Toshkent shahar pedagoglarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti


Download 88.5 Kb.
bet2/3
Sana17.12.2022
Hajmi88.5 Kb.
#1025888
1   2   3
Bog'liq
inform14

II. Kompyuter.
3. Zamonaviy kompyuterlar(2 soat).
Mazmun: Zamonaviy kompyuterlarning turlari. Kompyuterning asosiy qurilmalari, ularning vazifalari va kompyuterning ish jarayonidagi o‘zaro aloqalari. Axborotni kompyuterda tasvirlanishi. Kompyuterning texnik xarakteristikalari: tezligi, tezkor va diskli xotira sig‘imi, axborotni qabul kilish va uzatish tezligi, monitorning turi va imkoniyatlari.
Maqsad: O’quvchilarni zamonaviy kompyuterlarning tuzilishi va imkoniyatlari bilan tanishtirish.
O‘quvchilarning bilim va ko‘nikmalariga talablar: Zamonaviy kompyuterlarning tuzilishi, asosiy qurilmalari va o‘zaro aloqalari, texnik xarakteristikalari haqida tasavvurga ega bo‘lishlari lozim.
Kompyuterning har bir qurilmasining o‘rnini, ulanish yo‘llarini ko‘rsata bilishlari va ulardan to‘g‘ri foydalanishni bilishlari, kompyuterning qo‘llanish sohalariga oid misollar keltira olishlari, berilgan axborotni kompyuterga alokador qurilmada saqlash uchun qancha joy zarur bo‘lishini hisoblay bilishlari, kompyuterning imkoniyatlarini belgilay olishlari kerak.


III. Axborot texnologiyalari.
4. Operatsion sistemalar( 10 soat).
Mazmun: Operatsion sistemalarning vazifalari. Operatsion sistemaning asosiy buyruqlari. Fayllar. Kataloglar. Fayllar ustida amallar bajarish. Operatsion sistemaning dastur qobiqlari(Norton Commander, Windows). Foydalanuvchi interfeysi. Grafik interfeyslar.
Maqsad: O’uvchilarga kompyuterning dastur ta’minoti ishi bilan tanishtirish.
O‘quvchilarning bilim va ko‘nikmalariga talablar: O‘quvchilar operatsion sistemaning vazifalari, fayllar va ular ustida bajariladigan amallar, dastur qobiqlarning ishlashi haqida tasavvurga ega bo‘lish.
Kompyuterga operatsion sistemani yuklash, disketlar bilan bog‘lik vazifalarni va fayllar ustida asosiy amallarni bajara olish, operatsion sistema ko‘magida bajariladigan asosiy vazifalarni bajarish.
5. Matnlarni qayta ishlash texnologiyasi(13 soat).

Mazmun: Matn muharriri(protsessorining) vazifalari. Matn ko‘rinishidagi axborotlarni qayta ishlash texnologiyalari. Hujjatlarning asosiy parametrlari. Hujjatlarni vujudga keltirish. Hujjatlarni tahrirlash. Hujjatlarda rasmlar va jadvallar bilan ishlash. Hujjatlarda diagramma va grafiklarni joylashtirish. Maxsus imkoniyatlardan foydalanish.


Maqsad: O‘quvchilarni matnlarni qayta ishlash texnologiyasi bilan tanishtirish.
O‘quvchilarning bilim va ko‘nikmalariga talablar: O’uvchilar aniq dastur vositalari misolida matnlarni qayta ishlash jarayoni haqida to‘liq tasavvurga ega bo‘lishlari darkor. Matn muxarriri(protsessori)dan foydalana olish, hujjatlarni vujudga keltira olishlari, matnni terish, tahrirlash va bosib chiqarish, tayyor matnli faylni yozib qo‘yish yoki o‘qib olishni, matn ichiga zarur ob’yektlarni joylashtirishni uddalashlari zarur.

Download 88.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling