Toshkent Tibbiyot Akademiyasi Pediatriya fakulteti 103-A guruh talabasi Saidjonova Risolatning TKK fanidan mustaqil ishi Mavzu: Akseleratsiya - Akseleratsiya- lotincha so’z bo’lib, acceles –tezlashuv degan ma’noni bildiradi. Akseleratsiya yosh avlodning oldingi tengdoshlariga nisbatan ruhan va jismonan rivojlanishidir. Keyingi 100- 150 yil ichida yer yuzida akseleratsiya jarayonlari kuzatilmoqda jumladan O’zbekistonda ham.
- Rivojlanishdagi akseleratsiya muammosi va butun dunyo biologlar, tibbiyotchilari va sotsiologlari diqqatini jalb qilib kelmoqda. Akseleratsiyaning ijtimoiy va biologik turlari o’zaro farq qilinadi.
- Biologik akseleratsiya deganda, insonning biologik rivojlanishiga taaluqli barcha o’zgarishlarni tushunish kerak. Bunga odamning morfologik va funksional rivojlanishini tavsiflovchi bir qator ko’rsatkichlar kiradi. Ushbu o’zgarishlar ma’lum bir ijtimoiy muhitda sodir bo’ladi va ko’p jihatdan ijtimoiy sabablar bilan belgilanadi.
- Ijtimoiy akseleratsiya deganda, bolalar bilimlarining hajmini ulardan 50-100 yil ilgari yashagan tengdoshlarinikiga nisbatan ortganligini tushuniladi.
- Kichik va o’rta yoshdagi bolalarning bo’yi 10-15 sm, og’irligi esa 8-10 kg ortgani aniqlandi. Ushbu hodisa- bo’y va og’irlikni asriy ortishi degan nom oldi. Keyingi yillarda akseleratsiya yanada yorqin namoyon bo’lganligi kuzatilgan. Bundan 50 yil ilgari odamlar bo’yining maksimal uzunligi 25-26 yoshga to’g’ri kelgan bo’lsa, bizning zamonamizda o’g’il bolalar 18-19 yoshda, qiz bolalar esa 16-17 yoshda to’liq jismoniy balog’atga yetadilar. Yangi tug’ilgan chaqaloqlar tanasining uzunligi 1930-1940 yillardagiga nisbatan o’rtacha 1 sm ko’p.
- Bolalarning yoshga oid davrlar tizimini N.P.Gundobin tavsiya qilgan:
- Ona qornida rivojlanish davri
- Yangi tug’ilgan davri - birinchi 10 kun
- Chaqaloqlik davri – 1 yoshgacha
- Yasli yosh davri – 1 - 3 yoshgacha
- Maktabgacha yosh davri – 4 - 7 yoshgacha
- Kichik maktab yoshi davri – 8 – 12 yoshgacha
- O’rta maktab yoshi davri – 13 – 16 yoshgacha
- Yuqori maktab yoki o’smirlik davri – 17 – 21 yoshgacha
Do'stlaringiz bilan baham: |