Toshkent tibbiyot akademiyasi 2-davolash ishi fakulteti


Mavzu: Shrift o‘lchami, rangi va web-sahifa foni


Download 113.64 Kb.
bet3/4
Sana22.06.2023
Hajmi113.64 Kb.
#1647147
1   2   3   4
Bog'liq
Informatika Web sahifa foni va matnlar bn ishlash

Mavzu: Shrift o‘lchami, rangi va web-sahifa foni
Категория: Информатика
05.04.2020 16:47

Shrift o‘lchamini belgilash uchun HTML tilida  juft tegi SIZE (o’lcham) parametri bilan birga ishlatiladi. Bu teg ishlatilganda kiritilayotgan matnning shrift o’lchami o‘zgarmaydi. Shrift o‘lchami o‘zgarganini faqat web-brauzerda ko‘rish mumkin.
Web-sahifada 7 xil o‘lchamdagi shriftlarni ishlatish mumkin. Ular 1 gan 7 gacha parametr qiymati bilan belgilanib, 1 eng kichik, 7 esa eng katta shrift o‘lchamini bildiradi. Masalan, shrift o‘chamini 5 ga teng qilib olish uchun  ko‘rinishdagi juft teg yoziladi. Asosiy shrift o‘lchamiga qaytish uchun  tegi qo‘llaniladi. Shrift o‘lchamini belgilash uchun HTML tilida juft tegi SIZE (o’lcham) parametri bilan birga ishlatiladi. Bu teg ishlatilganda kiritilayotgan matnning shrift o’lchami o‘zgarmaydi. Shrift o‘lchami o‘zgarganini faqat web-brauzerda ko‘rish mumkin.
Web-sahifada 7 xil o‘lchamdagi shriftlarni ishlatish mumkin. Ular 1 gan 7 gacha parametr qiymati bilan belgilanib, 1 eng kichik, 7 esa eng katta shrift o‘lchamini bildiradi. Masalan, shrift o‘chamini 5 ga teng qilib olish uchun ko‘rinishdagi juft teg yoziladi. Asosiy shrift o‘lchamiga qaytish uchun tegi qo‘llaniladi.

HTML-kod va web-sahifaga e’tibor qilgan bo’lsangiz, shrift o’lchami necha marta tanlangan bo’lsa, shuncha marta yakunlangan.


Web-sahifada turli ranglarni ishlatish uni yanada go’zal va jozibali ko’rsatadi. Web-sahifada shrift va matn rangi bilan birga fon rangini ham o’zgartirish mumkin. Shrift rangini tanlash uchun juft tegi COLOR parametri bilan birga qo’llanadi. Bu ko’rsatmadan keyin “=” belgisi va qo’shtirnoq ichida rang kodi yoziladi. Rang kodi “#” belgisi bilan boshlanadi. Matnda uning umumiy ko’rinishi kabidir.
Rang kodi RGB (Red-qizil, Green-yashil, Blue-ko’k) ranglar tizimiga asoslangan. Bu tizimda kerakli rang uchta asosiy ranglarning turli miqdordagi aralashmasidan hosil qilinadi. Uchta asosiy rangning har biri 16 asosli sanoq sistemasidagi 00 dan FF gacha (256 ta) sonlar bilan belgilanadi. Asosiy ranglarni qo‘llashda ularning ingliz tilidagi ifodasidan ham foydalanish mumkin. Ba’zi ranglarning kodlari va ingliz tilidagi ifodasi jadvalda keltirilgan.

Oq

#FFFFFF

White

Ko‘k

#0000FF

Blue

Qora

#000000

Black

Sariq

#FFFF00

Yellow

Qizil

#FF0000

Red

Qirmizi

#FF00FF

Magenta

Yashil

#00FF00

Green



Shrift rangini tanlashni quyidagi misolda ko’rish mumkin:



Web-sahifadagi matn yoki fon rangini o’zgartirish uchun BODY juft tegi mos ravishda Text (matn) yoki Bgcolor (background color, ya’ni fon rangi) parametrlari bilan birga qo’llaniladi. Bu parametrlardan keyin “=” belgisi va qo’shtirnoq ichida rang kodi yoki rangning ingliz tilidagi nomi yoziladi. Rang kodi “#” belgisi bilan boshlanadi. Shuni ta’kidlash joizki, matn rangini o’zgartirish tegi shrift rangi boshqacha tanlangan qismga ta’sir etmaydi. Quyidagi misolda web-sahifada matnga va fonga rang berish ko’rsatilgan:



MS Word dasturida fonga rang berish yoki fonga rasm joylashtirish mumkin edi. HTML tilida fonga rasm joylashtirish uchun juft tegi Background parametri bilan qo’llanadi. Bu holda tenglik belgisidan keyin rasmning to’liq manzili qo’shtirnoqsiz yoziladi. Agar rasm web-hujjat joylashgan katalogda bo’lsa, shu rasmning nomi (masalan, Gul.jpg) yoziladi.



Rasmning kengaytmasi, odatda, web-sahifaga yuklanishi tez bo’lishi uchun JPEG yoki GIF formatiga mos bo’lishi kerak, ammo BMP formatli rasm ham ishlatilishi mumkin. Bu haqida keyingi darslarda ma’lumot beriladi.


HTML ning konstruktsiyasi TEG lar dеyiladi. Brauzеr TEG larni oddiy matnlardan farqlashi uchun ular burchak qavslarga olinadilar. TEG tasvirlash jarayoni hatti harakatlarining boshlanishini bildiradi. Agar bu harakat butun hujjatga talluqli bo’lsa, bunday teg o’zining yopiluvchi juftiga ega bo’lmaydi. Juft teglarning ikkinchisi birinchisining harakatini yakunlaydi.
Masalan, har bir Web sahifa  tegi bilan boshlanib  tegi bilan yopilishi kеrak. Etibor bеrgan bo’lsangiz yopiluvchi teg ochiluvchidan « / » bеlgisi bilan farq qiladi.
Teg nomlari katta yoki kichik harflar bilan yozilishi mumkin, bularni brauzеr bir xil qabul qiladi. HTML tilida boshqa kompyutеr tillaridagi kabi izoh bеrish imkoniyati mavjud. Izoh quyidagi «<- - » va «- ->» bеlgilar orasiga yoziladi.

Download 113.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling