Toshkent Pediatriya Tibbiyot Instituti 1P 112-guruh talabasi Abdirahmonova Feruzaning tibbiyot tarixi fanidan mustaqil ishi


Download 1.46 Mb.
Sana08.01.2022
Hajmi1.46 Mb.
#243298
Bog'liq
Feruza

Toshkent Pediatriya Tibbiyot Instituti 1P 112-guruh talabasi Abdirahmonova Feruzaning tibbiyot tarixi fanidan mustaqil ishi

Mavzu

Qadimgi Sharq mamlakatlari tibbiyot buyuk namoyondalarining hayoti va ijodi. Qadimgi Misr tibbiyoti

.

  • Qadimgi sharq insoniyat jamiyati taraqqiyotining beshigi hisoblanadi. Ilm fanning hamma sohalari shu jumladan tibbiyot ham dastlab sharq mamlakatlaridan kelib chiqqan. Buni arxeolog qazilmalar vaqtida topilgan ashyoviy dalillar, qadimgi qo`l yozmalar isbotlaydi. Masalan Afrika va Osiyo qit`alarida olib borilgan qazilmalar chog`ida qadim zamonlarda yashagan odamlar qanday kasalliklar bilan og`riganlar va qanday usullar bilan davolanganliklarini ko`rsatuvchi juda ko`p ashyoviy dalillar topilgan.
  • Qadimgi Misr tibbiyoti. Qadimgi Misr madaniy hayot ilm fanning rivojlanishi jihatidan boshqa sharq mamlakatlariga nisbatan yetakchi o`rinni egallaydi. Misr tibbiyot sohasida eng qadimgi tarixga ega. Tarixiy ma`lumotlarga ko`ra Misrda eramizdan oldingi IV ming yillikdayoq birinchi tibbiy maskalar bo`lgan. Xususan eramizdan oldingi 3600 yilda Fili orolidagi Memfis shahrida afsonaviy tabib Imxoteb sharafiga maxsus ibodatxona barpo etilgan.

.

.

  • Bu yerda kohinlar bemorlarni parvarish qilish va davolash bilan shug`ullanganlar. Heliopolis va Sais shaharlarida tabiblar tayyorlaydigan maxsus maktablar bo`lgan. Qadimgi misr tibbiyoti papirus, deb ataluvchi qo`lyozma manbalara bayon etilgan. Shulardan bizga Georg Eberis, Edvin Smit, Brugsha ismli olimlar nomi bilan ataluvchi papiruslar ham ma`lum. Papiruslar orasida eng diqqatga sazovvori Elbers papirusi. U eramizdan oldingi 1500 yilda yozilgan deb taxmin qilinadi.

.

.

  • Qadimgi Misrliklar kasallikning sabablari haqida ibtidoiy jamoa davridagi tushunchaga uxshash fikrda bo`lganlar. Misr tabiblari kasalliklarni paydo qiluvchi qanaydir johil kuchlar borligiga ishonganlar. Shuning uchun har qanday kasallikni davolashda birinchi galda har xil afsungarlik usullaridan foydalanishgan. Masalan shu johil kuchni tanadan chiqarib yuborishga harakt qilishgan. So`ng usha johl kuch tanada qoldirgan kasallik alomatini dori berib yuqotish yo`lini qilganlar. Bu dorilar asosan simptomatik harakterga ega bo`ladi. Har bir Misr tabibi afsungarlik usulini bilishi shart edi.

.

.

  • Qadimgi Misrliklarning tibbiyotga oid kitoblaridan bizga eng malumi Gearg Ebers papirusidir. Bu kitobda usha vaqtda malum bo`lgan kasalliklar va ularning davolash usullari bayon etilgan. Xususan kishi tanasining har bir a’zosida uchraydigan kasalliklar va shu kasalliklarda qo`llaniladigan dorilar ko`rsatilgan. Misr amaliy tibbiyotida jarrohiyaga ham alohida o`rin berilgan. Xususan har bir a’zoning jarohatlanishi uning belgilari va davolash usullari ko`rsatilgan. Shu yerda xatna qilish usuli haqida ham so`z yuritiladi.

.

  • Misr hakimlaridan ikkitasi: Erazisrat va Herofil ayniqsa katta shuhrat qozondilar. Erazisrat tibbiyot ilmini dastlab odam anatomiyasini o`rganishdan boshlagan. Va shu sohada muhim kashfiyotlar qilgan. U birinchi bo`lib bosh miyya yumshoq va qattiq pardalar bilan qoplanganligini, miyya egri bugri chuqurchalardan iboratligini, miyya ichida suyuqlik saqlovchi qorinchalar mavjudligini bilgan. U miyyada harakatlantiruvchi va sezuvchi asab tomirlari borligini aniqlab bergan. Misr tibbiyoti jahon tibbiyotining rivojlanishiga katta hissa qo`shgan.

.

E’tiboringiz uchun rahmat 

.


Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling