Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan 2019-yil 9-sentabrda Mirzo Ulug‘bek tuman hokimi nomiga Mirzo Ulug‘bek tuman hokimining 2018-yil 27-avgustdagi 484-sonli qarorini bekor qilish haqida protest kiritilgan


Download 21.81 Kb.
Sana19.11.2023
Hajmi21.81 Kb.
#1786404
Bog'liq
birovdiki


Kazus 1

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 27-iyundagi “Yoshlar – kelajagimiz” davlat dasturi to‘g‘risida”gi PF-5466-sonli Farmoni 3-bandi, “a” kichik bandi ijrosi yuzasidan Mirzo Ulug‘bek tuman hokimining 2018- yil 27-avgustdagi 484-sonli qarori bilan yosh tadbirkor fuqaro D.D. Abduraxmanovga Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumani Yalong‘och mavzesi Oliy himmat ko‘chasi, 7-sonli oilaviy poliklinikasi yonida gektarga teng bo‘lgan bo‘sh yer maydonida “Yosh tadbirkorlar” kovorking-markazi binosini qurish uchun yer ajratilgan.


Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan 2019-yil 9-sentabrda Mirzo Ulug‘bek tuman hokimi nomiga Mirzo Ulug‘bek tuman hokimining 2018-yil 27-avgustdagi 484-sonli qarorini bekor qilish haqida protest kiritilgan.


Protestda Shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga ko‘ra, mavjud mavzelarning ko‘p xonadonli binolari oralig‘ida, maxsus bino va inshootlardan (sport maydonlari, bolalar o‘yin maydonchalari, kiyim-kechak quritish maydonchalari, avtomobillarning vaqtincha to‘xtash joylari) tashqari, har qanday boshqa maqsadli obyektlarni joylashtirishga yo‘l qo‘yilmasligi belgilangani, ushbu maydonga yaqin masofada ko‘p qavatli 128-uy mavjudligi, Toshkent shahar qurilish bosh boshqarmasining 31-561/A-sonli xulosasida “Yon atrofdagi binolar bilan oraliq masofani saqlab qolish sharti bilan loyiha ishlarini davom ettirish uchun kelishilgan”i qayd qilingani, biroq “ToshkentboshplanLITI” DUK, Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi va Mirzo Ulug‘bek tuman qurilish bo‘limi mutaxassislari joyiga chiqib o‘tkazgan o‘rganish davomida, qurilishi rejalanayotgan mazkur ikki qavatli kovorking-markazi binosi 128-uydan 12,3 metr masofada joylashgani aniqlangani, ko‘p xonadonli turar-joy uylarining uzun tomonlari o‘rtasidagi masofalar (xonalarning yaqqol ko‘rinmaslik talablaridan kelib chiqqan holda) 2-3 qavatlilar uchun 15 metrdan kam bo‘lmasligi belgilangani, ushbu obyektning qurilishi keng muhokama qilinmagani va fuqarolar fikri olinmagani, shuningdek, qurilish loyihasi va investor haqida tegishli ma’lumotlar aholi e’tiboriga yetkazilmagani bayon qilingan.


Mazkur protest asosida Mirzo Ulug‘bek tuman hokimining 2019-yil 7- oktabrdagi 708-son qarori bilan Mirzo Ulug‘bek tuman hokimining 2018-yil 27-avgustdagi 484-sonli qarori bekor qilingan.


Bundan norozi bo‘lgan fuqaro D.D. Abduraxmanov ma’muriy sudga shikoyat qilib, o‘z arizasida quyidagilarni ma’lum qilgan. “Yosh tadbirkorlar” kovorking-markazi binosi bo‘yicha Toshkent shahar Arxitektura va qurilish bosh boshqarmasi tomonidan 12.10.2018-yilda 2064T-sonli va 22.04.2019-yildagi 1037T-sonli Arxitektura rejalashtirish topshirig‘i tasdiqlangan.


Toshkent shahar Qurilish bosh boshqarmasi Arxitektura va shaharsozlik kengashi ishchi organining 05.04.2019-yildagi 31-561/A-sonli xulosasiga asosan, loyihani ko‘rib chiqish jarayoni kelishilgan. Unga ko‘ra, “Yosh tadbirkorlar” kovorking-markazi binosini qurish korrektura eskizi loyihasi Yong‘in xavfsizligi boshqarmasi va Sanitariya-epidimiologiya markazi bilan kelishgan holda hamda ART va SHNK 2.07.01-03* talablari asosida yon atrofdagi binolar bilan oraliq masofani saqlab qolish sharti bilan davom ettirishi qayd etilgan.


Toshkent shahar Davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazining 06.09.2019-yildagi xatiga ko‘ra, qurilishi rejalangan mazkur binoning hozirgi joylashuvi va balandligi sanitariya va qurilish normalariga hamda 128-uyga nisbatan doimiy insolyatsiyani ta’minlanishiga muvofiqligi qayd etilgan.


Mirzo Ulug‘bek tumani Yong‘in xavfsizligi bo‘limi 09.09.2019-yildagi 27/64-6-167-sonli xati orqali shaharsozlik normalari va qoidalariga rioya etilishi sharti bilan bino loyihasiga e’tirozi yo‘qligini ma’lum qilgan.




Ushbu kazusni ko‘rib chiqishda O‘zbekiston Respublikasi “Ma’muriy tartib-taomillar to‘g‘risida”gi (MTTtQ) qonunning qaysi normalarini qo‘llash mumkin (tahlil qiling va javobingizni asoslang) (50%), shuningdek kazus yuzasidan nazariy tahlilni amalga oshiring (50%).
YECHIM

Kazusga yechimni quyidagicha topishga harakat qilamiz, dastlab masalani mohiyatini aniqlab olamiz. Masalaning mohiyati quyidagicha ,, Yosh tadbirkorlar” kovorking-markazi qurishilishi uchun tuman hokimining qarori asosida yer sotib olgan fuqaro Abdurahimovaning talablari oxiriga yetmay bajarilmay qoladi chunki hokimning bu qaroriga tuman prakurori protest kiritganligi sababi bino qurilishi uchun yer ajratish haqida qarori bekor qilingan fuqaro esa ushbu masala bo’yicha sudga murojat qilgan.



  1. Bu masalada masalada ma’muriy organ mavjudmi.

  2. Ushbu masaladagi hujjatlarni ma’muiy hujjat deb hisoblash mumkinmi

  3. Sudga mu’rojat shakllari mavjudmi

Masalani yechish uchun ma’muriy organ tushinchasiga tarif berishimiz kerak bo’ladi buning uchun biz MTTtQning 4-moddasidagi asosiy tushinchalarni ko’rib chiqamiz unda ma’muriy organ tushinchasiga quyidagicha tarif berilgan
ma’muriy organlar — ma’muriy-huquqiy faoliyat sohasida ma’muriy boshqaruv vakolati berilgan organlar, shu jumladan davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, shuningdek ushbu faoliyatni amalga oshirishga vakolatli bo‘lgan boshqa tashkilotlar va maxsus tuzilgan komissiyalar demak tuman hokimi ma’halliy davlat hokimiyati subyekti hisoblangani uchun hamda yuqoridagi moddaga asoslangan holda ma’muriy organ subyekti deyishimiz mumkin ammo bu yerda prokratura yuqoridagi moddaning ta;lablariga mos kelmaydi bu yerda u ma’muriy organ emas balki ma’muriy organ faoliyatini teshkirib boruvchi huquqni muhofaza qiluvchi organ hisoblanadi buni biz ,,Prokratura to’g’risidagi” qonundan bilib olishimiz mumkin uning vazifalariga nazar tashlasak yuqoridagi fikrimizning isbotini ko’rishimiz mumkin.

Ikkinchi masalamiz ma’muriy hujjat bilan bog’liq bu yerda ma’muriy hujjat deb hokimning qarorlarini olishimiz mumkin chunki bu ma’muriy organ tamonidan tuzilgan ammo prokurorning protesti ma’muriy hujjat hisoblanmaydi sababi MTTtQning 4-moddasida quyidagilar aks etgan ma’muriy hujjat — ma’muriy organning ommaviy huquqiy munosabatlarni yuzaga keltirishga, o‘zgartirishga yoki tugatishga qaratilgan hamda ayrim jismoniy yoki yuridik shaxslar uchun yoxud muayyan xususiy belgilariga ko‘ra ajratiladigan shaxslar guruhi uchun muayyan huquqiy oqibatlar keltirib chiqaruvchi ta’sir chorasi


Ushbu moddaga asoslanib masalani tahlil qilsak demak ma’muriy hujjatni faqatgina ma’muriy organ qabul qilishi mumkin. Prokuror protesti bu yerda ma’muriy hujjatning asosliligini teshkiruvchi hujjat hisoblanadi buning asosi ,,Prokratura to’g’risida”gi qonunning 32-moddasida o’z aksini topgan ushbu vzaiyatda qonunlarga tayngan holda ish ko’rsak ma’muriy organning hujjatini ham ma’muriy hujjat deb hisoblamasligimiz mumkin sababi MTTtQning 53 va 54chi moddalarida ma’muriy hujjatni qanday bo’lishi va qay hollarda ma’muriy hujjat hisoblanmasligini bilib olishimiz mumkin birinchidan yuqoridagi moddaga asosan hujjat qonuniy emas chunki ,,Shaharsozlik normalari va qoidalari to’g’risida”gi qonun buzilgan deb topilgan bu esa o’z o’zidan qonuniylikning mavjudligini inkor etadi shuningdek ushu holatda o’zganing mafaatlariga zarar yetkazilgan. Xulosa qiladigan bo’lsak kazusda ma’muriy hujjat aks eygan ammo bu hujjat ma’muriy hujjat hisoblanishi uchun asoslar to’g’ri emas.


Foydalanilgan adabiyotlar:
1.lex.uz qonuchiliki. Ma’muriy tartib taomillar to’g’risidagi qonun
2. lex.uz qonuchiliki. Ma’muriy sud ish yurituvi to’g’risidagi kodeks
3. lex.uz qonuchiliki. Prokratura to’g’risidagi qonun
4. B.Musayev, D.Artikov, B.Qosimov Ma`muriy huquq va protsess. – T.:
TDYU nashriyoti, 2021.
Download 21.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling