Mavzu: oziq –ovqat mahsulotlarini sertifikatlashtirish reja


Download 15.27 Kb.
Sana31.01.2024
Hajmi15.27 Kb.
#1829294
Bog'liq
OZIQ –OVQAT MAHSULOTLARINI SERTIFIKATLASHTIRISH


MAVZU: 9. OZIQ –OVQAT MAHSULOTLARINI SERTIFIKATLASHTIRISH
Reja:
1. Sertifikatlashtirishda mahsulotni tekshirish
2. CHet el muvofiklik sertifikatlarini e’tirof etish
3. Maxsulotni shtrixli kodlashtirish.
Tavsiya etilgan adabiyotlar:

  1. Ismatullaev P.R., To‘xtamurodov Z.T., Abdullaev A.X. Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirishga muqaddima. Konstruktor ICHB. 1995 y.

  2. Krыlova G.D. Osnovы metrologii, standartizatsii i sertifikatsii. M.; Audit, 1998 g, YUNITI.

  3. O‘zRST 1.0-92. O‘zbekiston Respublikasi standartlashtirish davlat tizimi. Asosiy qoidalar.

  4. I.F.SHishkin. Metrologiya, standartizatsiya i upravlenie kachestvom. M.,Izd. Standartov, 1990 g.

  5. P.R. Ismatullaev va boshqalar. Merologiya standartlashtirish va sertifikatsiyalash Toshkent 2001y

  6. Abduvaliev A.A. i dr Osnovы obespecheniya edinstva izmereniy Toshkent 2005.



Sertifikatlashtirishda mahsulotni tekshirish
Amaldagi hamma sertifikatlashtirish tartibi mahsulotning nazoratli sinovlarini utkazishga asoslangan, uning belgilangan me’yoriy, hujjatlar talablariga muvofiqligi aniqlanadi. Tizim qoidalariga binoan sinovlarning korxonani o‘zida mahsulotni tayyorlash jarayonida hamda iste’molchiga yuborishdan oldin o‘tkaziladi. Bundan tashqari odatda sertifikatlashtirish doirasida sertifikatlashtirilgan mahsulotning sifatini barqarorligi uchun nazoratli tekshiruv vaqti- vaqti bilan o‘tkaziladi.
Sertifikatlashtirish uchun o‘tkaziladigan sinovlar tartibi, ba’zan uni sertifikatlashtirish sinovlari ham deb atalib, amaliy har qanday sinovlarga xos bo‘lgan, mahsulotning sanoatda, ishlab chiqarishda ko‘p yillar ichida shakllangan umumiy qoidalariga bo‘ysunadi. Lekin sertifikatlashtirish sinovlarini tashkil qilish va o‘tkazish uslubiyati o‘ziga xos xususiyatlariga ega. Har bir sinov va uning natijalari uchinchi tomon tarafidan sertifikatlashtirish uchun ishlatilishi ko‘zda tutilib, faqat sertifikatlashtirish idorasi tomonidan mahsulotning sinovlarini o‘tkazish uchun huquqli akkreditlangan sinov laboratoriyalarida yoki uning tashkilotlarida o‘tkaziladi.
Sinovlarni o‘tkazish va uni tartibi, xalqaro yoki milliy sertifikatlashtirish tizimlarining qoidalarida to‘liq va aniq qilib belgilangan.
Sertifikatlashtirish tartibiga qarab, ushbu mahsulotning bir turdagi nusxasi, to‘dadan tanlanmasi yoki mahsulotning nusxasi sinovlardan o‘tishi mumkin. Mahsulotning tavsiflari va parametrlari, ularga bo‘lgan talablar me’yoriy hujjatlarda belgilangan bo‘ladi. SHuning uchun ularni aniq va ishonchlik bilan sinovlar va o‘lchashlar natijasida aniqlash imkonini beradi.


CHet el muvofiklik sertifikatlarini e’tirof etish
Sertifikatlashtirish organi etirof etish tug‘risida bitim tuzilgan MDX mamlakatlaridan va uzok xorijiy mamlakatlardan olib kelinadigan maxsulotga sertifikatlarni e’tirof etish xukukiga ega.
E’tirof etish tartiboti sertifikatlashtirish organining bir turdagi maxsulotni sertifikatlashtirish tartibida, "Uzstandart" agentligining normativ xujjatlariga muvofik belgilangan bulishi kerak.
Xalkaro tizimlar va bitimlar doirasida amalga oshiriladigan sertifikatlarni e’tirof etish ushbu tizimlar va bitimlarda belgilangan, Uzbekiston Respublikasi konun xujjatlariga zid bulmagan koidalarga muvofik utkaziladi.
Sertifikat talablarga muvofik bulgan, Uzbekiston Respublikasida belgilangan ana shunday talablardan kolishmaydigan maxsulot uchun e’tirof etiladi.
Normativ xujjatlarda sertifikatlashtirish uchun shart bulgan yoki kontraktda belgilangan kushimcha talablar mavjud bulgan takdirda maxsulot ushbu talablarga muvofiklik yuzasida
yuzasidan sinab kurilishi kerak.
Olingan xujjatlar va materiallarni taxlil kilish, shuningdek maxsulotni identifikatsiyalash asosida sertifikatlashtirish organi chet el muvofiklik sertifikatini e’tirof etish (etmaslik) tug‘risida karor kabul kiladi.
Eksport kiluvchi mamlakatning Milliy sertifikatlashtirish tizimiga berilgan muvofiklik sertifikatini e’tirof etish uni import kiluvchi mamlakatning muvofiklik sertifikatiga kayta rasmiylashtirish va YAgona davlat reestriga kiritish yuli bilan amalga oshiriladi.


Maxsulotni shtrixli kodlashtirish
Ariza beruvchi uz xoxishiga kura tasniflash Evropa tovar rakamlanishi uyushmasi (GS1) tomonidan kodlashtirish borasida korxonaning ruyxatdan utkazish rakamini xamda ishlab chikariladigan tovarning bir kun mobaynida beriladigan rakamli kodini olish uchun "GS1 Uzbekistan"ga murojaat kiladi. (UzR VM 14.09.2006 y. 194-son Karori taxriridagi xat boshi)
"Uzstandart" agentligi tomonidan, belgilangan tartibga muvofik shtrixli kodning original - maketi tayyorlanadi va beriladi.
Kod berish buyicha xizmatlar kiymati, shuningdek a’zolik badallari mikdori "GS1 Uzbekistan" katnashchilari tomonidan belgilanadi. SHtrixli kodning original - maketlarini tayyorlash va berish kiymati Uzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chikarish, rakobat va tadbirkorlikni kullab-kuvvatlash davlat kumitasi bilan kelishilgan, Uzbekiston Respublikasi Moliya vazirligida deklaratsiya kilingan tariflar buyicha belgilanadi. (UzR VM 14.09.2006 y. 194-son Karori taxriridagi band), (Oldingi taxririga karang)
Takrorlash uchun savollar:

  1. Sertifikatlashtirishda mahsulotni tekshirish

  2. Sinovlarni o‘tkazish va uni tartibi

  3. CHet el muvofiklik sertifikatlarini e’tirof etish

  4. Maxsulotni shtrixli kodlashtirish



Tayanch suzlar va iboralar: shtrixli kodlash; Xalkaro tizimlar;
Download 15.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling