33-modda. Odob-axloq komissiyasi xulosasi
Odob-axloq kodeksining buzilishi holatlarini Odob-axloq komissiyasi tomonidan ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha intizomiy yoki boshqa tarzdagi qoida buzilishlarining mavjudligi (mavjud emasligi) to‘g‘risida xulosa chiqariladi. Shunga asosan filial direktoriga ko‘rib chiqishi uchun qoidabuzar xodim, doktorant va taʼlim oluvchilarni javobgarlikka tortish to‘g‘risida taklif kiritiladi. Yo‘l qo‘yilgan qoida buzilishining xususiyatini hisobga olgan holda Odob-axloq komissiyasi xodimlar, doktorantlar va taʼlim oluvchilarga nisbatan Odob-axloq kodeksining buzilishiga yo‘l qo‘ymaslik to‘g‘risidagi ogohlantirish bilan cheklanishi mumkin.
Odob-axloq kodeksiga rioya etmagan xodim, doktorant va taʼlim oluvchilarni intizomiy javobgarlikka tortish bo‘yicha buyruq loyihasi kadrlar bo‘limi (xodimlar va doktorantlarga nisbatan), direktor o‘rinbosari (klinik ordinatorlarga nisbatan), fakultet dekanlari va magistratura bo‘limi (magistr va talabalarga nisbatan) tomonidan tayyorlanadi.
Xodimlar, doktorantlar va taʼlim oluvchilar o‘zlari yo‘l qo‘ygan qoida buzilishi, qoida buzilishining ko‘rib chiqilishi jarayoni haqidagi axborotni olish va o‘zini himoya qilish uchun dalillarni taqdim etish, shuningdek filial qarorlari yuzasidan belgilangan tartibda shikoyat qilish huquqiga egadirlar.
34-modda. Jamoatchilik nazorati
Xodimlar, doktorantlar va taʼlim oluvchilarning xulq-atvori ustidan jamoatchilik nazoratini taʼminlash maqsadida, mazkur kodeksga rioya etmaganlik holatlari Kasaba uyushma qo‘mitasi, Jamoatchlik kengashi, Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahat kengashi va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkilotida ham muhokama qilinishi amaliyoti joriy etilishi mumkin.
X bob. Yakuniy qoida
35-modda. Kodeksning kuchga kirishi hamda unga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish
Mazkur kodeks filial Kengashi tomonidan tasdiqlanganidan so‘ng kuchga kiradi va unga o‘zgartirish hamda qo‘shimchalar kiritish filial Kengashi qaroriga binoan amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |