Toshkent tibbiyot akademiyasi 2-davolash ishi fakulteti 212-”b” guruh talabasi Maxmashayev Ibrohimning “Hayot faoliyati xavfsizligi. Fuqaro muhofazasi” fanidan tayyorlagan mustaqil ishi


Download 0.53 Mb.
Sana05.05.2023
Hajmi0.53 Mb.
#1432559
Bog'liq
2mavzu

Mavzu: Ommaviy qirg‘in qurollari-ning tasnifi. Jabrlanish o‘chog‘ining tibbiy taktik tavsifi. Yo‘qotishlar. Yad-roviy qurol. Trotil ekvi-valenti. Yadroviy portlash omillari.

Mavzu: Ommaviy qirg‘in qurollari-ning tasnifi. Jabrlanish o‘chog‘ining tibbiy taktik tavsifi. Yo‘qotishlar. Yad-roviy qurol. Trotil ekvi-valenti. Yadroviy portlash omillari.


Ommaviy qirgʻin qurollari — dushmanning jonli kuchlariga, qurol-aslahalariga, inshootlariga yalpi (ommaviy) talafot yetkazish uchun moʻljallangan jangovar vositalar, qirgʻin qurollari. Jangovarlik (talafot yetkazish, qirgin qilish) xususiyatlariga koʻra, boshqa barcha jangovar vositalar, qurollardan samaraliroq hisoblanadi. Ommaviy qirgʻin qurollari q. jumlasiga bakteriologik (biologik), kimyoviy va yadroviy qurollar kiradi. Bu qurollar ichida eng katta ziyon va talafot keltiruvchisi, yalpi qiradigani, aso-rat qoldiradigani, eng dahshatlisi yadro qurolidir. Ommaviy qirgʻin qurollari q.ni ishlatish sharoiti, hududi, miqyosi deyarli cheklan-magan.
Hozircha Ommaviy qirgʻin qurollari q.ning eng katta zaxirasi ikki yirik davlat — AQSH va Rossiya Federatsiyasida jamlangan. Pokiston, Eron, Hindiston, Shimoliy Koreya, Iroq va boshqa baʼzi davlatlar Ommaviy qirgʻin qurollari q.ni ishlab chikarish va zaxira hosil qilish harakatida. Ommaviy qirgʻin qurollari q.dan mudofaa qilish choratadbirlari, umumiy va shaxsiy himoya vositalari ishlab chiqilgan. Baʼzi yirik mamlakatlar (AQSH, Angliya, Germaniya, Rossiya Federatsiyasi va boshqalar)da aholini Ommaviy qirgʻin qurollari q.dan himoya qilish uchun yaxshilab jihozlangan bombapanalar mavjud, fuqaro mudofaasi tizimi tashkil qilingan va vaqt-vaqti bilan mashgʻulotlar oʻtkazib turiladi.
Yadro quroli — shikastlash vositasi yadro zaryadidan iborat boʻlgan qurol. Yadro reaksiyasi natijasida vujudga keladigan portlash (atom yadrosining zarrachalarga boʻlinishi), zarrachalar sintezi yoki ikkala jarayonning bir vaqtda sodir boʻlishi vaqtida ajralib chiqadigan ichki energiyadan foydalanishga asoslangan yadro bombasi, uni nishonga yetkazish vositasi (raketa, torpeda, samolyot, artilleriya toʻpi) va bombaning nishonga aniq borib tushishini taʼminlaydigan boshqarish qurilmalaridan iborat. Yadro quroli yadro energiyasining olinish usuliga qarab, yadro va termoyadro (vodorod) qurollariga boʻlinadi.
Yadro oʻqdorilariga aviatsiya bombalari, artilleriya snaryadlari, raketalarning jangovor qismlari, dengiz torpedalari, suv osti bombalari va minalari (atom fugaslari) kiradi. Yadro quroli zarb toʻlqini, yorugʻlik nurlanishi, singuvchi radiatsiya va radioaktiv zaharlash va boshqalar turli shikastlantiruvchi taʼsirlarga ega. Yadro snaryadlarining quvvati trotil ekvivalenti bilan tonna, kilotonna (1 kt — 1000 t) yoki megatonna (1 Mt— 1 mln. t) larda oʻlchanadi. Yadro quroli quvvatiga qarab, kichik quvvatli (15 kt gacha); oʻrtacha quvvatli (15—100 kt), katta quvvatli (100—500 kt), juda katta quvvatli (500 kt dan yuqori) qurollarga boʻlinadi.
Yadro quroli havoda, yer (suv) ustida, yer (suv) ostida portlashi mumkin (yana qarang Yadro portlashi). Yadro quroli taktik va strategik jihatdan farklanadi. Taktik qurollarga turli masofaga uchuvchi boshqariladigan va boshqarilmaydigan reaktiv snaryadlar (raketalar), samolyotlar, suv osti kemalari, shuningdek, yadro zaryadi tashuvchi yirik kalibrli stvolli artilleriya kiradi. Taktik va strategik qurollar oʻrtasida keskin chegara yoʻq, baʼzi sharoitlarda taktik maqsadlar uchun moʻljallagan yadro zaryadlari strategik jahatdan ham qoʻllanilishi mumkin. Yirik strategik nishonlarni shikastlantirish uchun moʻljallangan yadroning jangovar qismlari 1—5 mln. t (hatto 40—50 mln. t gacha) trotil ekvivalentiga ega boʻlishi mumkin.
Strategik yadro qurollarini eltuvchilar uzoqqa uchuvchi raketalar, qitʼalararo ballistik raketalar, samolyotsnaryadlar va strategik bombardimonchi samolyotlardir. Qudratli yadro zaryadlarini nishonga eltishda Yerning sunʼiy yoʻldoshlaridan foydalanish rejasi ham bor.
Yadroviy qurol 20-asrda yadro fizikasining taraqqiy etishi munosabati bilan 40-yillar boshida paydo boʻldi. Birinchi portlash 1945-yil 16-iyulda Alamogodro poligonida (AQSH) amalga oshirildi. 1945-yil avgust oyida esa har birining quvvati 20 kt boʻlgan 2 atom bombasi Yaponiyaning Xirosima (6-avgust) va Nagasaki (9-avgust) shahrilariga tashlandi. Sobiq SSSR da termoyadro bombasi birinchi marta 1953-yil 12-avgustda sinab koʻrildi. Yadro quroliga ega boʻlgan davlatlar AQSH, Rossiya, Buyuk Britaniya, Fransiya, Xitoy (rasmiy maʼlumotlarga koʻra) (2005). Yaponiya, Hindiston,Pokiston,Isroilda ham bor deb tahmin qilinmoqda
Trоtil ekvivаlеnti dеgаndа pоrtlаsh energiyasi yadrоviy zаryad pоrtlаshining energiyasigа tеng bо’lgаn trоtil mаssаsi (vаzni) tushunilаdi.
Trоtil ekvivаlеnti tоnnаdа, kilоtоnnаdа (kt) vа mеgаtоnnаdа (mt) о’lchаnаdi (bir tоnnа trоtil ekvivаlеntli yadrо zаryadining quvvаti bir tоnnа trоtil zаryadining pоrtlаsh kuchigа tеng; bir kt – ming tоnnа trоtil zаryadining, bir mt – bir milliоn tоnnа trоtil zаryadining pоrtlаsh kuchigа tеng). Yadrо kurоllаri kuch jihаtdаn shаrtli rаvishdа 5-sinfgа bо’linаdi:
eng kichik – 1kt gаchа; kichik 1-15 kt gаchа, о’rtа 15-100 kt gаchа, yirik - 100 - 500 kt gаchа vа о’tа yirik - 500 kt dаn ziyod.

Thank you for attention


Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling