Toshkent tibbiyot akademiyasi 1-davolash fakulteti 105-”A” guruh talabasi bo’riboyev kamoliddinning tibbiyot tarixi fanidan mustaqil ishi. Kafedra: jamoat salomatligi va menejment kafedrasi


Download 0.61 Mb.
Sana22.02.2023
Hajmi0.61 Mb.
#1219710
Bog'liq
Tibbiyot tarixi mustaqil ish

TOSHKENT TIBBIYOT AKADEMIYASI 1-DAVOLASH FAKULTETI 105-”A” GURUH TALABASI BO’RIBOYEV KAMOLIDDINNING TIBBIYOT TARIXI FANIDAN MUSTAQIL ISHI.

Mavzu: Tibbiyot tarixini o’rganishda tarixiy manbalarning ahamiyati

Reja:

1.Manbalarning turlari.

2.Olimlarning tibbiyotga oid asarlari.

3.Tibbiyot tarixini o’rganishda xalq tabobatini o’rni

Manbalar.

  • Manbalar, tarixiy manbalar — oʻtmishda odamzod qoʻli bilan bunyod etilgan tarixiy jarayon izlarini oʻzida aks ettiruvchi va kishilik jamiyati tarixini oʻrganish imkonini beruvchi hozirgi kungacha saqlangan har qanday osori atiqa, yozma manba, maʼnaviy (til, eʼtiqod, urf-odat) qadriyatlar. Manbalar tarixiy tadqiqotlarning asosiy poydevori hisoblanadi. Ularni keng koʻlamda sinchiklab oʻrganmasdan turib kishilik jamiyatining tadrijiy taraqqiyoti tarixini tahlil qilib boʻlmaydi

. Manbalar shartli ravishda 8 turkumga boʻlinadi: yozma, ashyoviy, etnografik, lingvistik, toponimik, ogʻzaki (folklor), kino va fotomateriallar. Manbalarning hozirgi davrgacha yetib kelishi Manbalarning saqlanish holatiga bogʻliq boʻlgan. Shu boisdan bizning davrimizgacha, ayniqsa, qadimgi yozma manbalar oz saqlangan boʻlsa, keyingi tarixiy davrlar uchun xos hisoblangan tosh, sopol, qayin poʻstlogʻi, pergament va qogʻozga bitilgan, shuningdek, bosma asarlar keng tarqalgan.

Yozma manbalar

  • Tibbiyotning xalq tabobatidan mustaqil fan darajasiga koʻtarilishida qadimgi Misr, Bobil tibbiyotida Gippokrat va Lmenning muhim oʻrni bor. Gippokrat kasalliklarni aniklash, bemorning hayoti va faoliyatiga tashqi muhitning taʼsirini oʻrganish, xastalikning kelib chiqish sabablarini topish va davolashda bemor organizmining oʻziga xos xususiyatlarini bilish kabi masalalar bilan shugʻullangan. Galen esa birinchi boʻlib organizmdagi aʼzo va sistemalarning tuzilishi hamda funksiyalarini, asosan, hayvonlar (maymunlar) organizmida tajriba qilib oʻrgangan. Uning anatomiya va fiziologiyaga doyr asarlari to 16-asrgacha Tibbiyotning asosi boʻlib xizmat qildi. Aristotel, Dioskorid va Galenning dorishunoslikka oid asarlari suryoniy va arab tillariga tarjima qilindi. Galenning "Qivo aladviya al mufrada" ("Sodda dorilarning quvvatlari") mashhur.

. Sharqda Abu Hanifa ad Dinavoriy (815 yil tugʻilgan) "Kitob finnabot" ("Oʻsimliklar haqida kitob")ni yaratib, unda 482 xil oʻsimlikning dorilik xususiyatlarini bayon etdi. Abu Rayhon Beruniyning "Kitob assaydana fittib" ("Tibbiyotda dorishunoslik") asari oʻsha davr Tibbiyotining eng katta yutugʻi hisoblanib, Oʻrta Osiyoda dorishunoslik ilmi — saydanaga asos boʻldi. Abu Bakrar ar Roziyning tabobat sohasidagi asarlari umuman jahon tibbiyotining rivojlanishi, boyishida gʻoyat ulkan ahamiyat kasb etdi. Olimning tibbiyot ensiklopediyasi xisoblangan 25 jildli "Al Hoviy nomi bilan tanilgan katta toʻplami” shu davrgacha Gʻarb va Sharq Tibbiyotida qadrli boʻlib keldi; 10 jildli "Tabobat kitobi" hamda "Chechak va qizamiq haqida"gi kitobi ham Tibbiyotda mashhur edi.

Oʻrta asrda Abu Ali ibn Sino Tibbiyotning rivojlanishiga katta hissa qoʻshdi. Uning "al Qonun fittib" ( "Tib qonunlari”) asari asrlar osha jahon tabobatida asosiy qoʻllanma boʻlib keldi. Bu asar Tibbiyotning asosiy sohalari: anatomiya, fiziologiya, patologiya, terapiya, dorishunoslik, gigiyena va boshqalarni qamrab olgan. Isitma, oʻlat, chechak, qizamiq kabi yuqumli kasalliklarni qandaydir koʻzga koʻrinmas jonivorlar qoʻzgʻatishi toʻgʻrisida fikr yuritgan. U buyrak toshlarini operatsiya qilib olib tashlash, traxeotomiya qilish, jarohatlarni davolash usullari haqida yozadi. Ibn Sinoning bizgacha yetib kelgan eng muhim asarlaridan yana biri "al Adviya al qalbiya" ("Yurak dorilari")dir. Unda olim yurak kasalligida qoʻllanadigan (oʻzi topgan) dorilar haqida yozadi. Taniqli tabib Abu Mansur tibga oid "Majmuʼayi kabir dar adviyat mufrada" ("Sodda dorilar haqida katta toʻplam"), "Risola dar iloji amrozi sadr" ("Koʻkrak kasalliklarining davosi haqida risola"), "Kitob gʻuno va muno" ("Maqsadlarni mukammal bayon qilgan kitob") kabi asarlar yozgan. Bularda ichki kasalliklar, teri kasalliklari, isitmabezgak kasalligi, ularga qarshi dorilar va davolash usullari bayon etilgan.

O'rta Osiyoda, xususan, O'zbekiston hududida qadim zamonlarda yashagan xalqlarning tibbiyoti haqidagi birinchi yozma ma'lumotlarni zardushtiylarning diniy-muqaddas kitobi "Avesto" dan topamiz.

Xalq tabobati

  • Tibbiyot tarixini o’rganishda xalq tibbiyoti ham yordam bеradi. Oʻrta Osiyoda qadimdan dorivor oʻsimliklar va ovqatli moddalarning xususiyatlari, ularning kishi organizmiga yetkazadigan foyda va zararlari oʻrganilgan. Natijada xalq qoʻlida asta sekin Tibbiyotga oid koʻpgina maʼlumotlar yigʻilib borgan. Ular esa keyinchalik tibbiy asarlar yaratishda muqim manbalardan biri boʻlgan.

Biz xalq tibbiyoti bilan tanishib, qaysi mamlakatda, qaysi davrda tibbiyot qay darajada rivojlanganligi haqida ma'lum tushunchaga ega bo’lamiz. Tibbiyot tarixini o’rganishda bu asosiy manba'lardan tashqari, qo’shimcha manba'lardan ham foydalanishimiz mumkin. Bular jumlasiga umumiy tarixga oid asarlar, badiiy adabiyot, amaliy san'at asarlari (rasmlar, xaykallar. uy jihozlari va h. k.), xalq og’zaki adabiyoti, folklor, xalq eposlari kabi tarixiy matеriallar kiradi. Ibtidoiy jamoa davrida tibbiyot yaxshi rivojlanmagan edi. Erkaklar ov bilan shug’ullangan bo’lsa ayollari uy yumishlari bilan shug’ullanishgan. Ibtidoiy jamoa davrini matriarxat davrida oila va kabilaga ayollar boshchilik qilganlar va qabila a'zolarining sog’lig’i haqida qayg’urganlar.


Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling