Toshkent teleminorasi haqida ma’lumot bering. Javob


Yoritish uskunalari ularning turlari


Download 1.12 Mb.
bet5/10
Sana11.05.2023
Hajmi1.12 Mb.
#1454703
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Yakuniy nazorat savollari (2)

Yoritish uskunalari ularning turlari.

Javob: Hozirgi kunda televidenie, kino va teatrlarda tasvirga olish jarayonlarini maxsus yoritish uskunalarisiz tasavvur etish qiyini. Xoh studiyada, xoh tashqarida tasvirga olish ishlari olib borilsin, maxsus yoritish uskunalari doimo yorituvchilarga yordamga keladi. Hozirda bir qancha firma-kompaniyalar turli xildagi yoritish uskunalarini ishlab chiqarmoqdalar. Yoritish uskunalari ishlatilish sohalariga ko’ra shartli ravishda uchga bo’linadi. Bular yoyib beruvchi, yo’naltirilgan va maxsus effekt chiroqlari.
Yoyib beruvchi yoritish uskunalari
Ushbu yoritish uskunalari o’z nomidan kelib chiqqan xolda chiqayotgan yorug’likni yoyib beradi. Bu yoritish uskunalaridan katta maydonni bir tekisda yoritishda foydalaniladi. Bu yoritish uskunalari ikki xil ko’rinishda ishlab chiqariladi: simmetrik va assimmetrik. Simmetrik turdagilardan yuqorida aytib o’tilganidek, katta maydonni bir tekisda yoritishda keng foydalaniladi. Assimmetrik, ya’ni, simmetrik bo’lmagan turlaridan ko’p xollarda dekoratsiya elementlari va orqa fon matolarini yoritishda foydalaniladi.Ushbu yoritish uskunalarida 100Vt dan 1000Vt gacha bo’lgan galogen lampalar qo’llaniladi. Ular maxsus nur qaytargichlarning (otrajatel) markaziga o’rnatiladi. Bu orqali lampadan chiqayotgan nur oqimining 20-50% ortishiga erishiladi.Yoritish uskunasi korpusi list shaklidagi po’latdan tayyorlanadi. Korpus yoritish uskunasi yuqori darajada issiqlik xosil bo’lishi uchun maxsus ventilyasiya darchalari bilan ham jixozlanadi.
Yo’naltirilgan yoritish uskunalari

Ushbu turdagi yoritish uskunalaridan ko’rsatuv ishtirokchilari, saxnadagi aktyorlar va dekoratsiya elementlarida yo’naltirilgan yorug’lik xosil qilish uchun foydalaniladi. Bu yoritish uskunalari projektorlar deb ham yuritiladi. Bunda manbadan chiqayotgan yorug’likni optik linza yordamida bir nuqtaga yig’ish imkoniyati mavjud. Optik linza sifatida ko’p xollarda Frenel linzalari qo’llaniladi.Yoritish uskunasi lampa, parabolik nur qaytaruvchi (otrajatel), fokus mexanizmlariga ega. Lampaning optik o’qdan siljishi yorug’lik nurining kengligiga ta’sir qiladi va aynan shu yo’naltirilgan yoritish uskunalarining asosiy muhim jixati hisoblanadi.Bu yoritish uskunalarida manba sifatida 500Vt dan 5000Vt gacha bo’lgan galogen lampalar qo’llaniladi.Profil va kuzatib boruvchi (yorug’lik pushkalari) yoritish uskunalari ham projektorlar turiga mansub hisoblanadi. Ushbu yoritish uskunalaridan keng imkoniyatlari sabab yorituvchi xodimlar tomonidan keng foydalaniladi.


Profil yoritish uskunalarining o’ziga xos tomoni shundaki, korpusda o’rnatilgan maxsus turdagi to’suvchilar va diafragma yordamida chiqayotgan yorug’lik nuriga shakl berish mumkin bo’ladi. Chiqayotgan yorug’lik nuriga to’g’ri to’rtburchak, trapetsiya, doira, yarim doira, uchburchak kabi shakllarini berish imkoniyatlari mavjud.Bundan tashqari yoritish uskunasining old qismiga maxsus gobolar ham o’rnatish mumkin. Gobo – bu oyna yoki metall plastinaga chizilgan rasm yoki shakl. Gobolar ko’p firmalar tomonidan keng ishlab chiqariladi yoki zarur shakllarni ham buyurtma qilish mumkin.

Download 1.12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling