Toshkent shahar pedagoglarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti


Download 88.5 Kb.
bet1/3
Sana17.12.2022
Hajmi88.5 Kb.
#1025888
  1   2   3
Bog'liq
inform14


TOSHKENT SHAHAR PEDAGOGLARNI QAYTA TAYYORLASH VA MALAKASINI OSHIRISH INSTITUTI

8 - Sinf (Haftasiga 1 soatdan, jami 34 soat).




I. Axborot.
1. Kirish(2 soat).
Mazmun: Informatika fani nimani o‘rganadi? Axborot tushunchasi. Axborotning xususiyatlari va ko‘rinishlari. Axborotlarni olish, uzatish, saqlash, to‘plash va qayta ishlash jarayonlari haqida. Tabiat va jamiyatda axborot jarayonlarining kechishi va ahamiyati. Informatika va hisoblash texnikasining jamiyatimiz taraqqiyotidagi ro’li.
Maqsad: O‘quvchilarni informatika fani va axborotni qayta ishlash texnologiyasining mazmuni va ahamiyati bilan tanishtirish.
O‘quvchilarning bilim va ko‘nikmalariga talablar: O‘quvchilar informatika fanining vazifalari, axborotlarning turlari va xususiyatlari, axborot bilan bajariladigan jarayonlar haqida batafsil tasavvurga ega bulishlari lozim.
Tabiat va jamiyatda axborotga oid jarayonlar, axborot xususiyatlari va ko‘rinishlarini ifodalovchi misollar keltira bilishlari darkor.


2. Axborotlarni raqamlar ko‘magida tasvirlash (7 soat).

Mazmun: Sanoq sistemalari. Ikkilik va o‘n oltilik sanoq sistemalari. Ikkilik sanoq sistemasida amallar bajarish. Sonlarni bir sanoq sistemasidan boshqasiga o‘tkazish.. Axborotlarni raqamlar orqali ifodalash. Axborotning miqdori.


Maqsad: O’quvchilarni sanoq sistemalari va ularning vazifalari bilan tanishtirish hamda axborotlarni raqamlar ko‘magida ifodalash bilan tanishtirish.


O‘quvchilarning bilim va ko‘nikmalariga talablar: Ўkuvchilar pozitsion va nopozitsion sanoq sistemalari, sonlarni sanoq sistemalarida ifodalashning prinsiplari, axborotlarni raqamlar orqali ifodalash va o‘lchov birliklari haqida tasavvurga ega bo‘lishlari lozim. Ikkilik sonlar ustida arifmetik amallar bajara olishlari, berilgan sonni istagan sanoq
sistemasidan boshqasiga o‘tkaza bilishlari, axborotning turli o‘lchov birliklarida ifodalashni uddalay olishlari kerak.

Download 88.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling