordamchi kitob ma’lumotlarini Bosh daftar ma‟lumotlari bilan taqqoslash, shuningdek, kirim va chiqim hujjatlarini taqqoslash uchun ishlatiladi. Operatsion kun tugagandan so’ng, ular yig’majildga, ya’ni alohida papkaga tikilib, har kuni hujjatlarni arxivga topshirishga tayyorlovchi xodimga taqdim etiladi.


2.Rejali iqtisodiyot davrida pul muomalasi qanday tashkil etilgan.

Javob: Sobiq Ittifoqining rejali iqtisodiyot davrida pul muomalasini boshqarish ham maxsus rejalarga asoslangan holda amalga oshirilgan. U davrda, ma’lumki, iqtisodiyot mulkchilik shaklinig yagonaligiga ya’ni davlat mulkining (shaxsiy mulkdan tashqari) hukmronligiga asoslangan.



Pul muomalasi tushunchasi tor ma’noda faqat naqd pul oborotini anglatgan. Shuning uchun ham pul muomalasini muvofiqlashtirish faqat naqd pul oborotini boshqarish ,uni rejalashtirish va ushbu rejaning barcha bo’g’inlarda bajarilishini nazorat qilish bilan chegaralangan.

Pul mexanizmi:



Kredit mexanizmi:

  • Akkumulyatsiya mexanizmi

  • Kredit berish mexanizmi

  • Iqtisodiy ta’sir mexanizmi

Rejali iqtisodiyot davrida davlat banki bo’limlari tomonidan o’z mijozlarining ish haqi fondidan foydalanishi har kvartalda bir marta tekshirilib borilgan. Chunki barcha korxona va tashkilotlar davlat mulki,ularga ish haqi fondi davlat tomonidan tasdiqlangan va uning ishlatilishi davlat organi – davlat banki tomonidan nazorat qilib borilgan. Maqsad, ish haqi fondidan foydalanish bilan ishlab chiqarish va xizmatlar ko’lami o’rtasidagi mutanosiblikni ushlab turishdan iborat bo’lgan ya’ni ish haqining o’sish darajasi past bo’lishiga erishilgan.



Sobiq ittifoq davrida markazlashgan rejali iqtisodiyot sharoitida kreditlashning «qaytarilmagan ssuda» deb ataladigan norasmiy tushunchasi bor edi. Kreditlashning bu shakli xalq xo‘jaligining ko‘p tarmoqlarida ayniqsa qishloq xo‘jaligi sohasida keng tarqalgan edi. Kredit davlat banki tomonidan qarz oluvchining moliyaviy ahvolini hisobga olmagan holda berilar edi.


3. Kassa aylanishlari prognozi o’z ichiga nimalarni oladi.

Javob: O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki, uning xududiy bosh boshqarmalari va banklar tegishli xududlar bo’yicha kassa aylanmasini prognoz qilish, naqd pul muomalasi holati va pul kredit munosabatlari tahlilini amalga oshiradi.

Kassa aylanishlari prognozi barcha naqd pullarning bank kassalariga kelib tushish manbalari va xajmini, korxonalar va tashkilotlar, muassasa va alohida shaxslarga beriladigan barcha naqd pullarning miqdori va ularning qanday maqsadga yunaltirilganligini, hamda emissiya natijasi, yani pulni muomalaga chiqarish yoki muomaladan olish holatini o’zida aks ettiradi.

Bu jarayonda barcha tijorat banklarning kassa aylanishini prognozlashtirish bo’yicha amalga oshiriladigan faoliyatining asosiy vazifasi – tuziladigan hisob-kitoblarning imkon qadar xaqqoniyligiga erishish va banklarga pulning kelib tushish salmog’i va tezligini kupaytirish, emissiya bilan bog’liq bo’lgan harajatlar salmog’ini qisqartirish bo’yicha chora-tadbirlar ishlab chiqishdan iboratdir.

Kassa aylanishi prognozi natijasida harajatlarining tushumdan oshib ketishi muomalaga qo’shimcha pul chiqarish zarurligini, aks holda muomaladan pullarni olish kerakligini ko’rsatadi. Aholining pul daromadlari va harajatlari balansi va kassa aylanishi prognozi, pul muomalasini muvofiqlashtiruvchi asosiy ko’rsatkichlardan hisoblanadi.
Download 19.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling