MAHSULOTLARNI MAJBURIY VA IXTIYORIY SERTIFIKATLASHTIRISH 10-modda. Majburiy sertifikatlashtirishni joriy etish Majburiy sertifikatlashtirishni o‘tkazish ishlarini tashkil etish «O‘zstandart» agentligi zimmasiga yoki uning topshirig‘iga binoan boshqa sertifikatlashtirish organlariga (ularni albatta akkreditatsiya qilgan holda) yuklatiladi. Sertifikatlashtirilishi shart bo‘lgan mahsulotlarning ro‘yxatini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tasdiqlaydi. 11-modda. Majburiy sertifikatlashtirishni o‘tkazish shartlari Majburiy sertifikatlashtirish ishlab chiqarishni tekshirishni, mahsulot xususiyati normativ hujjatlar talablariga muvofiqligini aniqlash uchun uni sinashni, sertifikatlashtirilgan mahsulotlar ustidan inspeksiya nazoratini o‘z ichiga oladi. Sinovlar akkreditatsiya qilingan sinov tajribalari (markazlari) tomonidan tegishli normativ hujjatlarda belgilangan usullarda, bunday hujjatlar bo‘lmagan taqdirda esa tegishli sertifikatlashtirish organlari ishlab chiqqan usullarda amalga oshiriladi. Majburiy sertifikatlashtirish ishlari uchun arizachi qonun hujjatlarida belgilab qo‘yilgan tartibda haq to‘laydi. 17-modda. Ixtiyoriy sertifikatlashtirish Har qanday mahsulot normativ hujjatlarning talablariga muvofiq ekanligini tasdiqlash uchun u yuridik va jismoniy shaxsning tashabbusi bilan ixtiyoriy sertifikatlashtirishdan o‘tkazilishi mumkin. 18-modda. Ixtiyoriy sertifikatlashtirishni amalga oshiruvchi sub’ektlar Ixtiyoriy sertifikatlashtirishni «O‘zstandart» agentligi belgilab qo‘ygan tartibda akkreditatsiya qilingan yuridik va jismoniy shaxslar amalga oshirishga haqlidir. 19-modda. Ixtiyoriy sertifikatlashtirish tizimlari Sertifikatlashtirish qoidalari va tartibini belgilovchi ixtiyoriy sertifikatlashtirish tizimlarini akkreditatsiya qilingan organlar «O‘zstandart» agentligi bilan kelishgan holda belgilaydilar. E’tiboringiz uchun rahmat!
Do'stlaringiz bilan baham: |