Toshkent Tibbiyot Akademiyasi termiz filiali Davolash ishi d-1 105-”A” guruh talabasi mardanov botirbekning falsafa fanidan tayorlagan 2-mustqil ishi
Download 1.86 Mb.
|
dr.Islomov falsafa-2
- Bu sahifa navigatsiya:
- E’TIBORINGIZ UCHUN RAXMAT!!!
O`rta asrlar davrida yakka xudolikka asoslangan jahon dinlari-xristianlik va islom Yevropa, Osiyo va Afrikaning ko’p joylarida ko’plab kishilar uchun dunyoqarashning ustivor shakli bo’lib, inson va butun jamiyatning tafakkurini, butun turmush tarzini belgiladi. Diniy aqidalar asosida o’sha davrning qiyofasi kishilar ongida shakllanib madaniyatning o’ziga xos xususiyatini belgiladi. Koinot va osmon jismlarini dastlabki va boshlang’ich o’rnini Xudo (Olloh) belgilab, dunyo va insonni yaratuvchisi hamda barcha mavjudot xudoning (Olloh irodasining) ijodiy yaratuvchanlik natijasidir. Insoniyat tarixi davrlarning izchillik bilan takrorlanib turishi kabi namoyon bo’ladi, natijada davrlarning o’rin almashishi navbatdagi payg’ambarning kelishi bilan sodir bo’ladi. Payg’ambar jamiyatda buzg’unchilik va gunohlarni tuzatishda «ilohiy aralashuvchi» ning timsoli hisoblangan. Bu «xudoning elchilari» bo’lgan payg’ambarlar tarixidir. Xristianlikka ko’ra «elchilarning» so’nggisi «xudoning o’g’li» Iisus Xristosning yerga tushishi hisoblanib, uning chormix qilinishi bilan Yerda Xudoning hukmronligi boshlanadi. Islom dini bo’yicha Iisus faqat payg’ambarlardan biri xolos, oxirgi payg’ambar «payg’ambarlik tamg’asi» bo’lgan Muhammaddir. Kishilarga payg’ambarlar orqali oliy haqiqat ma`lum qilingan. Ya`ni, yaxshilik va yomonlik, nomukammal – takomilga muhtoj bo’lgan yerdagi ko’rinadigan tabiiy mavjudlik, bunda, yerdagi oliy hilqat inson ruhi bo’lib, u Xudo bilan birlashishga harakat qilishi lozim. Din – inson uchun namuna-mo’minlik, jafokashlik, ruhoniyat, gunohlarni yuvish ishtiyoqi, qutilishdir. Har kim, har doim nazorat ostidaligiga, o’zining Olamda zarradek ekanini his qilishi, bu ulkan Olamning o’ziga xos markazida sezilarli kuch harakatda bo’lishi, idrok qilib xudoning (Ollohning) e`tiborida ekanligiga iqror bo’ladi.
Diniy bag’rikenglik- boshqacha diniy qarashlar,axloqlar va turmush tarziga nisbatan murosa qilib yashashga odatlanish.Qator mamlakatlarda ko‘p sonli diniy e’tiqod egalari bilan birga kam sonli boshqa dinga e’tiqod qiluvchilar birgalikda, yagona jamiyatda hamkor, hamnafas bo‘lib yashashlarining zarur sharti. Diniy bag‘rikenglik tobora o‘zini g‘ayri insoniy mohiyatini ko‘rsatib, soxta diniy shiorlar ostida gunohsiz odamlarning halok bo‘lishlariga sabab bo‘layotgani diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi qaratilgan harakat hamdir. O‘z diniy qarashlari haqligiga qattiq ishongan, e’tiqod qo‘ygan, boshqacha diniy qarashlar bilan erkin musoxabaga kira olish malakasiga ega bo‘lgan individlarda diniy bag‘rikenglk yaqqol namoyon bo‘ladi. O‘zbekiston xalqlarining diniy bag‘rikenglik an’analari o‘zining ham milliy, ham umumbashariy mohiyati bilan purviqordir. Mamlakatimizda davlat va din o‘rtasidagi munosabatlar diniy bag‘rikenglik tamoyillariga asoslangandir E’TIBORINGIZ UCHUN RAXMAT!!! Download 1.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling