OCHIQ DARS ISHLANMASI
TOSHKENT SHAHRIDAGI PREZIDENT MAKTABI
KAMOLOV IQBOLJON
OʻZBEKISTON TARIXI – 10-SINF
Fan
|
Oʻzbekiston tarixi
|
Sinf(lar)
|
10 “A”
|
10 “B”
|
|
|
Sana
|
|
|
|
|
Mavzu
|
Buxoro amirligida islohotlar uchun kurash hamda qizil armiya tomonidan amir hokimiyatining agʻdarilishi. BXSRning tashkil topishi va faoliyati
|
Dars maqsadi
|
Oʻquvchilarning XX asr I choragida Buxoro amirligida roʻy bergan ijtimoiy-siyosiy, inqilobiy jarayonlar, ularda qatnashgan tarixiy shaxslar, davlat arboblari faoliyati bilan yaqindan tanishishlariga imkon yaratish
|
Tayanch kompetensiya
|
TK-2
|
Fanga oid kompetensiya
|
FK-1
|
Dars jihozi
|
Interaktiv monitor (proyektor va kompyuter), magnitli doska va magnitlar, markerlar, jahonning siyosiy xaritasi, Oʻrta Osiyoning XX asr boshlaridagi xaritasi, yozuvsiz xarita, Internet, taqdimot materiali;
10-sinf “Oʻzbekiston tarixi” darsligi, Q.Rajabov, A.Zamonov – T.: “Gʻafur Gʻulom” – 2017. -31-37 b.
|
Dars metodlari
|
Kichik maʼruza, test, aqliy hujum, guruhlarda ishlash, klaster, “Ortiqchasini top!”, “Juftini top!”, muammoli savol, “Oʻrgan-oʻrgat!”.
|
Darsning borishi
|
Tashkiliy qism
5 daqiqa
|
Salomlashish
|
Sinf xonasi va oʻquvchilarning tayyorgarligini tekshirish
|
Siyosiy daqiqa
|
Uyga vazifani tekshirish va oʻtilgan mavzuni mustahkamlash
10 daqiqa
|
“Turkiston ASSRda sovet hokimiyatiga qarshi qurolli harakatlar” mavzusida amaliy mashgʻulot bajarish;
Quyidagi infografikadan foydalangan holda o’quvchilar istiqlolchilik harakatining har bir namoyondasi hayoti va faoliyatiga oid 4 tadan tarixiy faktni keltirib o’tishlari zarur, jumladan:
Harakat hududi;
Maqsadi;
Salohiyati;
Faoliyatining yakuni (Imkon qadar ushbu topshiriqni “Blended Learning” texnikasi asosida oldindan uyda tayyorlab kelish uchun berish maqsadga muvofiq).
Uyda oʻqish uchun oldindan oʻqish uchun berilgan topshiriq (“Blended Learning”) asosida yozuvchi Baxtiyor Abdugʻafurning “Madaminbek: Qonli gullar vodiysi” romanidan olingan shaxsiy taassurotlarni muhokama qilish.
Test topshirigʻi (imkon qadar tarqatma material shaklida foydalanish tavsiya etiladi):
Istiqlolchilik harakati rahbarlaridan sanalgan Kichik Ergash qaysi yillarda yashagan? A) 1885-1918-yy. B) 1882-1921-yy. C) 1892-1920-yy. D) 1881-1944-yy.
Istiqlolchilik harakati rahbarlaridan sanalgan Katta Ergash qaysi yillarda yashagan? A) 1885-1918-yy. B) 1882-1921-yy. C) 1892-1920-yy. D) 1881-1944-yy.
Dastlabki istiqlolchilik guruhlarining tuzilishi kimlarning nomlari bilan bo’g’liq? A) Kichik Ergash va Katta Ergash B) Madaminbek va Shermuhammadbek C) Shermuhammadbek va Nurmuhammadbek D) Xolxo’ja eshon va Yormat maxsum
Kichik Ergash bolsheviklarga qarshi kurashda halok bo’lgan sanani aniqlang. A) 1918-yil 18-fevral B) 1918-yil 20-fevral C) 1918-yil 22-fevral D) 1918-yil 27-fevral
Kichik Ergash bolsheviklarga qarshi kurashda halok bo’lgach, istiqlolchilik harakatiga kim rahbarlik qila boshladi? A) Madaminbek B) Katta Ergash C) Shermuhammadbek D) Xolxo’ja eshon
Istiqlolchilik harakatining Qo’qon uyezdidagi dastlabki nuqtasi – bu … A) Bachqir B) Qo’qonqishloq C) Aravon D) Marg’ilon
Marg’ilonda istiqlolchilik harakatiga kim boshchilik qilgan? A) Kichik Ergash B) Katta Ergash C) Madaminbek D) Shermuhammadbek
Muhammad Aminbek Ahmadbek o’g’li – Madaminbek qaysi yillarda yashagan? A) 1885-1918-yy. B) 1882-1921-yy. C) 1892-1920-yy. D) 1881-1944-yy.
Farg’ona vodiysida 1918-yilning o’rtalariga kelib taxminan …ga yaqin qo’rboshi guruhlari mavjud edi. A) 40 B) 50 C) 70 D) 100
Bolsheviklar tomonidan amalga oshirilgan dastlabki sotsialistik tadbirlar quyidagi qaysi javobda to’liq ko’rsatilgan? 1. Korxonalarning davlat ixtiyoriga o’tkazilishi; 2. Xususiy mulkning bekor qilinishi; 3. Oziq-ovqat razvyorstkasi va g’alla monopoliyasi; 4. Islom dinining cheklanishi va ateizm targ’iboti; 5. Masjid, xususiy maktab va qozixonalarning berkitilishi; 6. Majburiy mehnatning joriy etilishi; 7. Bozorlarning yopilishi. A) 1, 3, 5, 7 B) 2, 4, 6 C) 1, 2, 3, 4, 5, 7 D) 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7
Quyidagi qaysi omillar istiqlolchilik harakatiga alohida keskinlik va ko’lam bag’ishlab, uning tobora kengayishi va rivojlanishiga olib kelgan? 1. Bolsheviklar tomonidan amalga oshirilgan dastlabki sotsialistik tadbirlar; 2. Qizil armiya jangchilarining bosqinchilik va talonchiliklari; 3. Turkiston Muxtoriyatining tor-mor etilishi; 4. Islom dinining cheklanishi va ateizm targ’iboti. A) 1, 2 B) 3, 4 C) 1, 3 D) 1, 2, 3
Istiqlolchilik harakatining boshidan oxiriga qadar ustuvor bo’lgan fikr – bu … A) butun Turkistonning milliy istiqloli va mustaqilligi g’oyasi B) milliy sotsializm qurish g’oyasi C) iqtisodiy mustaqillikka erishish g’oyasi D) islom davlatini qurish g’oyasi
Quyidagi qaysi javobda Turkiston fronti qo’mondonining familiyasi aniq ko’rsatilgan? A) Ye.Perfilev B) P.Kobozev C) I.Tobolin D) M.Frunze
Quyidagi fikr kimga tegishli: “Bosmachilikka qarshi kurash tamomila yangi, ayricha xususiyatga ega bo’lgan, o’ziga xos dushman bilan kurash demakdir”? A) I.V.Lenin B) Ya.Rudzutak C) M.Frunze D) P.Kobozev
Istiqlolchilik harakatining asosiy harakatlantiruvchi kuchini tashkil etgan ijtimoiy qatlamlar quyidagi qaysi javobda to’liq sanab o’tilgan? 1. Dehqonlar; 2. Chorikorlar; 3. Yirik yer egalari; 4. Hunarmandlar; 5. Ziyolilar; 6. Harbiylar; 7. Mardikorlar; 8. O’rta va mayda yer egalari. A) 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8 B) 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7 C) 1, 2, 4, 5, 6, 7 D) 1, 2, 4, 5, 7
Turor Risqulovning e’tiroficha, istiqlolchilik harakatiga asosan kimlar kelib qo’shilardi? A) dehqonlar va chorikorlar B) hunarmandlar va ziyolilar C) hunarmandlar va dehqonlar D) chorikorlar va mardikorlar
1919-yil yozining oxiri va kuzida … A) istiqlolchilik harakati tarkibida bo’linish yuz berdi B) istiqlolchilik harakati o’zining eng yuqori cho’qqisiga chiqdi C) istiqlolchilik harakati rahbariyatida o’zgarish yuz berdi D) istiqlolchilik harakati qizil armiya kuchlariga taslim bo’ldi
Sentabr oyining dastlabki kunlarida Madaminbek lashkarlari qaysi shaharlarni egallagan? A) Jalolobod va O’sh B) O’sh va O’zgan C) Marg’ilon va Chust D) Quva va Axsi
Eski Marg’ilon shahrini qizil armiya bosqinchilaridan ozod qilgan istiqlolchilarga kim boshchilik qilgan? A) Shermuhammadbek B) Xolxo’ja eshon C) Nurmuhammadbek D) Madaminbek
Pomirning Ergashtom ovulida Madaminbek boshchiligida Farg’ona Muvaqqat muxtoriyat hukumati tuzilgan sanani aniqlang. A) 1919-yil 12-oktabr B) 1920-yil 27-fevral C) 1920-yil 6-mart D) 1920-yil 3-may
Farg’ona Muvaqqat muxtoriyat hukumati tarkibiga 24 kishi, jumladan … nafar tub aholi va … nafar ruslar vakillari kiritilgan edi. A) 15, 9 B) 16, 8 C) 12, 12 D) 14, 10
Farg’ona Muvaqqat muxtoriyat hukumati boshlig’i hamda qo’shin Oliy Bosh qo’mondoni etib kim saylangan? A) Madaminbek B) Shermuhammadbek C) Kichik Ergash D) Katta Ergash
1919-yilning kech kuziga kelib Madaminbek qo’l ostida necha nafar yigit qizil armiyaga qarshi kurash olib borgan? A) 20 ming B) 25 ming C) 30 ming D) 35 ming
1919-yilning kech kuziga kelib Shermuhammadbek qo’l ostida necha nafar yigit qizil armiyaga qarshi kurash olib borgan? A) 20 ming B) 25 ming C) 30 ming D) 35 ming
1919-yilning kech kuziga kelib Katta Ergash qo’l ostida necha nafar yigit qizil armiyaga qarshi kurash olib borgan? A) 10 ming B) 8 ming C) 15 ming D) 18 ming
Farg’ona vodiysidagi istiqlolchilik harakatini quyidagi qaysi qo’rboshilar tomonidan yo’naltirib turilgan? A) Madaminbek, Shermuhammadbek, Xo’lxo’ja eshon B) Madaminbek, Shermuhammadbek, Nurmuhammadbek C) Madaminbek, Katta Ergash, Shermuhammadbek D) Madaminbek, Kichik Ergash, Katta Ergash
Qaysi paytga kelib Farg’ona vodiysiga bolsheviklar tomonidan qo’shimcha kushlarning tashlanishi natijasida jangovar tashabbus qizil armiyaga o’tgan? A) 1919-yil yozining oxiri B) 1919-yilning kech kuzi C) 1920-yil yanvar oyining o’rtalari D) 1920-yil mart
Katta Ergash qo’rboshining qo’shini mag’lubiyatga uchragach, asosiy kuchlarini olib Oloy vohasiga chekingan istiqlolchilik harakati namoyondasi kim edi? A) Madaminbek B) Shermuhammadbek C) Nurmuhammadbek D) Xolxo’ja eshon
Madaminbek bilan 2-Turkiston o’qchi diviziyasi boshlig’i N.Veryovkin-Roxalskiy o’rtasida Skobelev shahrida yarash bitimi imzolangan sanani belgilang. A) 1919-yil 12-oktabr B) 1920-yil 27-fevral C) 1920-yil 6-mart D) 1920-yil 3-may
Madaminbek qachon o’ldirilgan? A) 1920-yil yanvar B) 1920-yil fevral C) 1920-yil mart D) 1920-yil may
Turkistondagi istiqlolchilik harakati qachon o’zining yangi bosqichiga qadam qo’ygan? A) 1919-yil yozining oxiri B) 1919-yilning kech kuzi C) 1920-yil yanvar oyining o’rtalari D) 1920-yilning yozi va kuzi
Buxoro va Xorazmda bosqinchi qizil armiyaga qarshi kurash qachondan boshlangan? A) 1919-yil yozining oxiri B) 1919-yilning kech kuzi C) 1920-yil yanvar oyining o’rtalari D) 1920-yilning yozi va kuzi
Shermuhammadbek boshchiligida Turkiston – turk mustaqil islom jumhuriyati tashkil topgan sanani belgilang. A) 1919-yil 12-oktabr B) 1920-yil 27-fevral C) 1920-yil 6-mart D) 1920-yil 3-may
Madaminbek halok bo’lgach, kim Turkistondagi istiqlolchilik harakatiga boshchilik qilgan? A) Shermuhammadbek B) Xo’lxo’ja eshon C) Islom polvon D) Nurmuhammadbek
Farg’ona armiya gruppasi shtabining “mutlaqo maxfiy” ma’lumotlariga ko’ra 1921-yil iyun-sentabr oylarida viloyatda …dan ortiq qo’rboshi guruhlari harakat qilgan. A) 50 B) 100 C) 150 D) 200
Sovet hukumati tomonidan 1921-yil 13-sentabrda qayerda favqulodda holat e’lon qilingan? A) Kavkazda B) Farg’ona vodiysida C) Xorazmda D) Ukrainada
Qachon Farg’ona viloyatida sovet hokimiyati tomonidan harbiy diktatura o’rnatilgan va Turkiston fronti harbiy inqilobiy kengashi a’zosi P.Baranov Farg’ona viloyatining harbiy diktatori etib tayinlangan sanani belgilang. A) 1921-yil 13-sentabr B) 1920-yil 27-fevral C) 1920-yil 6-mart D) 1920-yil 3-may
1921-yil noyabrda kim Farg’ona viloyatining harbiy diktatori etib tayinlangan? A) P.Kobozev B) M.Frunze C) Ye.Perfilev D) P.Baranov
1923-1924-yillarda Farg’ona vodiysida istiqlolchilik harakatiga rahbarlik kimning qo’liga o’tadi? A) Shermuhammadbek va Nurmuhammadbek B) Shermuhammadbek va Xolxo’ja eshon C) Islom polvon va Yormat maxsum D) Bahrombek va Ochilbek
Samarqand viloyatidagi istiqlolchilik harakatiga 1918-1923-yillarda kim boshchilik qilgan? A) Hamroqulbek va Namoz polvon B) Shahriyor va Xolxo’ja eshon C) Islom polvon va Yormat maxsum D) Bahrombek va Ochilbek
Samarqand yaqinidagi Pastqishloqda tug’ilgan va Bahrombek qo’rboshining yaqin yordamchisi sanalgan istiqlolchilik harakati ishtirokchisi kim edi? A) Ochilbek B) Hamroqulbek C) Shahriyor D) Yormat maxsum
Bahrombek qo’rboshi o’z yigitlari bilan nechanchi yilgacha qizil armiyaga qarshi faol kurashgan? A) 1919-yilgacha B) 1921-yilgacha C) 1922-yilgacha D) 1923-yilgacha
Bolsheviklar istiqlolchilik harakati yetakchilaridan qaysi birini 1922-yilning kuzida chekistlar va josuslar ko’magida ukasi Shahriyor bilan qo’lga olib, Samarqand shahrida otib tashlashgan? A) Ochilbek B) Hamroqulbek C) Bahrombek D) Yormat maxsum
Istiqlolchilik harakati yetakchilaridan hisoblangan Ochilbek nechanchi yildan boshlab “Turkiston milliy birligi” tashkiloti ko’rsatmalari asosida faoliyat ko’rsatgan? A) 1919-yil B) 1920-yil C) 1921-yil D) 1922-yil
Ahmad Zakiy Validiyning yozishicha, quyidagi Istiqlolchilik harakati yetakchilaridan qaysi biri 1921-yilda e’tiboran “Turkiston milliy birligi” tashkiloti ko’rsatmalari asosida faoliyat ko’rsatgan? A) Ochilbek B) Hamroqulbek C) Bahrombek D) Yormat maxsum
Istiqlolchilik harakati yetakchilaridan qaysi biri 1923-yil 10-mayda Kitob atrofida qizil askarlar bilan bo’lgan janglarning birida mardlarcha halok bo’lgan? A) Ochilbek B) Hamroqulbek C) Bahrombek D) Yormat maxsum
Farg’ona vodiysida istiqlolchilik harakatida faol qatnashgan ayol qo’rboshilar nomi quyidagi qaysi javobda to’g’ri ko’rsatilgan? 1. Shakarxon; 2. Muhiddinbekning onasi; 3. Nodira qiz; 4. Qurbonjon dodho. A) 1, 2 B) 3, 4 C) 1, 3 D) 1, 2, 3
Buxoroda istiqlolchilik harakatida faol qatnashgan ayol qo’rboshi nomi quyidagi qaysi javobda to’g’ri ko’rsatilgan? A) Shakarxon; B) Muhiddinbekning onasi C) Nodira qiz; D) Qurbonjon dodho
Bolshevik maddohlardan birining e’tiroficha, “… qo’rboshilar o’rtasida eng kuchlisi bo’lgan bo’lsa, … shubhasiz eng xavflisi edi”. A) Madaminbek, Kichik Ergash B) Madaminbek, Katta Ergash C) Madaminbek, Shermuhammadbek D) Madaminbek, Islom polvon
Istiqlolchilik harakati yetakchilari sanalgan Farg’ona vodiysi, Buxoro va Xorazm qo’rboshilarining qurultoylari necha marta o’tkazilgan? A) 20 ga yaqin B) 20 dan ortiq C) 30 ga yaqin D) 30 dan ortiq
Istiqlolchilik harakati yetakchilari sanalgan qo’rboshilarning qurultoylarida qanday masalalar ko’rilmagan? A) rahbarlar saylangan B) qo’rboshilar yagona qo’mondonlik qo’l ostiga birlashtirilgan C) qo’rboshilar guruhlari harakat qiladigan joylar va ta’sir doiralari belgilab olingan D) o’ljalar taqsimlangan
Turkistonda istiqlolchilik harakatining birinchi bosqichi necha yil davom etgan? A) 4 yil B) 7 yil C) 8 yil D) 9 yil
Qo’rboshilarning ko’pchiligi nechanchi yilga kelib qurolli qarshilikni to’xtatgan? A) 1921-yil B) 1923-yil C) 1924-yil D) 1928-yil
Turkiston o’lkasida istiqlolchilik harakatining birinchi bosiqichi nechanchi yilda yakuniga yetgan? A) 1921-yil B) 1923-yil C) 1924-yil D) 1928-yil
O’rta asrlarda O’rta Osiyo xonliklari qurol-yarog’ ombori mutasaddisi hamda qurol-aslaha, turli yarog’lar va to’p yasash korxonalari boshlig’i qanday atalgan? A) bosmachi B) miroxur C) qo’rboshi D) yarog’bardor
Turkistonda 1918-1925-yillarda keng xalq ommasi vakillarining bosqinchi qizil armiyaga qarshi olib brogan qurolli harakatiga sho’ro hukumati davrida buyuk davlatchilik shovinistlari tomonidan qanday rasmiy nom berilgan? A) “istiqlolchilik” B) “qo’rboshilik” C) “bosmachilik” D) “terrorchilik”
|
Yangi mavzu bayoni
15 daqiqa
|
“Global muqoyasa”. Quyidagi mamlakatlarda monarxiyaning agʻdarilishi bilan bogʻliq tarixiy faktlarni tezkor ravishda yodga oling (suratlar eskiziga davlat bayroqlari joylashtirilishi tavsiya qilinadi):
Buxoroda davlat toʻntarishi arafasida oʻzaro muxolif siyosiy kuchlar hamda ularning ortida turgan manfaatdor doiralarni tasniflang:
“Yosh buxoroliklar” faoliyatidagi tadrijiy va inqilobiy aspektlarni muhokama qiling.
“Yosh buxoroliklar”dan chiqqan davlat arboblari faoliyati boʻyicha qisqacha fototaqdimot (Imkon qadar tarixiy shaxslarning portretlaridan foydalanish hamda quyidagi mezonlar asosida ularni tavsiflash tavsiya etiladi):
Ixtisosligi (maʼlumoti);
Ijtimoiy-siyosiy faoliyati;
Faoliyatining yakuni.
“Yosh buxoroliklar”ning sovetlar bilan oʻzaro aloqalarini baholang (belgilangan davrda oʻzaro aloqalarning ijobiy hamda salbiy xususiyatlarini tavsiflash talab qilinadi):
|
Mavzuni mustahkamlash va baholash
15 daqiqa
|
Test topshiriqlari (imkon qadar tarqatma material shaklida foydalanish tavsiya etiladi):
Buxoro amiri Sayid Olimxon qaysi yillarda yashagan? A) 1881-1944-yy. B) 1875-1934-yy. C) 1878-1954-yy. D) 1886-1938-yy.
Rossiyadagi Fevral inqiliobidan keyin Buxorodagi Rossiya imperiyasining siyosiy agentligi qanday ataladigan bo’ldi? A) Muvaqqat hukumatning Buxoro ishlari bo’yicha qo’mitasi B) Rossiya hukumatining rezidenti C) Turkiston qo’mitasining Buxorodagi missiyasi D) O’rta Osiyo okrugining Buxoro korpusi
Quyidagi qaysi voqea Yosh buxoroliklar ichida kuchlar nisbatining qayta guruhlanishini tezlashtirgan? A) Fevral inqilobi B) Turkiston Muxtoriyatining ag’darilishi C) Oktabr inqilobi D) TASSRning tuzilishi
Yosh buxoroliklar tarkibida mamlakat va jamiyatni asta-sekin isloh qilish tarafdorlari bo’lgan eski jadidlarga kimlar boshchilik qilganlar? A) Abdulvohid Burhonov (Munzim), Sadriddin Ayniy B) Abdurauf Fitrat, Fayzulla Xo’jayev C) Abdulvohid Burhonov (Munzim), Fayzulla Xo’jayev D) Abdurauf Fitrat, Sadriddin Ayniy
Yosh buxoroliklar tarkibida mamlakat va jamiyatni isloh qilishda faol harakatlar qilish tarafdorlari bo’lgan yangi jadidlarga kimlar boshchilik qilganlar? A) Abdulvohid Burhonov (Munzim), Sadriddin Ayniy B) Abdurauf Fitrat, Fayzulla Xo’jayev C) Abdulvohid Burhonov (Munzim), Fayzulla Xo’jayev D) Abdurauf Fitrat, Sadriddin Ayniy
Yosh buxoroliklar yetakchilaridan Abdulvohid Burhonov (Munzim) qaysi yillarda yashagan? A) 1875-1934-yy. B) 1878-1954-yy. C) 1886-1938-yy. D) 1896-1938-yy.
Sadriddin Ayniy qaysi yillarda yashagan? A) 1875-1934-yy. B) 1878-1954-yy. C) 1886-1938-yy. D) 1896-1938-yy.
Abdurauf Fitrat qaysi yillarda yashagan? A) 1875-1934-yy. B) 1878-1954-yy. C) 1886-1938-yy. D) 1896-1938-yy.
Fayzulla Xo’jayev qaysi yillarda yashagan? A) 1875-1934-yy. B) 1878-1954-yy. C) 1886-1938-yy. D) 1896-1938-yy.
Buxoro amiri Sayid Olimxon islohotlar o’tkazish to’g’risida farmon imzolagan sanani aniqlang. A) 1917-yil 14-mart B) 1917-yil 7-aprel C) 1917-yil 8-aprel D) 1917-yil 14-aprel
Yosh buxoroliklar tomonidan Buxoro shahrida uyushtirilgan namoyish amir tomonidan bostirilgan sanani belgilang. A) 1917-yil 14-mart B) 1917-yil 7-aprel C) 1917-yil 8-aprel D) 1917-yil 14-aprel
Sayid Olimxon tomonidan e’lon qilingan islohotlar o’tkazish to’g’risidagi farmon qachon bekor qilingan? A) 1917-yil 14-mart B) 1917-yil 7-aprel C) 1917-yil 8-aprel D) 1917-yil 14-aprel
Yangi Buxoro (Kogon)da Buxoro amirligi hududidagi rus manzilgohlari ishchi va soldat deputatlari Sovetlarining II syezdi qachon bo’lib o’tgan? A) 1917-yil 14-aprel B) 1917-yil 12-noyabr C) 1917-yil 2-dekabr D) 1917-yil 27-dekabr
1917-yil 12-dekabrda bo’lib o’tgan Buxoro amirligi hududidagi rus manzilgohlari ishchi va soldat deputatlari Sovetlarining II syezdida Buxoroda amirlik tuzumini ag’darib tashlab, hokimiyatni … boshchiligidagi Yosh buxoroliklarga berishga qaror qilingan. A) Abdulvohid Burhonov (Munzim) B) Abdurauf Fitrat C) Fayzulla Xo’jayev D) Sadriddin Ayniy
Turkiston o’lkasi XKS Raisi Fyodor Kolesov boshchiligidagi 3500 kishidan iborat harbiy kuchlar Yangi Buxoro (Kogon)ga yetib kelgan sanani belgilang. A) 1917-yil 14-aprel B) 1917-yil 12-noyabr C) 1917-yil 2-dekabr D) 1918-yil 1-mart
1918-yil martda Fayzulla Xo’jayev raisligida tuzilgan yosh buxoroliklarning inqilobiy qo’mitasi necha kishidan iborat edi? A) 4 kishi B) 7 kishi C) 12 kishi D) 15 kishi
Kolesov qo’shinlari qachon Eski Buxoroga hujum boshlagan? A) 1917-yil 14-aprel B) 1917-yil 12-noyabr C) 1917-yil 2-dekabr D) 1918-yil 2-mart
Kolesov qo’shinlari va Buxoro amirligi qo’shinlari o’rtasidagi dastlabki to’qnashuv qayerda ro’y bergan? A) Chorjo’y B) Kogon C) Fathobod D) Qorako’l
Sovet Turkistoni va Buxoro amirligi o’rtasida Qiziltepa bitimi imzolangan sanani aniqlang. A) 1918-yil 25-mart B) 1918-yil 5-mart C) 1918-yil 17-mart D) 1920-yil 12-avgust
Buxoro amiri nomidan Qiziltepa bitimini kim imzolagan? A) vaziri buzurg Islomxo’ja B) bosh zakotchi Mirza Salimbek C) bosh qozi Bobooxun Salomov D) Usmon Xo’ja
Kolesov otryadi Buxoro amirligining qaysi shaharlarida talon-taroj qilingan boylik bilan Toshkentga qaytgan? 1. Buxoro; 2. Kogon; 3. Fathobod; 4. Karmana; 5. Xatirchi; 6. Chorjo’y A) 1, 4, 5 B) 1, 3, 5 C) 2, 4, 6 D) 2, 3, 4, 6
Taniqli davlat arbobi va mashhur tarixchi Mirza Salimbekning “Tarixi Salimiy” asarida quyidagi qaysi tarixiy voqea puxta bayon qilingan? A) “Kolesov voqeasi” B) Buxoroda islohotlar to’g’risida farmonning e’lon qilinishi C) Yosh buxoroliklar faoliyati D) Buxoro amirligining tugatilishi
Turkiston fronti qo’mondoni M.V.Frunze amirlikni tugatish maqsadida Samarqand-Buxoro frontini tuzish to’g’risida buyruq bergan sanani belgilang. A) 1918-yil 25-mart B) 1918-yil 5-mart C) 1918-yil 17-mart D) 1920-yil 12-avgust
Sovet hukumati xalqaro huquq normalarini qo’pol ravishda buzib, Buxoro amirligini tugatishga kirishgan sanani belgilang. A) 1918-yil 25-mart B) 1920-yil 29-avgust C) 1918-yil 17-mart D) 1920-yil 12-avgust
M.Frunze tomonidan Buxoro amirligini tugatishga safarbar qilingan kuchlar nechta zarbdor guruhga bo’lingan? A) 4 ta B) 2 ta C) 3 ta D) 5 ta
Ma’lumki, M.Frunze tomonidan Buxoro amirligini tugatishga safarbar qilingan kuchlar 4 ta zarbdor guruh (Samarqand, Kattaqo’rg’on, Chorjo’y va Kogon)ga bo’lingan. Asosiy vazifa qaysi guruh zimmasiga yuklangan? A) Samarqand B) Kattaqo’rg’on C) Kogon D) Chorjo’y
M.Frunze tomonidan Buxoro amirligini tugatish ishlariga safarbar qilingan Kogon guruhi zimmasiga quyidagi qaysi vazifa yuklanmagan? A) Eski Buxoro shahrini bosib olish B) Amir Olimxonni asirga olish C) Arkdagi xazinani egallash D) tashqaridan kelishi mumkin bo’lgan yordamchi kuchlarning yo’lini to’sish
Buxoro shahri darvozalarining qaysi biri bronepoyezddagi snaryadlardan o’qqa tutilgan? A) Qarshi B) Samarqand C) Shayx Jalol D) Namozgoh
Buxoro shahri 1920-yil 1-2 sentabr kunlari qizil armiyaning nechta aeroplanidan o’qqa tutilgan? A) 8 ta B) 11 ta C) 15 ta D) 20 ta
Amir Olimxon Buxoro shahri obidalari va aholini qizil armiya hujumidan omon saqlab qolish maqsadida qayerga chekingan? A) Kogon B) Chorjo’y C) Sharqiy Buxoro D) Karmana
Buxoro shahri qizil armiya tomonidan qachon egallangan? A) 1920-yil 12-avgust B) 1920-yil 29-avgust C) 1920-yil 2-sentabr D) 1920-yil 6-oktabr
Buxoroda qizil armiya bosqini natijasida, … ta saroy, … ta masjid, … ta guzar yonib xarob bo’lgan. A) 20, 20, 35 B) 20, 29, 34 C) 24, 29, 34 D) 20, 24, 39
Buxoro shahri qizil armiya tomonidan yakson etilgandan so’ng qariyb necha kun yonib turgan? A) ikki hafta B) 17 kun C) 20 kun D) 30 kun
Buxoroliklar qizil armiya bosqini voqeasini “kichik qiyomat” deb ataganliklari haqida qaysi tarixchi ma’lumot beradi? A) Mirza Salimbek B) Muhammad Ali Baljuvoniy C) Sadriddin Ayniy D) Ahmad Donish
“Tarixi nafoe” (“Foydali tarix”) asari qaysi tarixchi qalamiga mansub? A) Mirza Salimbek B) Muhammad Ali Baljuvoniy C) Sadriddin Ayniy D) Ahmad Donish
Sitorai Mohi-Xosada Butunbuxoro xalq vakillarining I qurultoyi chaqirilgan sanani aniqlang. A) 1920-yil 29-avgust B) 1920-yil 1-2-sentabr C) 1920-yil 6-8-oktabr D) 1920-yil 18-23-sentabr
Buxoro Xalq Sovet Respublikasi (BXSR) tuzilganligi qachon e’lon qilingan? A) 1920-yil 2-sentabr B) 1920-yil 6-oktabr C) 1921-yil 18-sentabr D) 1920-yil 7-aprel
Butunbuxoro xalq vakillarining I qurultoyida kim BXSR Nozirlar Sho’rosining raisi etib saylangan? A) Fayzulla Xo’jayev B) Abdulqodir Muhitdinov C) Abdurauf Fitrat D) Usmon Xo’ja
Butunbuxoro xalq vakillarining I qurultoyida Abdulqodir Muhitdinov qanday lavozimga saylangan? A) BXSR Nozirlar Sho’rosining raisi B) Butunbuxoro Markaziy Inqilobiy Qo’mitasi (Markaziy revkom) raisi C) favqulodda komissiya raisi D) ichki ishlar noziri
BXSR dastlabki hukumatida tashqi ishlar noziri lavozimini kim egallagan? A) Fayzulla Xo’jayev B) Abdulqodir Muhitdinov C) Abdurauf Fitrat D) Usmon Xo’ja
Qori Yo’ldosh Po’latov BXSR dastlabki hukumatida qaysi lavozimni egallagan? A) tashqi ishlar noziri B) maorif noziri C) moliya noziri D) ichki ishlar noziri
Muxtorjon Saidjonov BXSR dastlabki hukumatida qaysi lavozimni egallagan? A) tashqi ishlar noziri B) maorif noziri C) moliya noziri D) ichki ishlar noziri
Usmonxo’ja Po’latxo’jayev BXSR dastlabki hukumatida qaysi lavozimni egallagan? A) tashqi ishlar noziri B) maorif noziri C) moliya noziri D) ichki ishlar noziri
Najib Husainov BXSR dastlabki hukumatida qaysi lavozimni egallagan? A) davlat nazorati noziri B) maorif noziri C) moliya noziri D) ichki ishlar noziri
Yu.Ibrohimov BXSR dastlabki hukumatida qaysi lavozimni egallagan? A) davlat nazorati noziri B) favqulodda komissiya raisi C) moliya noziri D) ichki ishlar noziri
Mukammal Burhonov BXSR dastlabki hukumatida qaysi lavozimni egallagan? A) davlat nazorati noziri B) favqulodda komissiya raisi C) adliya noziri D) ichki ishlar noziri
Shihobuddinov BXSR dastlabki hukumatida qaysi lavozimni egallagan? A) davlat nazorati noziri B) favqulodda komissiya raisi C) adliya noziri D) harbiy ishlar noziri
Mirzo Muhiddin Mansurov BXSR dastlabki hukumatida qaysi lavozimni egallagan? A) savdo va sanoat noziri B) favqulodda komissiya raisi C) adliya noziri D) ichki ishlar noziri
Butunbuxoro xalq vakillarining II qurultoyi qachon o’tkazilgan? A) 1921-yil 29-avgust B) 1921-yil 1-2-sentabr C) 1921-yil 6-8-oktabr D) 1921-yil 18-23-sentabr
BXSR Konstitutsiyasi nechanchi yilda qabul qilingan? A) 1920-yil B) 1921-yil C) 1922-yil D) 1923-yil
BXSRda Markaziy revkom o’rniga Butunbuxoro Markaziy Ijroiya Qo’mitasi tashkil qilingan sanani aniqlang. A) 1921-yil fevral B) 1921-yil sentabr C) 1922-yil oktabr D) 1922-yil dekabr
Butunbuxoro Markaziy Ijroiya Qo’mitasi tashkil qilinganda kim unga Rais etib saylangan? A) Fayzulla Xo’jayev B) Abdulqodir Muhitdinov C) Abdurauf Fitrat D) Usmon Xo’ja
1922-1924-yillarda Butunbuxoro Markaziy Ijroiya Qo’mitasini kim boshqargan? A) Abdulqodir Muhitdinov B) Fayzulla Xo’jayev C) Muinjon Aminov D) Porso Xo’jayev
Nechanchi yilga kelib tashqi kuchlar tazyiqi bilan Fayzulla Xo’jayevning yaqin safdoshlari hisoblangan Fitrat, Otaulla Xo’jayev, Sattor Xo’jayev, Muinjon Aminov, Qori Yo’ldosh Po’latov kabi nozirlar BXSR hukumati tarkibidan chiqarilgan? A) 1921-yil B) 1922-yil C) 1923-yil D) 1924-yil
Nechanchi yilda BXSR hukumati Moskva va Toshkentning “kommunistcha sabog’i”ni olgan “tajribali sovet xodimlari” bilan to’ldirilgan? A) 1921-yil B) 1922-yil C) 1923-yil D) 1924-yil
Butunbuxoro xalq vakillarining V qurultoyi qachon bo’lib o’tgan? A) 1921-yil 18-23-sentabr B) 1922-yil 30-dekabr C) 1924-yil 18-20-sentabr D) 1923-yil oktabr
Qachon BXSRning nomi Buxoro Sovet Sotsialistik Respublikasi (BSSR)ga o’zgartirildi? A) 1921-yil sentabr B) 1922-yil dekabr C) 1923-yil oktabr D) 1924-yil sentabr
Nechanchi yilda Fayzulla Xo’jayev nemis banklari va chet el savdo kompaniyalari bilan mustaqil shartnoma tuzish uchun Berlinga borgan? A) 1921-yil B) 1922-yil C) 1923-yil D) 1924-yil
Guruhlarda ishlash. “BXSR Rossiya taʼsiriga tushib qolmay, mustaqil taraqqiyot yoʻlidan ketganida…” mavzusida qisqacha jamoaviy taqdimot tayyorlash.
|
Uyga vazifa
|
Asqad Muxtor ijodiga mansub “Buxoroning jin koʻchalari” qissasini mutolaa qilish asosida Fayzulla Xoʻjayev faoliyati haqidagi shaxsiy taassurotlarni boyitish;
Buxoro amirligidagi davlat toʻntarishi hamda zamonaviy global olamda ayrim xorijiy mamlakatlarda yuz berayotgan geosiyosiy jarayonlarni oʻzaro muqoyasa qilgan holda qisqa tahliliy axborot tayyorlash (ixtiyoriy, jamoaviy asosda bajarish ham mumkin):
Variantlar: Afgʻoniston (1979-yilgi avantyura), Ukraina (2014-yilgi inqilob), Liviya (2011-yil), Suriya (2015-yil), Vyetnam avantyurasi (1955) va hokazo.
|
Tekshirildi va ruxsat etildi:
|
Oʻquv-tarbiyaviy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosari:
|
Ishimova Gavkhar Ravshanovna
|
Ilova
|
TK-1
|
Kommunikativ kompetensiya — ijtimoiy vaziyatlarda ona tilida hamda birorta xorijiy tilda o‘zaro muloqotga kirisha olishni, muloqotda muomala madaniyatiga amal qilishni, ijtimoiy moslashuvchanlikni, hamkorlikda jamoada samarali ishlay olish layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi.
|
TK-2
|
Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi — mediamanbalardan zarur ma’lumotlarni izlab topa olishni, saralashni, qayta ishlashni, saqlashni, ulardan samarali foydalana olishni, ularning xavfsizligini ta’minlashni, media madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi.
|
TK-3
|
O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi — doimiy ravishda o‘z-o‘zini jismoniy, ma’naviy, ruhiy, intellektual va kreativ rivojlantirish, kamolotga intilish, hayot davomida mustaqil o‘qib-o‘rganish, kognitivlik ko‘nikmalarini va hayotiy tajribani mustaqil ravishda muntazam oshirib borish, o‘z xatti-harakatini muqobil baholash va mustaqil qaror qabul qila olish ko‘nikmalarini egallashni nazarda tutadi.
|
TK-4
|
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi — jamiyatda bo‘layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish va ularda faol ishtirok etish, o‘zining fuqarolik burch va huquqlarini bilish, unga rioya qilish, mehnat va fuqarolik munosabatlarida muomala va huquqiy madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi.
|
FK-1
|
Tarixiy voqelikni tushunish va uni mantiqiy izchillikda tushuntira olish kompetensiyasi
|
FK-2
|
Tarixiy manba va adabiyotlar bilan ishlash kompetensiyasi
|
Do'stlaringiz bilan baham: |