Тошкент тиббиёт академияси Урганч филиалида


Download 36.67 Kb.
bet1/4
Sana19.06.2023
Hajmi36.67 Kb.
#1621737
  1   2   3   4
Bog'liq
Qasamyod 2022




2022-yilning 16-oktabr sanasida o‘tkazilgan Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali talabalarining
«Talabalikka bag‘ishlov Qasamyodi» qabul qilish marosim tadbiri
S E N A R I Y S I
Sahnaga Vatanni madh etuvchi musiqa ostida 2 boshlovchi kirib keladi.
1-Boshlovchi: Assalomu Alaykum muhtaram mehmonlar, tadbirimiz ishtirokchilari


2-Boshlovchi: Assalomu Alaykum oliygohimiz professor-o‘qituvchilari, aziz talabalar, hurmatli ota-onalar!


1-Boshlovchi: Tabiat mu’jizalarga to‘la. Undagi har bir giyoh siz bilan tillasha oladi. Faqat uni tinglash va anglash qobiliyati xammamizgayam nasib qilavermaydi. Buyuk bobomiz Ibn sino avlodlari sanalmish, oppoq liboslari kabi qalbi toza shifokorlarimiz ana shunday qobiliyat egalari sanaladi.


2-Boshlovchi: Bugun biz ana shunday sharafli kasbni tanlagan yoshlarimiz ya’ni Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali 1-bosqich talabalarining «Talabalikka bag‘ishlov Qasamyodi» qabul qilish marosimiga yig‘ilganmiz.

1-Boshlovchi: Talabalikni inson umrining oltin davriga qiyoslanganligi bejiz emasdir. Chunki inson o'zining mazmunli hayoti davomida bir marta o'quvchi va bor marta talaba bo'lish baxtiga muyassar bo'ladi. Zero, talabalik inson umrining takrorlanmas va unutilmas bahoridir..


2-Boshlovchi: Qolaversa, filialimiz talabalarining yangi, shinam, zamonaviy ko‘rinishdagi binoda o‘qishlari albatta hammamiz uchun quvonarli. Bu orqali davlatimizning biz yoshlarga yaratib berayotgan sharoitlari va imkoniyatlari naqadar yuksak ekanligiga guvoh bo‘lamiz


1-Boshlovchi: Mana shu muhtasham binoda o‘tirgan yoshlar ham hukumatimizning yoshlarga yaratib berayotgan imkoniyatlardan foydalanib, test sinovlarining adolatli va haqqoniy o‘tkazilishi natijasida TALABA degan buyuk va sharafli nomga musharraf bo‘ldilar.
2-Boshlovchi: Shu bilan bir qatorda oliygohimizda
kabi ko’p
lab davlatlardan chet ellik talabalar ham tahsil olishmoqa


1-Boshlovchi: Muxtaram mehmonlar, tadbirimiz ishtirokchilari, aziz talabalar! Bayram nafasi ufurib turgan mana shu qutlug‘ kunda siz azizlarni tabriklash va tadbirni ochib berish uchun so‘z
Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali direktori, professor, Ruzibaev Rashid Yusupovichga. Marhamat!


Rashid Yusupovich tabrigi (Tabrikdan so‘ng Sultonali Rahmatovning “Vatan” kuyi ostida)
TABRIKLASH UCHUN SO’Z: ________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________



Download 36.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling