4. Mavzuni mustahkamlash (15 daqiqa)
5. O`quvchilarni baholash . (4 daqiqa)
6. Uyga vazifa. (2 daqiqa)
Darsning borishi:
1.Tashkiliy qism.
Salomlashish.
Davomatni aniqlash.
Rag`bat uchun 3 xil gul tasvirlaridan foydalaniladi..
Besh yulduz ichida atir gul - “5”ball.
To`rtburchak ichida lola gul - “4”ball
Uchburchak ichida chinni gul - “3”ball
2. O`tgan mavzuni takrorlash va uyga vazifani so`rash.
O`tilgan mavzular bo`yicha savollar berib, o`quvchilarni baholayman.
1.Tenglamalar sistemasi deb nimaga aytiladi?
2. Funksiya deb nimaga aytiladi?
3. Funksiyaning grafigi deb nimaga aytiladi?
4. Chiziqli funksiya deb nimaga aytiladi?
5. Chiziqli funksiyaning grafigi nimadan iborat?
3.Yangi mavzuni bayon qilish.
1- teorema. Bir xil ishorali tengsizliklarni qo`shishda xuddi shu ishorali tengsizlik hosil bo`ladi: agar a>b va c>d bo`lsa, u holda a+c>b+d bo`ladi
Shartga ko`ra a-b>0 va c-d>0. Ushbu ayirmani qaraymiz:
Musbat sonlarning yig`indisi musbat bo`lgani uchun ya'ni .
Misollar:
2- teorema. Chap va o`ng qismlari musbat bo`lgan bir xil ishorali tengsizliklarni ko`paytirish natijasida xuddi shu ishorali tengsizlik hosil bo`ladi: agar a>b, c>d va a, b, c, d — musbat sonlar bo`lsa, u holda ac>bd bo`ladi.
Ushbu ayirmani qaraymiz: ac-bd=ac-bc+bc-bd=c(a-b)+b(c-d)
Shartga ko`ra: a-b>0, c-d>0, b>0,c>0. Shuning uchun c(a-b)+b(c-d)>0
ya'ni ac-bd >0, bundan ac>bd bo'ladi.
4. Yangi mavzuni mustahkamlash.
Darsni mustahkamlash uchun mavzu bo`yicha misollar yechish.
Yangi mavzuga doir darslikdagi - misollarni har qatordan bittadan o`quvchilar chiqib doskada yechadilar. Qolgan o`quvchilar misollarni daftarlarida yechadilar, doskadan oldin bajargan o`quvchilarning misollari o`qituvchi tomonidan tekshirib, baholanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |