Alkogolizmning bosqichlari:
I bosqich – boshlang’ich bosqich. Davomligi bir yildan besh yilgacha;
II bosqich – yoyilgan bosqich. Davomligi 2-3 yildan 15-20 yilgacha;
III bosqich – oxirgi (ensefalopatik)
Alkogolizmning klinikasi:
Alkogolizm alkogolni ko’p iste’mol qilganda rivojlanadi va katta alkogolli sindromni rivojlanishi bilan xarakterlanadi.
Alkogolizmning eng erta simptomi – himoya belgilarini yo’kolib ketishi.
Maishiy mastlikda agarda inson alkogolni ko’p iste’mol qilsa, unda ko’ngil aynishi, qusishlar paydo bo’ladi. Alkogolizmda bu belgilar yo’qolib ketadilar va alkogolizmning eng ertagi belgisi hisoblanadi.
I bosqichda tolerantligi o’sib boradi, oldingi miqdordan eyforiya holatiga yetish uchun bemor alkogolni ko’proq muntazam iste’mol qiladi. Haftada 2-3 marotaba. Bu bosqichda palimpsestlar kuzatiladi, mayllar bog’langan xarakterga ega. Miqdorli nazorat pasaygan, situatsion nazorat saqlangan va ichkilik bozliklar, abstinent sindrom hali kuzatilmaydilar.
Ruxiy buzilishlardan – shaxsning alkogolli aksentuatsiyasi, ishtaha va uyquning buzilishlari.
II boskich: himoya belgilari yo’qolgan, abstinent sindrom paydo bo’ladi, tolerantligining platosi (tolerantligi 3-4 l gacha etadi), ichkilikbozliklar rivojlanadi, amneziyalar kuzatiladi. Mayllar kompulsiv belgilarga ega bo’ladilar. Miqdorli nazorat yo’qolgan, situatsion nazorat pasaygan.
Ruxiy buzilishlardan – shaxsning psixopatizatsiyasi va o’tkir alkogolli psixozlar rivojlanadi.
Abstinent sindrom – bu organizmga alkogolni yetishmasligini sindromidir, somatonevrologik va ruhiy komponentlar bilan xarakterlanadi, ya’ni ko’p terlash, uyquning buzilishlari, qo’rquv, vahima, kuzatish g’oyalari.
III boskich: himoya belgilari yo’qolib ketgan, intolerantlik (miqdorning pasayishi), ichkilikbozliklar cho’ziladi (bir oygacha), mastlikni amnestik shakllari kuzatiladi. Alkogolga maylligi kompulsiv, ikkala nazorat turlari yo’qolgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |