YAna bir zarur atamalardan biri sertifikatlashtirish tizimi bo‘lib u quyidagicha ta’riflanadi: Sertifikatlashtirish tizimi -muvofiqlikning sertifikatlashtirish faoliyatini o‘tkazish uchun ish tartibi qoidalariga va boshqarishiga ega bo‘lgan tizimdir. Sertifikatlashtirish ikki xil bo‘ladi: majburiy va ixtiyoriy. Mahsulotni u yoki bu sertifikatlashtirishga oidligi, uni tashqi muhitga, inson salomatligiga ta’siri asosiy mezon hisoblanadi. Ana shuning uchun tashqi muhitga, inson salomatligiga ta’sir ko‘rsatuvchi mahsulotlar, albatta, majburiy sertifikatlashtirishga mansub bo‘ladi, qolgan mahsulotlar esa sertifikatlashtirilishi ixtiyoriydir. Majburiy sertifikatlashtirish deganda sertifikatlashtirish huquqiga ega bo‘lgan idora tomonidan mahsulot, jarayon, xizmatning standartlardagi majburiy talablarga muvofiqligini tasdiqlash tushuniladi. Ixtiyoriy sertifikatlashtirish deganda ishlab chiqaruvchi (bajaruvchi), sotuvchi (ta’minlovchi) yoki istemolchi tashabbusi bilan ixtiyoriy ravishda o‘tkaziladigan sertifikatlashtirish tushuniladi. SERTIFIKATLASHTIRISH FAOLIYATIGA DOIR UMUMIY TALABLAR 7-modda. Muvofiqlik sertifikati va muvofiqlik belgisi Mahsulotning belgilangan talablarga muvofiqligi tasdiqlangani taqdirda sertifikatlashtirish organi muvofiqlik sertifikati beradi, tayyorlovchi ana shu sertifikat asosida muvofiqlik belgisini ishlatish huquqiga ega bo‘ladi. Sertifikatlashtirish tizimida foydalaniladigan muvofiqlik sertifikatlarining, namunalari, milliy muvofiqlik belgisining shakllari va hajmlari «O‘zstandart» agentligi tomonidan tasdiqlanadi. 8-modda. Sertifikatlashtirish faoliyatini amalga oshirish Mahsulotlarni sertifikatlashtirishga akkreditatsiya qilingan organlar va sinov tajribalari (markazlari) qonun hujjatlarida belgilangan tartibda berilgan akkreditatsiya to‘g‘risidagi guvohnoma asosida sertifikatlashtirish faoliyatini hamda sertifikatlashtirish maqsadida sinovlar o‘tkazish faoliyatini amalga oshiradilar. Mahsulotlar sertifikatlashtirilayotganda arizachiga sertifikatni yoki muvofiqlik belgisini qo‘llash huquqi muvofiqlik sertifikatini bergan akkreditatsiya qilingan tegishli sertifikatlashtirish organi bilan tuzilgan bitim asosida beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |