Toshkent tibbiyot akademiyasi miokard infarkti, atipik kechishi, asoratlari
Miokart infarktining atipik klinik turlari
Download 1.15 Mb. Pdf ko'rish
|
2.МИ. Ўқув-услубий қўлланма Лотин
Miokart infarktining atipik klinik turlari
Astmatik– yurak astmasi yoki o‘pka shishining klinik belgilari bilan namoyon bo‘ladi. Bemorlar havo yetishmaslik hissi, yo‘tal avval quruq, keyin pushti rang ko‘pikli balg‘am ajralishiga shikoyat qiladilar. Ular ortopnoe holatida bo‘lib, o‘pka ustida krepitasiya va mayda pufakchali nam xirillashlar eshitiladi. MI ning ushbu turi ko‘proq qariyalarda, QD bilan og‘rigan bemorlarda va qayta MI da kuzatiladi. Aritmik– yurakning o‘tkir ritm va o‘tqazuvchanligining buzilishlari bilan kechadi. Bunday holatda tipik og‘riq sindromi yaqqol nomoyon bo‘lmaydi. Bemorlar aksariyat hollarda to‘satdan yurak tez-tez, noto‘g‘ri, to‘xtab-to‘xtab urishiga, havo yetishmasligiga, bosh aylanishiga shikoyat qiladilar. Bu turdagi MI da hilpillovchi aritmiya, qorinchalar yoki supraventrikulyar taxikardiya paroksizmlari, ekstrasistoliyalar (ko‘proq politop), Giss tutami oyoqchalari va atroventrikular blokadalar kuzatiladi; Abdominal–yurakning pastki bazal sohasida rivojlangan MI da kuzatilib, epigastral sohadagi og‘riqlar, ko‘ngil aynishi, yengillik olib kelmaydigan qayd qilish, meteorizm, oshqozon-ichak tizimi parezlari bilan kechadi; Syerebrovaskulyar – koronar qon tomirlar bilan bir qatorda, bosh miya qon tomirlari trombozi (spazmi) natijasida bemorlarda obmork yoki insultning klinik belgilari (bosh aylanishi, ko‘ngil aynishi, qayd qilish, sinkopal holatlar, gemiparezlar, paralichlar, ruhiy buzilishlar) bilan namoyon bo‘ladi. Bu turdagi MI aksariyat hollarda miya qon tomirlarida kuchli ateroskleroz rivojlangan keksa bemorlarda kuzatiladi; Simptomsiz yoki kam simptomli–aksariyat hollarda QD bilan og‘rigan bemorlarda va SQAYe belgilari paydo bo‘lganda aniqlanadi. Bemorlar MIni qachon o‘tkazganlarini aniq aytib bera olmaydilar, tasodifan EKG tushirilganda aniqlanadi. Atipik turlarini tashhislashda EKG tekshirish usuli asosiy ahamiyat kasb etadi. MI da EKG da ST segmentining yoysimon ko‘tarilishi, qarama-qarshi tarmoqlarda uning diskordant siljishi, chuqur, kengaygan Q tishchasi paydo bo‘lishi, T tishcha amplitudasining ko‘tarilishi qayd etiladi. Keyin davolash jarayonida MI davrlariga ko‘ra ST segmentini o‘rta chiziqga kelishi, T tishcha amplitudasi pasayib chuqur, teng yelkali, manfiy T paydo bo‘lishi kuzatiladi. MI yagona patognomik belgilarga ega emas va uni klinik - laborator hamda asbobiy tekshirishda aniqlanadigan belgilari o‘zgarib turadi. Uni tashhislashda jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) eksportlari tavsiya etgan quyidagi klinik, EKG va ferment o‘zgarishlariga asoslaniladi. Miokard infarktiga xos bo‘lgan umumiy belgilar: Nitrogliserin bilan bartaraf etilmaydigan, uzoq vaqt (30 daqiqadan ko‘proq) davom etuvchi anginoz og‘riqlar; Kardiospesifik fermentlarning (tropanin 1 va T, kreatinfosfokinazaning MV fraksiyasi) ishonchli darajada oshishi; EKG dagi o‘zgarishlar (ST sigmentining depressiyasi va patologik Q tishchasining paydo bo‘lishi). Download 1.15 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling