O‘zbekiston MTRK tarixi, ish faoliyati, davlat telekanallari haqida umumiy ma’lumot bering.
Javob: O‘zbekiston MTRK tarixi- 1996-yil 7-mayda Oʻzbekiston Davlat teleradiokompaniyasi Oʻzbekiston teleradiokompaniyasi (TRK Oʻzbekiston) deb oʻzgartirildi. 2005-yil 8-noyabrda O‘zbekiston TRK O‘zbekiston MTRK etib qayta tashkil etildi. uning tarkibida “O‘zbekiston teleradiokanali” davlat unitar korxonalari “Sport” teleradiokanali “Toshkent” teleradiokanali “Yoshlar” teleradiokanali” kabi kanallar mavjud edi. 2013-yil 13-dekabrda O‘zbekiston MTRK “Oilaviy” va “Diyor” telekanallarini ishga tushirdi . 2017-yilda “Toshkent” radiostansiyasi o‘z chastotasida yopildi, “O‘zbekiston 24” radiostansiyasi ishga tushirildi. Hozirgi kunda yana bir qator kanalllar ishga tushirilgan. Ular ‘’Mahalla’’, ‘’ Bolajon’’, ‘’Dunyo boylab’’, ‘’Navo’’ , ‘’Kinoteatr’’, ‘’ Madaniyat va marifat ’’ kabi kanallar ishga tushirilgan.
Ish faoliyati- badiiy dasturlar, musiqa va ko'ngilochar dasturlar, ijtimoiy-siyosiy va ma'rifiy dasturlar, sport va yoshlar dasturlari, axborot, iqtisodiyot va qishloq xo‘jaligi, adabiy dasturlar, musiqali dasturlar va bolajonlarimiz uchun multfilm dasturlari boyicah ish faoliyati olib boriladi.
Davlat telekanallari haqida umumiy ma’lumot bering-
O'zbekiston 24 - axborot-tahliliy dasturi barcha kun davomida sodir bolayotgan yangiliklarni yetkazib beruvchi kanal
Sport – sport tturlari boyicha musobaqalarni translyatsiya qiluvchi kanal
Madaniyat va maʼrifat (“Madaniyat va maʼrifat”) — ilmiy maʼrifiy suhbatlar uchrashuvlarni va korsatuvlarni translyatsiya qiluvchi kanal
Dunyo Boʻylab ("Dunyo boʻylab") – dunyo geografiyasini va tabiatini tanishtiruvchi va ulashuvchi kanal
Bolajon ("Bola") - bolalar uchun qiziqarli multfilmalarni translyatsiya qiluvchi kanal
Navo ("Ohang") – milliy va xalqaro musiqiy kanal
Oilaviy ("oila")-oilaviy korsatuvlar kanali
Kinoteatr – kino kanali
Do'stlaringiz bilan baham: |