Toshkent shahridagi Kimyo xalqaro universiteti Kimyo va biologiya kafedrasi
Download 65.89 Kb.
|
Biznes asoslari 8
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mavzu rejasi
Toshkent shahridagi Kimyo xalqaro universiteti Kimyo va biologiya kafedrasiFan nomi: BIOTEXNOLOGIYADA BIZNES ASOSLARIMavzu 8: Xalqaro mahsulotlarni sertifikatlash tizimiAbduvaliyeva L.Mavzu rejasi:
Sertifikatlashtirish guvohlik berish, qayd yoki shahodat etish, ishonch bildirish ma’nolarini bildiruvchi certifus (lotincha) so‘zidan olingan bo‘lib, kerakli ishonchlilik bilan mahsulotning muayyan standartga yoki texnikaviy hujjatga muvofiqligini uchinchi, holis va tan olingan tomon tarafidan tasdiqlaydigan faoliyatni bildiradi. Sanoat korxonalarida ishlab chiqilayotgan turli xil mahsulotlar muayyan sifat ko‘rsatkichlariga ega bo‘lishi kerak. Sifat ko‘rsatkichlari esa ma’lum, belgilangan talablarga muvofiq mos kelishi lozim. Muvofiqlik o‘z navbatida ma’lum standartga yoki boshqa me’yoriy hujjatlarga mos kelishini talab etadi. Muvofiqlikni sertifikatlashtirish mumkin. “Sertifikatlashtirish” tushunchasi birinchi marta Xalqaro standartlashtirish tashkiloti Kengashining sertifikatlashtirish masalalari bo‘yicha maxsus qo‘mitasi tomonidan ishlab chiqilib, uning “Standartlashtirish, sertifikatlashtirish va sinov tajribalarining akkreditlash sohalaridagi asosiy atamalari va ularning qoidalari” qo‘llanmasiga kirgazilgan.Qayta ishlangan Xalqaro standartlashtirish tashkilotining qo‘llanmasida “sertifikatlashtirish” atamasining faqatgina izohlari berilgan: Sertifikatlashtirish umumiy atama bo‘lib, mahsulot, texnologik jarayon va xizmatlarning sertifikatlashtirishda muvofiqlikni sertifikatlash-tirish uchinchi tomonning qatnashishi va unga xolisona baho berish tushuniladi. Sifat tizimini baholash sohasidagi taraqqiyot sifat tizimini sertifikatlashtirish bo‘yicha yangi ta’minlovchining imkoniyatlarini sertifikatlashtirish tushuncha zaruriyatini tug‘dirmoqda. Muvofiqlik atamasi mahsulot, jarayon, xizmatga belgilangan barcha talablarga rioya qilishni o‘z tarkibiga oladi. Bunda muvofiqlikni uchta ko‘rinishi - muvofiqlik bayonoti, muvofiqlikni attestatlash, muvofiqlikni sertifikatlashtirish belgilaydi.Download 65.89 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling