. . - GIPPOKRAT Gi ppokrat jahV erarnizdan oldingi 460-yilda qadirngi Yunonistonga qarashli Kos orolida dunyoga keldi. Vning hamrna o'trnish ajdodlari tabib bo'lganlar. Otasi Gerakles ham yaxshi tajribali tabib bo'lgan. Rivoyatga ko'ra Geraklesning o'trnish ajdodi afsonaviy tabib Asklepiyning o'g'li Podoliriyga borib taqaladi. Gippokratning bobosi ham Gippokrat deb atalarkan. Ma'lurnotlargako'ra bu avlodda uchta Gippokrat bo'lgan. Biz so'z yuritayotgan Gi ppokrat shulardan uchinchisidir. Gi ppokrat ona tornonidan ham tabiblar oilasiga rnansub. Onasining avlodlari ham hakirn bo'lganlar. Gippokrat o'z bilirni va tajribasi bilan harnma avlodlaridan o'tib ketdi va juda erta katta shuhrat qozondi.
. - Gi ppokrat o'zi kashf etgan qonuniyatga binoan yer yuzidagi odamlarni to'rt xii konstitutsiya (toifa)ga bo'ldi. Bu toifalarning kelib chiqishini dunyoning to'rt mintaqasi (Sharq, G'arb, Shimol, Janub) bilan bog'ladi. Shu mintaqalar odamlarning tabiatini belgilaydi. Gippokratning ta'kidlashicha, mintaqalarning iqlimi va tabiiy sharoiti turlicha bo'lgani uchun shularning har birida yashaydigan xalqlarning tabiatlari ham turlichadir.
. - Masalan, yer yuzining Sharq tomonida yashovchi odamlar tabiatan vazmin, xushmuomala vajismoniy sog'lom kishilardir. Chunki, sharq mintaqasining o'zi muloyim va serquyoshdir. Shu mintaqada yashovchi kishilarning tanasida qon ustun turadi. Shuning uchun ularni Gi ppokrat sangviniklar (sangvis - qon so'zidan) deb atadi
G'arbiy mintaqada yashovchi odamlar ruhan notetikroq, qandaydir kuzni eslatuvchi bo'ladi, chunki G'arb mintaqasida quyosh yerni kamroq yoritadi. Bu esa inson tabiatiga salbiy ta'sir ko'rsatadi. G'arb odamlarini Gippokrat melanxoliklar (melanosa - qora o't) deb atadi. Uchincht toifadagi odamlarni Gi ppokrat tlegmatiklar, deb atagan. Bular janub odamlaridir. Flegmatiklar tabiatdan kam harakat, jismoniy zaifroq odamlardir. Ularning tanalarida tlegma (shilliqsimon modda - xiIt) ustun turadi. To'rtinchi toifagakiruvchi odamlarni Gippokrat xoleriklar deb atagan. Bular shimol odamlaridir. XQleriklar. tabiatan qotma, mustahkam irodali kishilardir. Bularning organizmida safro Uigar o'ti) ustun turadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |