Toshkent shahar Raislik qiluvchi


Download 13.21 Kb.
Sana17.06.2023
Hajmi13.21 Kb.
#1530160
Bog'liq
Bayonnoma Davlat ramzlari


Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Xorijiy tillar fakultetida “Talaba yoshlarning davlat ramzlari bilan faxrlanish tuyg’ularini shakllantirish orqali mamlakatga daxldorlik, vatanparvarlik hissini kuchaytirish” mavzusida o‘tkazilgan tadbir
BAYONNOMASI


16.11.2022 Toshkent shahar

Raislik qiluvchi:

Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari K.Mo‘minov

Qatnashdilar:

Xorijiy tillar fakulteti tyutorlari va talaba yoshlar (92 nafar).



KUN TARTIBI:
Talaba-yoshlarning davlat ramzlari bilan faxrlanish tuyg’ularini shakllantirish orqali mamlakatga daxldorlik,vatanparvarlik hissini kuchaytirishga ” mavzusida Xalqlar do’stligi san’at saroyida tadbir bo’lib o’tdi. Xorijiy tillar fakulteti tyutori G.R Xamroyeva va G’ Muxiddinovlar o’ziga biriktirilgan talabalar bilan tadbirga faol qatnashdilar.Oʻzbekiston bayrogʻi (rasmiy atalishi: Oʻzbekiston Respublikasining davlat bayrogʻi) — Oʻzbekiston gerbi va Oʻzbekiston madhiyasi kabi Oʻzbekiston Respublikasining rasmiy davlat ramzi sanaladi. 1991-yil 31-avgustda Oʻzbekiston Respublikasi oʻz mustaqilligini eʼlon qilganidan soʻng 1991-yilning 18-noyabrida[2] Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining VIII sessiyasida Oʻzbekiston Respublikasi davlat bayrogʻi toʻgʻrisidagi qonun qabul qilingan.
Oʻzbekiston Respublikasining bayrogʻi toʻgʻri toʻrtburchak shakldagi matoda aks etgan boʻlib, uchta asosiy gorizontal rangdor boʻlaklarga boʻlingan. Ular: yorqin moviy, oq, yorqin yashil. Bu boʻlaklar orasini ikkita qizil rangdagi gorizontal chiziqlar ajratib turadi.
Oʻzbekiston bayrogʻi ramzi mamlakat hududida ilgari mavjud boʻlgan gʻoyat qudratli saltanatlar bayroqlariga xos boʻlgan eng yaxshi anʼanalarni davom ettirgan holda respublika tabiatiga xos xususiyatlarni, xalqning milliy va madaniy oʻzligini ham aks ettiradi.
Bayroqdagi havorang — zangori osmon va musaffo suv ramzidir. Moviy — havorang Sharqda azaldan qadrlanadi, vaqtida Amir Temur ham oʻz bayrogʻiga
O q rang — tinchlik va poklik timsolidir. Bayroqdagi oq rang Oʻzbekiston Respublikasi tanlagan yoʻlning musaffo va charogʻon boʻlishi uchun yaxshi niyat ramzidir.
Qizil yoʻllar — bu har bir tirik jonning qon tomirida urib turgan hayotiy kuch, hayot ramzidir.
Yashil rang — serneʼmat va orombaxsh tabiat timsoli. Hozirgi vaqtda butun dunyoda atrof-muhitni muhofaza qilish harakatlari keng yoyilmoqda; uning ramzi ham yashil rangdir
Yarimoy — Oʻzbekiston xalqining koʻp asrlik anʼanalariga muvofiq keladi. Yarimoy va yulduzlar musaffo osmonning va tinchlikning ramzlaridir. Bayroqdagi 12 yulduz tasviri mukammallik belgisidir
QAROR QILADI:

  1. Fakultet Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari K.Mo‘minovning bergan axboroti ma’lumot va ijro uchun qabul qilinsin;

  2. Talabalar turar joyidagi talabalarning TTJ ichki tartib-qoidasiga va kiyinish madaniyatiga amal qilishi fakultet tyutorlari tomonidan nazoratga olinsin;

  3. TTJ dagi ichki tartib-qoida va odob-axloq normalari haqida talabalarga fakultet tyutorlari tomonidan doimiy ravishda tushuntirish ishlari olib borilsin.



Yoshlar bilan ishlash
bo‘yicha dekan o‘rinbosari: K.Mo‘minov
Fakultet tyutorlar sardori: G‘.Muxiddinov


Download 13.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling