Toshkent Tibbiyot Akademiyasi Tibbiy – profilaktika va jamoat salomatligi fakulteti 202-b guruh talabasi Qayimov Muxiddinning fiziologiya fanidan tayyorlagan referati
Download 1.31 Mb.
|
fiziologiya 3-dars
- Bu sahifa navigatsiya:
- Oʻt pufagi haqida maʼlumot.
- Meʼda osti bezi
Jigar organizmdagi eng kata parenximator organ bo’lib, 300 mlrd jigar hujayralaridan tashkil topgan. Bu hujayralarda 2000 turdagi fermentlar joylashgan bo’lib, ular organizmdagi hamma bioximik reaksiyalarda vositachi bo’lib organizmdagi hayotiy jarayonlarda ishtirok etadi. Shuning uchun jigarni «organizmning kompleksli kimyo fabrikasi» deb atashadi. Hozirgi vaqtda jigar jarrohligining muvaffaqiyatli rivojlanishi bilan jigarning segmentar tuzilishi haqidagi tushunchalar keng tarqalgan.Oʻt pufagi haqida maʼlumot. U — ovqat hazm qilish tizimining muhim aʼzolaridan biri boʻlib, jigar chiqargan oʻt suyuqligini toʻplash va quyultirib berish vazifasini bajaradi. Ovqat isteʼmol qilganda oʻt qopidan ajralgan suyuqlik oʻn ikki barmoqli ichakka tomadi va ovqatdagi yogʻlarni parchalab, taom hazmida ishtirok etuvchi fermentlarni faollashtiradi. Organizmda taxminan 50-80 ml. oʻt va safro suyuqligi bor. Agar ovqat hazm qilishda muammo boʻlmasa, oʻt pufagi ham faol ishlaydi. Aks holda esa unda safro yaʼni zardob toʻplanib, tosh yigʻilishi hamda boshqa kasalliklar kelib chiqishi mumkin.(1) Meʼda (2) Oʻt pufagi (6) Meʼda osti beziOʻt (safro) pufagi — odam va koʻpchilik umurtqali hayvonlarda oʻt (safro) yigʻiladigan kovak aʼzo. Odamlarda Oʻt pufagining uz. 10—14 sm, eni 3,5—4 sm, sigʻimi 30— 70 sm3, nok shaklida. Oʻt pufagining kengaygan qismi — tubi, oʻrta qismi — tanasi va toraygan boʻyin qismi tafovut qilinadi. Jigarning ostki qismi yuzasida joylashgan. Oʻt pufagining tubi jigarning oʻng boʻlagi ostidan bir oz chiqib turadi. Uning boʻyin qismi ingichkalashib borib, Oʻt pufagi nayiga aylanadi. Bu nay jigar darvozasida hosil boʻlgan jigar oʻt yoʻli bilan birlashib, umumiy oʻt yoʻlini hosil qiladi. Oʻt yoʻlining oʻn ikki barmoq ichakka oʻtish yerida silliq muskulli qisqich bor, u oʻt va meʼda osti bezi shirasining ichakka tushishini tartibga solib turadi. Oʻt pufagining faqat pastki qismi qorin parda bilan oʻralgan boʻlib, qolgan qismi jigarga biriktiruvchi toʻqima yordamida yopishib turadi. Oʻt pufagi devori seroz parda, juda koʻp burmalar hosil qiladigan shilliq parda va muskul qavatidan iborat. Oʻt pufagining yalligʻlanishi xoletsistit deb ataladiDownload 1.31 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling