Toshkent Tibbiyot Akademiyasi pediatriya fakulteti 103-''B'' guruh talabasi
Download 353.43 Kb. Pdf ko'rish
|
1 2
Bog'liqПрезентация 11
Toshkent Tibbiyot Akademiyasi pediatriya fakulteti 103-''B'' guruh talabasi Shoymardonova Nozimaning gistologiya fanidan tayyorlagan mustaqil ishi MAVZU: MUSHAK TO'QIMASI Muskul bu — qisqarish xususiyatiga ega boʻlgan, tirik organizmning u yoki bu boʻlagini harakatga keltiradigan organ. U aksariyat koʻndalang yoʻlli va silliq muskul toʻqimalaridan tuzilgan. Koʻp hujayrali organizmlarning paydo boʻlish tarixi shundan guvohlik beradiki, muskullar, yaʼni muskul toʻqimalari organism rivojlanishining ancha kech davrida, epiteliy va biriktiruvchi toʻqima rivojlanishining ancha kech davrida, epiteliy va biriktiruvchi toʻqima paydo boʻlganidan keyingi davrda vujudga kelgan. Har qaysi organning kelib chiqishi tashqi muhit taqazosi bilan, yaʼni tashqaridan taʼsir etib turgan muhit omillariga moslashish extimoli bilan paydo boʻlar ekan, muskullar ham organizmning tashqi muhit va uning taʼsirlariga javob qaytarish yoki tirik mavjudot sifatida oziq izlash, unga intilish zaruriyati tufayli paydo boʻlgan. Binobarin muskul toʻqimasi evolutsiya jarayonida sitoplazmadan qisqarish xususiyatiga ega boʻlgan oqsil tuzilmalari bor hujayralardan kelib chiqqan. Hozirgi zamon fan tili bilan aytadigan boʻlsak, endilikda muskul toʻqimasi embrion rivojlanishi davrida boshqa toʻqimalarga oʻxshab mezenximaning turli qismlaridan hosil boʻladi. Muskulatura bu butun gavdaning yoki uning biror qismining, organik muskullar majmuasi. Koʻzning silliq muguzli pardasi va ter bezlarining atrofidagi silliq muskullar ektodermadan rivojlanadi. Koʻndalang yoʻlli muskullar mezenximaning sigmentlangan miotomlaridan tarqalsa, bosh miya muskullari mezenximaning oʻzgarishidan kelib chiqadi. Yurak muskullari ham asosan, mezodermadan tarqaladi. Bundan tashqari, ektodermadan vujudga keladigan muskullarga soʻlak va sut bezi muskullari ham kiradi. Umuman olganda barcha muskul turlarini ularning funksiyalari va tuzilishida oʻziga xos birlik, yaʼni sitoplazmasidagi oqsil iplari — miofilamentlar (muskul protofibrillalari) yigʻilib miofibrillalar deb ataladigan tutamlar hosil qiladigan birlik birlashtirib turadi. Ammo umurtqali hayvonlar bilan umurtqasiz hayvonlarning muskullari garchi vazifalari bir xil boʻlsa ham, tuzilishi bir biridan bir oz farq qiladi. Shunga qarab muskullar belgilariga qarab quidagicha klassifikatsiyalash mumkin: 1) Tuzilishi boʻyicha: a) koʻndalang yoʻlli muskullar b) silliq muskullar d) ikkiyoqlama qiya muskullar 2) Organizmda joylashish holati boʻyicha: a) ichki aʼzolar muskullari b) yurak muskullari d) somatik muskullar 3) Funksiyalari boʻyicha: a) tonik muskullar b) tetanik muskullar d) qulfdosh funksiyaga ega boʻlgan muskul toʻqimalari 4) Kelib chiqishi boʻyicha: a) ektodermal muskullar b) entodermal muskullar d) mesodermal muskullar Download 353.43 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling