Toshkent tibbiyot akademiyasi 1-davolash fakulteti 104-”B” guruh talabasi turmuhammedova mohinabonuning tibbiy biologiya fanidan tayyorlagan


Download 0.84 Mb.
bet2/3
Sana17.02.2023
Hajmi0.84 Mb.
#1204743
1   2   3
Bog'liq
biologiya 4mavzu ppt

Morfologik tuzilishi. Tripanosomaning tanasi ingichka, cho'ziq, har ikki tomoni uchli bo'ladi. Tanasining o'rtasida yumaloq-oval shaklidagi yadro bo'ladi, tanasining orqa tomonida esa yadro bo'yoqlari bilan yaxshi bo'yaladigan kichkina tanacha - ble- faroplast yotadi. Uning yonida bazal tanacha joylashib, bu tanachadan xivchin o'sib chiqadi. Tripanosomaning xivchini uning tanasini aylanib o'tib, old tomonidan erkin holda chiqib turadi. Tripanosomaning harakatlanishi xivchini bilan pardasining tebra- nishi hamda tanasining egilishi natijasida yuzaga keladi. Blefaroplast xivchinni energiya bilan ta'minlab turadi. Tripanosoma bo'yiga qarab bo'linib ko'payadi, ko'payish blefaroplastdan boshlanib, yadro va oxirida protoplazma bo'linishi bilan tugaydi. Afrika uyqu kasalligining tabiiy manbayi jayronlar hisoblanadi, tarqatuvchisi esa Se-se pashshasidir (Glossinapalpalis). Kasallik faqat shu qonso'rar pashsha tarqalgan zonalarda uchraydi. Se-se pashshasi odam qonini so'rganda unga kasallikni yuqtiradi
Trypanosoma cruzi- Shagas kasalligini qo'zg'atuvchisi. Lotin Amerikasi mamla- katlarida xavfli Shagas kasalligini qo'zg'atuvchisi - Trypanosoma cruzi keng tarqalgan. Morfologik jihatdan Afrika uyqu kasalligi chaqiruvchisidan farq qilmaydi, lekin Trypanosoma cruzi joylashish joyiga qarab shakli har xil. Hujayraning ichida parazitlik qilgan tripanosoma xivchinsiz shakl - amastigotaga o'tadi va intensiA ravishda ko'payib, psev- dosistalar hosil qiladi. Parazitlar kasallik tarqatuvchi organisSmda va sun'iy usulda o'stirilganda xivchinli shaklda bo'ladi. Shagas kasalligining tarqatuvchisi qon so'radigan.qandala - Triatoma infestans hisoblanadi. Tripanosomalar qandalaning orqa ichagida yashaydi va 5-15 kun davomida taraqqiy etadi. Parazitlarni o'ziga bir marta yuqtirgan qandala butun umri davomida (2yil umr ko'radi) o'zida tripanosomalarni saqlaydi va odam uchun xavfli hisoblanadi
Leyshmaniyalaming ikki turi odamda parazitlik qiladi: Leishmania tropica va Leishmania donovani. Leismania tropica - teri leyshmaniozining chaqiruvchisi, ms vrachi P.F.Borovskiy tomonidan 1898-yilda kashf etilgan. Teri leyshmaniozi Markaziy Osiyo va Kavkaz ortida kensftarqalgan. Parazit teri hujayralarida yashaydi va terida yaralar hosil qiladi Kasallikning bir yil va undan ortiqroqqa cho'ziladigan shahar yoki surunkali shakli (ashxobod yarasi) va 3-6 oy davom etadigan o'tkir shakli (penda yarasi) tafovut qilinadi. Ashxobod yarasini Leishmania tropica minor, penda yarasini esa Leishmania tropica tropica keltirib chiqaradi Leyshmaniyalar teri hujayralarida parazitlik qiladi. Kasallikning yashirin (inkubat- sion) davri 3-8 oy davom etadi. Iskaptopar chaqqan joy shishib qoladi, so'ng shu joyda yara hosil bo'lib,ma'lum bir vaqtdan keyin bu yara chandiq hosil qiladi. Leishmania donovani - Markaziy Osiyoda kalaazar deb ataladigan umumiy yoki vistseral leyshma- niozning qo'zg'atuvchisidir. Kasallik manbalari Hindiston, Sharqiy Xitoy va O'rta yer dengizi sohillarida mavjud bo'ladi.
M orfologik tuzilishi. Leyshmaniyalar mayda parazitlar bo'lib, kattaligi 2-4 mkm gacha boradi. Tanasi yumaloq yoki oval shaklda bo'lib, pelikulla bilan qoplangan. Ro- manovskiy-Gimza usuli bilan bo'yalganda tanasida yadro va yadro rangiga bo'yalgan tanacha - blefaroplast aniqlanadi. Xivchin o'sib chiqqan tanacha bazal tanacha deyiladi. Uning hazm organoidlari bo'lmay, osmotik yo'l bilan oziqlanadi. Hamma xivchinlarga xos holda uzunasiga boiinib ko'payadi. Morfologik jihatdan leyshmaniyalar ham ikki xil shaklda: hujayra ichida - xivchin- siz, tashuvchilaming tanasida hamda sun'iy usulda o'stirilganda xivchinli ko'rinishda yashaydi. Leyshmaniyalar hayotining xivchinli davri leptomonad davr deb ataladi. Vistseral leyshmanioz tez-tez yoki ma'lum bir vaqt oralab isitma chiqarish bilan davom etadigan og'ir kasallik hisoblanadi. Morfologik jihatdan leyshmaniyaning ikkala turi ham bir-biridan deyarli farq qilmaydi.
Ichak lyam bliyasi - Lamblia intenstinalis. Lyambliya chaqirgan kasallik lyamb- lioz deyiladi. Lyamblioz hamma yerda tarqalgan bo'lib, aholining taxminan 10 foizida parazitlami topish mumkin. Parazitlar odamning o'n ikki barmoq ichagida yashashi bilan birga, ayrim ma'lumotlarga qaraganda, o't pufagida ham yashashi mumkin. Ammo sun'iy usulda o'stirilgan lyambliya o't muhitida yashamaydi

Download 0.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling