Toshkent tibbiyot akademiyasi 2-davolash ish fakulteti 110’’A’’-guruh talabasi
Download 57.29 Kb.
|
MTN10 TOSHTEMIROVA POKIZABONUDAV10
Turbulent oqim (lot. turbulentus — joʻshqin, tartibsiz) — turbulenglik kuzatiladigan suyuqlik (gaz) oqimi (qarang Turbulentlik). Turbulent oqimda suyuqlik (gaz) ning ayrim zarralari murakkab trayektoriya boʻylab tartibsiz, beqaror harakat qiladi. Bunda oqimdagi har bir nuqta tezligi vaqt utishi bilan oʻzgaradi va pulsatsiya (jadal) tusida boʻladi. Bosimda ham pulsatsion oʻzgarish roʻy beradi, siqilayotgan suyuqlikning zichligi esa oʻzgaradi. Jadal tartibsiz aralashuv tufayli Turbulent oqim yuqori issiqlik uzatish, kimyoviy reaksiyalar (mas., yonish)ni tez tarqatish, tovush va elektromagnit toʻlqinlarni sochish, shuningdek, impulsni uzatish va shu sababli qattiq jismlarni aylanib oqayotganda ularga yuqori kuch taʼsir koʻrsatish xususiyatiga ega. Bunda Turbulent oqimlarda harakatlanuvchi jism (zarra, toʻlqin)lar anchagina katta qarshilikka uchrashi sababli kattagina energiya yoʻqotishlari sodir boʻladi. Turbulent oqim davrida harakat qilayotgan suyuqlikning ayrim massalari intensiv ravishda aralashib turadi. Arteriyalarda qon oqishi normal bo‘lganda laminar oqim bo‘lib, klapanlar yaqinida esa biroz turbulent oqim vujudga keladi. Patologiyada qonning qovushqoqligi normadan kichik bo‘lganda Reynolds soni kritik qiymatidan oshib ketadi va harakat turbulent bolib qoladi. Turbulent oqim suyuqlikning oqishida qo'shimcha energiya sarf bo'lishiga olib keladi, qonning bunday oqishida esa yurakning qo'shimcha ish bajarishga olib keladi. Qonning turbulent oqim paytida hosil bo'lgan shovqin esa kasalliklarni diagnostika qilish m aqsadlarida ishlatilishi mumkin. Bunday shovqinlar yelka arteriyalari qon bosimini o'lchab ko'rishda eshitiladi. Havoning burun bo'shlig'ida normadagi oqim laminar bo'ladi. Lekin yallig'lanish yoki norm adan qandaydir boshqa chetlanishlar yuz berganda havoning oqimi turbulent bo'lib, nafas olish sistemasi muskullarining qo'shimcha ish bajarishiga olibkeladi. Reynolds soni o'xshashlik kriteriyadir. Gidro- va aerodinamik sistemalami, xususan qon aylanish sistemalarini moddalashtirishda Reynolds soni model uchun ham asl nusxanikidek bo'lishi shart, aks holda ular orasida moslik bo'lmaydi. Bu suyuqlik yoki gazlaming o'zida harakat qilayotgan jism atrofini aylanib o'tishini modellashtirishga ham taalluqlidir. (9.17) tenglamadan ko'rinib turibdiki, model o'lchamlarining asl nusxa o'lchamlariga nisbatan kamaytirilishi, gaz yoki suyuqlik modeli oqim tezligini oshirish yoki kinematik qovushqoqligini kamaytirish bilan kompensatsiyalanishi lozimXULOSA:
MAVZU BO’YICHA TESTLAR.
Foydalangan adabiyotlar Bozorboyev M. I., Mulljonov I. “biofizika” darslik A.N.Remizov Tibbiy va biologik fizika. Т.: “0 ‘zbekiston milliy ensikopediyasi”. 2005 http://medulka.ru/biofizika http://www.library.biophys.msu.ru/ Download 57.29 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling