Toshkent Respublika Fond Brijasi faoliyati listing talablari


Download 6.46 Kb.
Sana08.06.2023
Hajmi6.46 Kb.
#1465786
Bog'liq
Бобокулов

“Toshkent” Respublika Fond Birjasi faoliyati listing talablari

Reja

1.Toshkent Respublika fond birjasinig tashkil topishi.

2. Toshkent RFB faoliyati.

3. Toshkent RFB ning tashabbuslari.

4. Toshkent RFB xalqaro aloqalari.


"Toshkent" Respublika Fond Birjasi 1994-yil 8 aprelda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining „Iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish, hususiy mulkni himoya qilish va tadbirkorlikni rivojlantirish choralari toʻgʻrisida“gi 19994-yil 21-yanvardagi 745 Farmoniga va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 26-yanvardagi 36-qaroriga muvofiq tashkil qilingan.

"Toshkent" Respublika Fond Birjasi 1994-yil 8 aprelda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining „Iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish, hususiy mulkni himoya qilish va tadbirkorlikni rivojlantirish choralari toʻgʻrisida“gi 1994-yil 21-yanvardagi 745 Farmoniga va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 26-yanvardagi 36-qaroriga muvofiq tashkil qilingan.


Fond birjasi qimmatli qogʻozlar savdosini amalga oshirishning eng rivojlangan shaklidir. Eslatib oʻtish joizki, Fond birjasi qimmatli qogʻozlar savdosi amalga oshiriladigan va qimmatli qogʻozlar bozorining professional ishtirokchilari tomonidan oldi-sotdi savdolari amalga oshiriladigan oʻziga hos tashkillashtirilgan bozordir. Fond birjasi birinchi navbatda, qimmatli qogʻozlar bozorining tashkilotchisi sifatida samarali savdolarni oʻtkazish borasida zarur boʻlgan barcha sharoitlarni vujudga keltirish bilan shuhillanadi. Nozirda amal qilayotgan ochiq birja savdolari ishtirokchilarning aynan qatnashuvini talab qilgani holda, garchi ishtirokchilar komp’yuter yordamida oʻzlarining ish joylarida, idorada boʻlganlari holda savdolarda qatnashish imkoniyatiga ega boʻlishlariga qaramasdan, ular uchun joriy etilgan savdoni boshqarishda belgilangan qoidalarga barcha ishtirokchilar tomonidan amal qilinishi majburiy tartib hisoblanadi.

"Toshkent" Respublika Fond birjasi -hozirgi kunda respublikaning barcha viloyatlardagi filial va 84 brokerlik idoralarini oʻzida mujassam qilgan tashkilotdir. Birja hozirda oʻz mijozlarining har qanday ish joyidan savdolarda qatnashuvini taʼminlash imkoniyatiga ega boʻlgan eng zamonaviy jihoz-uskunalar va komp’yuter programmasiga ega tashkilot

Fond birjasi potensial investorlarni, qimmatli qogʻozlar bozori ishtirokchilarini toʻla ravishda ahborot bilan taʼminlash maqsadida, Internet tizimida (www.uzse.uz) adresi bilan WEB — saytni ishga tushirdi. Ushbu WEB -sayt oʻzbek, rus va ingliz tillarida Oʻzbekiston Respublikasining tashkillashgan fond bozori haqida toʻlaqonli ahborotni oʻzida mujassamlashtirgan. Birja saytida har kuni birlamchi va ikkilamchi bozorda savdoga koʻyilgan korhonalarning eng yangi listinglari bilan tanishish va olish mumkin, shuningdek, obligasiyalar kotirovkalarining jarayoni bilan tanishish, Oʻzbekistonning har qaysi aksiyadorlik jamiyatlarining timsoli, nomi, depo kodi haqida maʼlumotlar topishingiz mumkin. Bulardan tashqari, saytda TASIX (TASHKENT AGGREGATE STOCK EXCHANGE INDEX) fond bozorining kundalik oʻsishi, yoki kamayishi haqidagi maʼlumot, Oʻzbekiston boʻyicha soʻnggi iqtisodiy yangiliklar, asosiy valyutalarning kurslari yoritib boriladi. Saytda qonunchilikka doir, brokerlar haqidagi, savdolarga doir va boshqa maʼlumotlar oʻrin olgan.

`„WEB-sayt“ning „Ahborot-tahlil tizimi“ni tashkil etishning keng qamrovli dasturining mohiyati shundan iboratki, Birja internet orqali har bir emitentning moliyaviy-iqtisodiy ahvoli va bozorning holati haqidagi umumiy tasavvurni hosil qiladi. „WEB-sayt“ning „Ahborot-tahlil tizimi“ga esa, moliyaviy-iqtisodiy ahvol, bozorning faollik darajasi, moliyaviy barqarorlik, emitentning toʻlovni amalga oshirish imkoniyati, foyda koʻrib ishlash qobiliyati, ishdagi faolligi, shu bilan birga, barcha viloyatlardagi emitentlar haqida, ularning faoliyat koʻrsatish sohalari haqidagi statistik maʼlumotlar va boshqa maʼlumotlar kiritilgan.

Birjalarning yahlit halqaro savdo tizimi negizida birlashuvi ular faoliyatining ustivor yoʻnalishiga aylanib bormoqda. „Toshkent“ Respublika fond birjasi ham korporativ qimmatli qogʻozlar jahon bozori integrasiyasi yoʻlidan bormoqda. 19959-yilda Birja (FEAS) Evroosiyo fond birjalari Federatsiyasiga aʼzo boʻldi. 1999-yilning iyun oyida Istambul fond birjasi bilan, sentyabr oyida Frankfurt fond birjasi bilan hamkorlik va ahborot almashish haqida bitimlar imzolandi. Shuningdek, rivojlanib borayotgan bir qator birjalar bilan oʻzaro aloqalar va ahborot almashuvi yoʻlga qoʻyildi. 2001 yilning sentyabr oyida Respublika fond birjasi MDH mamlakatlari birjalarining halqaro assotsiasiyasiga aʼzo boʻlib, „Toshkent“ RFB Kuzatuv Kengashining raisi A.A.Kayrlapov mazkur assotsiasiyaning Kengashiga aʼzo etib saylandi. Respublika yuqori tashkilotlari bilan birgalikda mamlakatimiz emitentlari aksiyalarining London fond birjasi listingidan joy olishi masalasi hal qilinmoqda, bir necha chet el birjalari bilan mustahkam aloqalarni yoʻlga qoʻyish rejalashtirilmoqda.


Download 6.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling