Toshkent Tibbiyot Akademiyasi 1-davolash ishi fakulteti 205B guruh talabasi Ramanova Barnoning Gistologiya fanidan mustaqil ishi

Download 348.94 Kb.
bet3/4
Sana14.03.2023
Hajmi348.94 Kb.
#1266893
1   2   3   4
Bog'liq
гиста

Birlamchi buyrak kanali yoki Volf kanali urug’don ortig’ining nayi (ductus epididymidis) va urug’ chiqaruvchi nay (ductus deferens) ga aylanadi. Shu nayning oxirgi qismi urug’ otuvchi kanal (ductus ejaculatorius) ni beradi. Birlamchi buyrakning orqa bo’limi inqirozga yuz tutadi, ammo bir qism embryonal qoldiqlar, odatda, urug’don to’ri sohasida, urug’don ortig’ining boshchasi qismida joylashadi.

Prostata bezi embrional hayotning 3-oyida siydik chiqaruvchi kanalning boshlanish qismi epiteliysining o’simtalari sifatida paydo bo’la boshlaydi. Kanalning yo’g’onlashgan bu o’simtalari shoxlanadi va siydik chiqaruv kanali mushak pardasining ichiga kirib, prostate bezi qismini hosil qila boshlaydi.

Erkaklardagi taraqqiyot

Kupfer bezlari xuddi prostate bezi kabi siydik chiqaruv kanalining o’simtalaridan paydo bo’ladi. Siydik chiqaruv kanalining o’ziga kelsak, bu siydik-jins sinusidan hosil bo’ladi.

Kupfer bezlari xuddi prostate bezi kabi siydik chiqaruv kanalining o’simtalaridan paydo bo’ladi. Siydik chiqaruv kanalining o’ziga kelsak, bu siydik-jins sinusidan hosil bo’ladi.

Jinsiy olat, kloakaning oldingi qirg’og’ining yoniga joylashgan mezenximaning o’sib ketishi natijasida hosil bo’lgan jinsiy olat boshchasining kurtagi sifatida paydo bo’ladi. Keyinchalik jinsiy do’mboq pastki yuzasidan o’tgan chuqurlik yordamida o’ng va chap jinsiy burmalarga bo’linadi, bular orasida jinsiy teshik paydo bo’ladi.

Ayol organism taraqqiyoti

Tuxumdon embriogenezida mezenximaning rivojlanishi birlamchi buyrak tanasining asosida ro’y beradi va natijada, indeferent davrida hosil bo’lgan jinsiy tizimchalarning erkin oxirlari va birlamchi buyrakning kanallari parchalanadi. Shunga bog’liq holda birlamchi buyrak nayi atrofiyaga uchraydi, paramezonefral nay esa rivojlanadi, differensiyallashadi.

Download 348.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4

Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling